N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Mantiqiy xotira
— yod olinishi zarur bo’lgan materialdagi mantiqiy aloqalami 
o’matish va tushunishga asoslangan xotira turi. Tafakkur va xotiraning aloqasi 
psixologiyada mavjud bo’lgan tushunarli bo’lgan narsa oson eslab qolinadi, 
degan aqidada qayd etiladi. 
Mexanik xotira
o’rganish va hayotiy tajriba orttirish 
qobiliyati shaklida namoyon bo’ladi.
Ko’rib chiqilgan xotira turlari alohida o’zlari mavjud bo’la olmaydi. Fikr 
va tushuncha xotirasi so’z-mantiqiy xotira sifatida, shuningdek, har bir xususiy 
vaziyatda ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz bo’ladi.
Xulosa o’mida xotiraning psixologik mexanizmini keltiramiz (11.1 rasm).
Takrorlash
doimiy
saqlanishga
unutilgan
11.1 Rasm. Xotiraning psixologik mexanizmL
234


11.4. Xotiraning individual
Hozirg' 
kunda 
xotirada 
individual
xususiyatlari va uning
farqlarning ikki asosiy guruhini ajratiladi,
rivojlanishi
birinchi guruhga yod olish samaradorligidagi
farqlar, ikkinchisiga - xotira tiplari deb 
nomlanuvchilaming farqlari kiradi.
Yodlashning mahsuldorligidagi
farqlar yod olish tezligi, esda olib qolish 
aniqligi, shuningdek, materialni eslashga shaylikda ifodalanadi. Ma’lumki, ba’zi 
odamlar tez, boshqalari sekin eslab qoladilar, ba’zilarga buning uchun ancha 
vaqt kerak bo’ladi, boshqalari tezda esdan chiqarib yuboradilar,ba’zilar aniq 
eslaydilar, boshqalar ko’p xatoliklarga yo’l qo’yib eslaydilar, ba’zilar katta 
hajmli axborotni, boshqalar arang bir nechta satmi eslab qoladilar. 
Kuchli
xotiraga.
ega bo’lgan odamlar uchun tez esda olib qolish, uzoq vaqt yodda 
saqlash va axborotni aniq, to’laligicha eslash, zaif xotira egalariga - axborotni 
sekin esda olib qolish, noaniq eslash va tezda unutish xosdir. Kuchli xotiraga 
ega bo’lgan mashhur insonlardan, masalan, A.S. Pushkin, V.A. Motsart va 
boshqalami keltirish mumkin.
Insonning materialni ko’rib, eshitib yoki harakatdan foydalanib esda olib 
qolishi xotira tipini belgilaydi. Ba’zi odamlar esda olib qolish uchun yod 
olinadiganlarni ko’rish orqali idrok qilishlari kerak. Bu odamlar 
xotiraning
ко ’rish tipigd
kiradilar. Boshqalaming esda olib qolishi uchun 
eshitish obrazlari
zarur. Ushbu toifa odamlarga 
xotiraning eshitish tipi
xosdir. bundan tashqari, 
esda olib qolish uchun harakatlarga, ayniqsa, nutq harakatlariga ehtiyoj 
sezadigan odamlar ham mavjud, Bu odamlarga 
xotiraning harakatli tipi
xosdir.
Lekin xotiraning sof tiplari kam uchraydi. Ko’pchilik odamlarga xotiraning 
aralash tipi xosdir. Xotira tipi faqat asab tizimining tabiiy xususiyatlariga emas, 
balki, tarbiyaga ham bog’liq.
Xotira tiplarini xotira turlaridan farqlash zarurligini ta’kidlab o’tish lozim. 
Xotira turi 
nimani
eslab qolishimiz, tiplari esa 
qanday
eslab qolishimiz bilan 
belgilanadi.
Xotiraning birlamchi ifodalari sifatida go’dak hayotining birinchi oylarida 
onasini ko’rganida yig’idan to’xtashida kuzatiladigan shartli refleksni keltirish 
mumkin. Xotiraning yanada aniqroq ifodalanishini bola jismlami taniy 
boshlaganida kuzatiladi, bu ilk marotaba bola hayotining birinchi yarim yili 
oxirida sodir bo’ladi. Avval tanish ob’ektning tor doirasi bilan chegaralangan 
bo’ladi: bola onasini, atrofidagi boshqa odamlami, ko’proq foydalanadigan 
jismlami taniydi. Bu jismni idrok qilishda uzoq davomli tanaffus sodir 
bo’lmaganida amalga oshiriladi.
Asta-sekin bola taniy oladigan jismlar doirasi kengaya boshlaydi. Yashirin 
davri ham uzayadi. Ikkinchi yilning oxirida bola bir necha hafta oldin
235


ko’rganlarini taniy oladi, usinchi yilning oxirida - bir necha oy avval idrok 
qilinganlami, to’rtinchi yilning oxirida esa - bir yil awalgilami taniy oladi.
Awalambor, bolad taniy olish namoyon bo’ladi, eslash ancha kechroq 
kuzatiladi. Eslashning birinchi belgilari ikkinchi yilga kelib namoyon bo’ladi.
Dastlab xotira ixtiyorsizlik xususiyatiga ega bo’ladi. Erta go’daklik va 
maktabgacha yoshda bolalar odatda o’z oldilariga biror narsani esda olib qolish 
vazifasini qo’ymaydilar. Ixtiyoriy xotiraning rivojlanishi maktabgacha yoshidagi 
bolalarda o’yinlarda va tarbiya jarayonida sodir bo’ladi.
Xotiraning jadal rivojlanishi maktab yillarida kuzatiladi. Bu o’qitish 
jarayoni bilan bog’liq. Yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayoni, awalambor, 
ixtiyoriy xotiraning rivojlanishini oldindan belgilab beradi.
Xotiraning rivojlanish jarayoni o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi. Buning uchun 
xotirani tarbiyalashning yaxlit tizimi mavjudligi zarurdir. Xotira ijobiy 
xossalarining tarbiyalanishiga inson aqliy va amaliy faoliyatining mosligi: ish 
o’midagi tartib, rejalashtirish, o’zini nazorat qilish, esda olib qolishning 
usullarini qo’llash, aqliy faoliyatni amaliy faoliyat bilan birlashtirish, o’z 
faoliyatiga tanqidiy nazar solishi, ishning samarasiz usullaridan voz kechish va 
boshqalardan samarali usullami o’rganish malakasi yordam beradi.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish