N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

xatolik bilan eslash va tanishdh.
Barchaga 
ma’lumki, vaqt o’tishi bilan idrok qilinganlar xotirada o’z yorqinligi va 
aniqligini yo’qotib, rangsizlanib, noaniq bo’lib qoladi. Lekin avval idrok 
qilingan materialning o’zgarishi boshqa xususiyatga ham ega bo’lishi mumkin, 
bunda unutish aniqlikni yo’qotishdan emas, esga tushirilganlaming haqiqatda 
idrok qilinganlarga muvofiq kelmasligidan iborat bo’ladi. Bunda biz voqelikda 
mavjud bo’lganlami emas, boshqa narsalami eslaymiz, chunki unutish 
jarayonida u yoki bu darajada idrok qilingan materialning chuqur qayta 
tuzilganligi, sifatining qayta ishlanganligi sodir bo’lishi mumkin. Qayta
231


ishlashga misol tariqasida voqealar izchilligining vaqt bo’yicha noto’g’ri 
eslashni keltirish mumkin.
Hozirgi kunda unutish jarayonlarining kechishi tezligiga ta’sir ko’rsatuvchi 
omillar ma’lumdir. Xuddi shunday, odam materialni yaxshi tushunib yetmagan 
bo’lsa, unutish tezroq ro’y beradi. SHuningdek, material odamga qiziqarli 
bo’lmasa, uning amaliy ehtiyojlari bilan bog’lanmagan bo’lsa, unutish 
shunchalik tez sodirbo’ladi.
Unutish tezligi, shuningdek, material hajmi va uni o’zlashtirishdagi 
qiyinchiliklar darajasiga bog’liq: material hajmi qanchalik ko’p bo’lsa, yoki uni 
idrok qilish qiyinchilik tug’dirsa, unutish shunchalik tez sodir bo’ladi. Unutish 
jarayoni tezligiga ta’sir etuvchi boshqa omil avvalgi faoliyatningsalbiy ta’siri -
proaktiv tormozlanish,
va keyingi faoliyatning salbiy ta’siri -
retroaktiv
tormozlanishdn.
Agar faoliyat tanaffuslarsiz amalga oshirilsa yoki keyingi 
faoliyat avvalgi faoliyat bilan o’xshash bo’lsa, shuningdek, keyingi faoliyat 
avvalgisidan qiyinroq kechsa, retroaktiv tormozlanish aniqroq kuzatiladi. 
Ko’rsatib o’tilgan qonuniyatni maktabdagi o’quv ishlarini tashkil etishda 
hisobga olish zarur.
Unutish 
jarayonini 
tezlashtiruvchi 
boshqa 
muhim 
omil 
yosh
ko’rsatkichidir. Yosh o’tishi bilan xotira ko’pchilik vazifalarining izdan chiqishi 
kuzatiladi. Xuddi shunday, materialni esda olib qolish qiyinroq kechadi, unutish 
tezligi oshadi.
Unutish, shuningdek, asab tizimining turli kasalliklarida, kuchli psixik va 
mexanik 
shikastlanishlarda, 
aqliy 
va 
jismoniy 
toliqishda, 
tashqi 
seskantiruvchilar ta’sirida tezroq sodir bo’ladi. Xotira buzilishlariga: 
amneziya
(xotiraning yo’qolishi), 
retrograd amneziya
(kasallikdan avvalgi voqeaga 
nisbatan xotiraning buzilishi) va 
anterograd amneziya
(kasallikdan so’ng sodir 
bo’lgan voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi). O’ta toliqishda 
paramneziya
-
xotira aldanishi hodisasi ro’y beradi. So’zlami eslashda xatolikka yo’l qo’yish 
kontaminatsiya
(«ahamiyatga ega») deyiladi.
Endi xotira tasnifiga nisbatan yondoshuvlar masalasini ko’rib chiqishga 
o’tamiz. Xotira xossalarining turini ajratish uchun umumiy asos sifatida esda 
olib qolish va eslash jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga 
bog’liqligi namoyon bo’ladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uch asosiy 
mezonlarga muvofiq ravishda ajratiladi:
- faoliyatda ustunlik qiluvchi psixik faoliyatning xususiyatiga ko’ra, 
harakat, emotsional, obrazli va so’z-mantiqiy xotiralarga bo’linadi;
- faoliyat maqsadiga ko’ra - ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiraga bo’linadi;
- materialning mustahkamlanishi va saqlanib qolishi davomiyligiga ko’ra -
qisqa muddatli, operativ va uzoq muddatli xotiraga bo’linadi.


Xotira turlarining psixik faoliyat xususiyatiga ko’ra tasniflanishini birinchi 
marta P.P. Blonskiy tomonidan taklif etilgan. Faoliyat turlarida psixik 
faoliyatning motorli, hissiyotli, sensor, aqliy turlari ustunlik qilishi mumkin. Bu 
faoliyatlaming har biri harakatlar va ulaming mahsuloti bo’lgan faoliyat, sezgi, 
obraz, fikrlarda ifodalanadi. Blonskiy xotiraning ayrim turlari o’rtasidagi 
farqlami aniqlashga muvaffaq bo’ldi.
Xotira turlarining mana shu to’rt xilining xususiyatlarini keltiramiz.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish