N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Harakat xotirasi
- bu turli harakatlar yoki tizimlarini esda olib qolish, 
saqlash va eslash. U, masalan, piyoda yurish, mashinani boshqarish, raqs tushish 
va boshqalarda turli harakatli malaka va ko’nikmalarning shakllanishi uchun 
asos bo’lib xizmat qiladi.
Emotsional xotira
- bu boshdan kechirilgan sezgi va emotsional holatga 
nisbatan xotira. Hissiyotlar doimo ehtiyoj va qiziqishlarimizning qanday 
qoniqtirilayotgani, 
atrof-olam 
bilan 
munosabatlarimiz 
qanday 
amalga 
oshirilayotgani haqida xabar berib turadilar. Boshdan kechirilgan va xotirada 
saqlanib qolgan sezgilar harakatga boshlovchi yoki o’tmishda salbiy 
kechinmalami uyg’otgan harakatdan tutib qoluvchi xabarlar sifatida namoyon 
bo’ladi.
Obrazli xotira
- bu tasawurlar, tabiat va hayot manzaralari, shuningdek, 
ovoz, hid, ta’mlarga nisbatan bo’lgan xotira. U ko’rish, eshitish, tuyish, hid 
bilish va ta’m bilish bilan bog’liq bo’ladi. Ba’zan 
eydetik xotira
- ba’zi 
individlaming(eydetiklar) aw al idrok qilingan jism va sahnalar o’ta to’laqonli 
va obrazini esda saqlash va eslash qobiliyatiga ega bo’lgan odamlar uchrab 
turadi. Eydetik obrazlar jismning mavjud emasligida yuzaga kelib, oddiy 
tasavvurga xos bo’lmagan izchil ko’rgazmalilik xususiyatiga ega bo’lishi bilan 
tasavvurlarga o’xshash bo’ladi.
S o ’z-mantiqiy xotira
fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va 
eslashda ifodalanadi. So’z-mantiqiy (semantik, verbal) xotira yordamida inson 
aqliy qobiliyati axborot bazasi hosil bo’ladi, ko’pchilik fikrlash operatsiyalari 
(o’qish, hisob va h.k.) amalga oshiriladi. So’z-mantiqiy xotirada muhim o’rinni 
ikkinchi xabar tizimi egallaydi. So’z-mantiqiy xotira - bu o’zining sodda 
shakllarida hayvonlarga ham xos bo’lgan motorli, emotsional va obrazli 
xotiralardan farqli ravishda faqat insonga xos bo’lgan maxsus xotira. Xotiraning 
bu turi maktab va oliy o’quv yurtlaridagi o’quv jarayonida bilimlami 
o’zlashtirishda yetakchi o’rinni egallaydi.
Xotira faoliyat maqsadiga bog’liqligiga ko’ra 
ixtiyorsiz
va 
ixtiyoriy
xotiralarga bo’linadi. Biror narsani esda olib qolish yoki esga tushirish maxsus 
maqsadga ega bo’lmagan esda olib qolish va eslash ixtiyorsiz xotira deyiladi. 
Shunday maqsad ko’zlanganida ixtiyoriy xotira haqida so’z yuritiladi.
233


Axborot saqlashning vaqt bo’yicha belgilanganligiga bog’liq ravishda 
xotirani qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotiraga bo’lish mumkin. 
Chegaralangan vaqt (30 soniyagacha) ichida axborot saqlash xususiyatiga ega 
bo’lgan va ushlab qolinadigan elementlar sonining chegaralanganligi bilan 
ajralib turadigan xotira 
qisqa muddatli xotira
deyiladi.Bu xotira idrok 
qilinganlaming faqatgina umumlashtirilgan obrazini, uning ahamiyatga molik 
elementlarini saqlab qoladi. 
Xotira ushbu turining hajmi 5-7 ob’ekt bilan 
chegaralangan.
Uzoq muddatli xotira
- materialni chegaralanmagan vaqt oralig’ida va 
axborotni chegaralanmagan hajmda ushlab qolish xususiyatiga ega bo’lgan 
xotira turlaridan bin.
Operativ xotira ~
ma’lum faoliyatni bajarishda namoyon bo’ladigan, shu 
faoliyatga qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiradan kelayotgan axborotni 
saqlashga binoan xizmat ko’rsatuvchi joriy faoliyatni bajarish uchun zarur 
bo’lgan xotira turi. Bu xotira turi axborotni saqlash davomiyligi va o’z 
xossalariga ko’ra qisqa va uzoq muddatli xotiralar o’rtasidagi oraliq holatni 
egallaydi. Operativ xotirada materialning saqlanish vaqti operatsiyaning 
bajarilish davomiyligi bilan aniqlanadi.
Anglanish darajasiga ko’ra xotira mexanik va mantiqiy xotiraga bo’linadi. 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish