N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

tanish hissin
i tuyganimizda, 
lekin o’tmish tajribadagilarga o’xshata olmaganimizda tanish darajasi kamroq 
bo’ladi. Masalan, yuz tuzilishi tanishdek tuyulgan odamning kimligini va u bilan 
qanday vaziyatlarda uchrashishimiz mumkinligini eslay olmaymiz. Bunga 
o’xshash vaziyatlar 
tanishning belgilanmaganligi
xususiyatiga ega bo’ladi. 
Boshqa vaziyatlarda tanish to’liq belgilanmaganligi bilan farqlanadi: biz odamni 
ma’lum shaxs sifatida darhol taniymiz. SHuning uchun ushbu vaziyatlar 
to ’liq
tanish
xususiyatiga ega bo’ladi.
To’g’ri tanishning turli xillari bilan bir qatorda 
tanishdagi xatoliklar
ham 
mavjud bo’ladi. Masalan, birinchi marta idrok qilinayotganlar, ba’zida 
tanishdek, avval xuddi shu ko’rinishda sodir bo’lgandek tuyuladi.
Tanish va eslashning har doim ham bir xilda samarali tarzda amalga 
oshirilmaydigan jarayonlarining juda qiziqarli o’ziga xos xususiyatini ta’kidlab 
o’tish lozim.Ba’zida biz qaysidir ob’ektni taniy olishimiz, lekin usiz eslay 
olmasligimiz mumkin. Bunga teskari vaziyatlar ham bo’ladi: bizda paydo 
bo’lgan tasavvurlaming nima bilan bog’liqligini tushuntirib bera olmaymiz. 
masalan, bizni doimo qandaydir kuy ohangi «kuzatib yuradi», lekin uning 
qaerdan paydo bo’lganini aytib berolmaymiz.
Unutish
- avval idrok qilingan ma’lumotni tiklash imkoniyatining mavjud 
emasligida ifodalanadigan xotira jarayoni. Unutishning fiziologik asosini


vaqtinchalik nerv aloqalarini dolzarblashishiga halaqit beruvchi po’stloqdagi 
tormozlanishning 
ba’zi 
tiirlari 
tashkil 
etadi. 
Ko’pincha 
bu 
mustahkamlanishlarsiz rivojlanadigan so’nuvchi tormozlanishdan iborat bo’ladi. 
Unutish ikki asosiy shakJ: a) eslash yoki bilish imkoniyatining mavjud 
emasligida; b) noto’g’ri eslash yoki tanishda namoyon bo’ladi. To’liq eslash va 
to’liq yoddan chiqarish o’rtasida eslash va tanishning turli darajalari mavjud 
bo’ladi. Ba’zi tadqiqotchilar ulami «xotira darajalari» deb ataydilar. bunday 
darajalarga quyidagilar kiradi: a) eslash xotirasi; b) tanuvchi xotira; v) 
yengillashtiruvchi xotira. Masalan, o’quvchi she’mi yod oldi. Agar biroz 
vaqtdan so’ng uni bexato aytib bera olsa, - bu xotiraning eng yuqori, birinchi 
darajasi, agar o’quvchi yod olganini aytib bera olmasa, lekin she’mi kitob 
bo’yicha yoki eshitganida oson taniy olsa, - bu xotiraning ikkinchi darajasi; agar 
o’quvchi mustaqil holda she’mi eslay olmasa, uni taniy olmasa, lekin takroriy 
yod olishda bunga birinchi marta yod olganidan kamroq vaqt ichida erisha olsa,- 
bu uchinchi daraja. SHunday qilib, ifodalanish darajasi o’zgarib turishi mumkin. 
Unutish materialni chizmalashtirishda alohida, ba’zan ahamiyatga ega bo’lgan 
qismlarini olib tashlashda, yangi tasavvurlami odatdagi, avvalgi tasavvurlarga 
keltirishda ifodalanadi.
Unutish ifodalarning bir qancha turli xil ko’rinishlarini o’rganib, insonning 
ayni damda eslay olmasdan, bir muncha vaqt o’tgandan so’ng esga tushirishi 
yoki tanishi kabi vaziyatlar haqida ham aytib o’tish lozim. Vaqt o’tgandan so’ng 
xotiradan ko’tarilgan materialni eslash 
reministsentsiya
(xira esga keltirish) deb 
ataladi. Reministsentsiyaning mohiyati, biz to’liq eslay olmagan material idrok 
qilinganidan bir-ikki kun o’tgandan so’ng materialni birinchi marta eslashda 
kuzatilmagan dalillar va tushunchalar bilan to’ldirilishidan iborat. Bu hodisa 
ko’pincha katta hajmli materialni so’zlab berish orqali eslashda kuzatiladi, 
bunga nerv hujayralarining charchashi sabab bo’ladi. Reministsentsiya 
ko’pincha maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarda, va 
ayrim holatlarda kattalarda ham kuzatiladi.
Unutishning boshqa shakllari 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish