N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Ichki sezgi
(lot. - ko’ra bilish) - bu bevosita, kengaytirilgan mulohazalarga 
berilmasdan, murakkab savollarga javob topish, haqiqatni aniqlash, fahmlash 
qobiliyati.
Ijodkorlik harakat mexanizmi bajarilishning ma’lum davriyligiga ega 
bo’lgan rivojlanuvchi o’zaro ta’sir sifatida tushuniladi:
1. 
lxtiyoriy, mantiqiy izlanish davri.
Bu bosqichda yechimi bevosita 
mavjud bo’lgan hukmlardan mantiqiy xulosa chiqarish yo’li bilan topilmaydigan 
ijodiy masalani yechish uchun zarur bo’lgan bilimlar dolzarblashtirifadi. 
Tadqiqotchi ongli ravishda samarali hal etishga ko’mak beruvchi dalillami 
tanlab oladi, avval egallangan bilimlami umumlashtiradi va ulami yangi 
sharoitlarga ko’chiradi; gipotezalami ilgari suradi, boshlang’ich ma’iumotlar 
tahlili va sintezi usullarini qo’llaydi. Bu bosqichda anglanganlik ustunlik qiladi.
2. 
Ichki sezgiga asoslangan yechim davri.
Bu davrga muammo yechimi 
usulining anglanmagan izlanishi xosdir, uning asosida inson harakati 
natijasining ikkilanganlik tamoyili yotadi, ya’ni, harakatning to’g’ridan-to’g’ri 
(anglangan) va qo’shimcha (anglanmagan) mahsulotlarining mavjudligi. 
Ma’lum sharoitlarda qo’shimcha mahsulot inson harakatiga boshqaruvchi ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. Bunday sharoitlarga anglanmagan mahsulotda qo’shimcha 
mahsulotning mavjudligi; izlanish axborotlarining yuqori darajasi; aniq va sodda 
tuzilgan masala; harakat usulining avtomatlashtirilmaganligi kiradi.
Masalaning yechimini ichki sezgiga asoslangan holda topish zaruriyati 
avvalgi bosqichda tanlangan mantiqiy usullar qo’yilgan masalani yechish uchun 
mutanosib bo’lmagan va maqsadga erishish uchun boshqa usullar talab etilgan 
vaziyatlarda tug’iladi. fchki sezgiga asoslangan holda hal etish bosqichida hulq- 
atvorning anglanganlik darajasi kamaygan bo’ladi va topilgan yechim 
kutilmagan va ixtiyoriy bo’lib ko’rinadi.
3. 
Ichki sezgi orqali yechimni topishning verballashtirish davri.
Ichki 
sezgiga asoslagan holda yechimni verballashtirish bosqichida yechish usuli va 
uning verbal rasmiylashtirilganligini tushuntirish amalga oshiriladi. Muammoni 
yechish usuli va natijasini anglash asosini insonning o’zaro ta’sir, masalani 
yechish jarayoni gapirilib beriladigan istalgan boshqa odam bilan muloqot 
jarayoniga jalb etilishidan iborat.


4. 
Verballashtirilgan yechimni rasmiylashtirish davri.
Bu bosqichda yangi 
masala yechish usuli mantiqiy rasmiylashtirilgan masala tuziladi. Yechimni 
rasmiylashtirish jarayoni ongli darajada sodir bo’ladi.
Ijodkorlik davri jarayonlari hulq-atvor psixologik mexanizmi tuzilishining 
uni amalga oshirish davomida bir-biri bilan o’rin almashib turadigan tashkil 
etish darajalari sifatida ko’rib chiqiladi. Ijodiy faollik ijodiy masalalami hal etish 
sharoitlarida yuzaga keladi, va har bir odam bir muncha vaqt davomida o’zini 
yaratuvchi sifatida his etishi mumkin. Turli-tuman hayotiy vaziyatlarda odamlar 
hulq-atvorini differentsial-psixologik jihatdan tahlil qilish shaxsning istalgan 
hayotiy masalalarning yechimini topishda o’ziga xos yechish usullarini 
qo’llaydigan tipi mavjud, - bu 
ijodkor shaxs tipi.
Ijodkor shaxsning asosiy 
o’ziga xos xususiyati ijodkorligi.
Kreativlik -
shaxs faoliyatini mahsuldor o’zgartirishlar bilan ta’minlovchi, 
tadqiqot faolligi ehtiyojini qondirishga imkon yaratuvchi inson psixikasining 
integrativ sifati. Kreativ shaxs boshqa odamlardan bir qator o’ziga xos 
xususiyatlari 
bilan 
ajralib 
turadi, 
bular: 
a) 
kognitiv-
subsensor
seskantiruvchilarga nisbatan yuqori sezuvchanlik; noodatiy, noyob, ayrim 
hodisalarga nisbatan sezuvchanlik; hodisalami ma’lum tizim, majmuada idrok 
qilish qobiliyati; kam uchraydigan hodisalami eslab qolish; rivojlangan tasawur 
va fantaziya; yagona masalaning bir qancha yechimlarini umumlashtirish usuli 
sifatida harakatli tafakkuming rivojlanganligi.; b) 
emotsional-
yuqori 
emotsional 
qo’zg’aluvchanlik, 
hayajonli 
holatlami 
yengish, 
stenik 
hissiyotlarning mavjudligi; v) 
motivatsion
- tushunish, tadqiqot, o’zini namoyon 
qilish va o’z mavqeini belgilashga, o’zini mustaqil idora qilishga bo’lgan 
ehtiyoj; g) 
kommunikativ
- tashabbuskorlik, liderlikka bo’lgan moyillik, ichki 
sababning mavjudligi.
Ijodkorlik faoliyat turlaridan biri va kreativlik yangilik, o’ziga xoslikni 
izlashga yordam beradigan belgilaming barqaror yig’indisi sifatida jamiyat 
taraqqiyotini ta’minlaydilar.
Ijodkorlik faoliyati
- muammolami hal etishning yangi g’oyalar, 
kashfiyotlarga sabab bo’luvchi yangi yechimini taqdim etuvchi tafakkur.
Odatda, psixologlar tomonidan ijodkorlikka monelik qiluvchi ichki g ’ovlar 
ko’rsatiladi.
1. 
Konformizm
- boshqalarga o’xshashlik istagi. Odamlar boshqalardan 
ajralib qolmaslik uchun original g’oyalami taklif etishdan cho’chiydilar. Bu 
ko’pincha tushunmaslikning bolalikdagi dastlabki tajribasi va kattalar bilan 
tengdoshlar orasida g’oyalaming tanqid qilinishi bilan bog’liq.
265


2. 
TSenzura
- har bir shaxsiy g’oyaning ichki tanqi tanqid qilinishi. Qat’iy 
ichki nazoratga ega bo’lgan odamlar muammoning tabiiy yo’l bilan hal etilishini 
kutishni afzal ko’radilar yoki hal etish ma’suliyatini boshqa birovga yuklaydilar.
3. 
Rigidlik
- bir turdagi stereotipli nuqtai nazardan boshqasiga o’tishning 
qiyinligi. Rigidlik tayyor yechimlarni takomillashtirishga, odatiy, tanish bo’lgan 
narsalarda noodatiy narsalami «ko’rish» imkoniyatini bermaydi.
4. 
Javobni tez topish istagi.
Eng oqilona yechimlar ijodiy «tanaffiis» 
vaqtida, inson o’ziga muammo ustida zo’r berib bosh qotirishdan chalg’ishga 
imkoniyat berganida kelishi kuzatilgan.
Ijodkor shaxslar - nonkonformistlar: ular atrof-muhit talablarini ulaming 
qarashlariga bu talablaming mos tushishiga ko’ra qabul qiladilar. Ulaming 
hayot, jamiyat, atrof-olam haqidagi tasavvurlari noodatiy bo’ladi, bunday 
odamlar g’oyaviy aqidalar qaramligidan xoli bo’ladilar. Ijodkor shaxslaming 
aqliy qobiliyati sun’iy bo’ladi: ular turli hodisalar o’rtasida aloqalar o’matishga 
intiladilar. Shu bilan bir qatorda ulaming tafakkuri o’zgaruvchandir: ular bir 
turdagi jismlaming turlicha bog’lanishlarini ko’ra olishga intiladilar. Bu 
toifadagi odamlar deyarli bolalarcha hayratlanish va zavqlanish qobiliyatini 
butun umrga saqlab qoladilar, ular barcha qiziqarli narsalarga sezgir, 
senzitivdirlar.
Tiplarga xos bo’lgan xususiyatlarga ko’ra ijodkor shaxslar san’at, fan va 
texnika ijodkorligida o’zlarini namoyon qiladilar. SHaxsning badiiy tipi olamni 
badiiy obrazlar orqali o’zlashtiradi, ulaming yaratilish mexanizmlarini, estetik 
qarashlar, dunyoqarashni tadbiq etish uchun nutqli, vizual, tovushli belgilaming 
vositali tizimlarini egallaydilar.
Tafakkur turlaridan tashqari, individual tarzda o’ziga xos bo’lgan 
tafakkur
tiplari
ham mavjud. K. Yung odamlar fikrlash faoliyati tiplarining tafakkur 
jarayonlaridagi ekstraversiya va introversiya, ratsionallik yoki irratsionallik, 
emotsionallik va mantiqiylikning dominantligiga ko’ra tasniflanishlaridan birini 
taklif etdi. U tafakkur xususiyatiga ko’ra odamlaming ichki sezgiga asoslangan 
va fikrlovchi tiplarini ajratib ko’rsatdi. Burinchi tipga hissiyotlarning mantiqdan 
ustunligi va bosh miya o’ng yarim sharlarining chap yarim sharlaridan 
dominantligi xosdir. Ikkinchi tipga esa ratsionallik va miya chap yarim sharining 
o’ng yarim sharidan, mantiqning hissiyot va ichki sezgidan ustunligi xosdir.
Va nihoyat, shuni ta’kidlab o’tish lozimki, «fikrlash faoliyatida ikki 
qarama-qarshi fikrlar - egallanganlami saqlash, qayd etish va ulami o’zgartirish 
o’rtasida doimiy kurash sodir bo’ladi. «Fikrlash malakasi - bu bu ma’lum 
masala talablariga mos keluvchi mavjud bo’lgan, ushbu masalaga javob 
beradigan bilimlarni ijro etishga qobiliyatli bo’lishning o’zi emas, balki, 
berilgan masalaga mos kelmaydigan bilimlardan voz kechish, bartaraf etishga
266


ham qobiliyatli bo’lish demak. Ko’pincha shakllangan bilim yoki qat’iy qayd 
etilgan harakat usuli masalani hal etishda yangi jihatlami aniqlashga halaqit 
beradilar» (N.A. Menchinskaya).
Insonda tafakkur mavjudligi va uning kelib 
13.6. Tafakkur nazariyalari

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish