N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

 
. . . . . .


. . , 

. . 
..
J
chiqishim tushuntinshga harakat qilayotgan
barchaga ma’lum nazariyalami ikki katta guruhga ajratish mumkin. Birinchi 
guruhga odamda tabiiy aqliy qobiliyatlaming mavjudligini anglatiivchi 
nazariyalami kiritish lozim. Bu nazariyalaming nizomlariga asosan, aqliy 
qobiliyatlar tug’ma bo’lgani uchun ular hayotiy jarayonda o’zgarmaydi, ulaming 
shakllanishi esa hayotiy sharoitlarga bog’liq emas.
Birinchi 
guruhga 
kiritilgan 
juda 
mashhur 
nazariyalardan 
biri 
geshtaltpsixologiyada
o ’rganiladigan tafakkur nazariyasi bo’lib hisoblanadi. 
Ushbu ilmiy yo’nalishga ko’ra, aqliy qobiliyatlar va aqlning o’zi yangi 
bilimlarga ega bo’lish maqsadida axborotni idrok qilish va qayta ishlash bilan 
ta’minlaydigan ichki tuzilmalar yig’indisi sifatida ta’riflanadi. Bunda mos 
bo’lgan aqliy tuzilmalar odamda tug’ilgandan buyon tayyor holda mavjud 
bo’lib, inson ulg’ayishi va ularga ehtiyoj yuzaga kelishi 
bilan asta-sekin 
namoyon bo’la boshlaydi, deb hisoblanadi. Bunda tuzilmalami o’zgartirish, 
ulami voqelikda ko’ra olish qobiliyati aqlning asosidir. Nazariyalaming boshqa 
gumhi aqliy qobiliyatlami inson hayotiy jarayonida rivojlanuvchi sifatida 
o’rganadi. Ular tafakkumi yoki muhitning tashqi ta’sirlaridan, yoki sub’ektning 
ichki rivojlanish g’oyasidan, yoki ikkalovidan kelib chiqqan holda 
tushuntirishga harakat qiladilar.
Assotsiativ psixologiyada
tafakkur o’z ifodalanishlarida assotsiatsiyalardan 
iborat edi. Tafakkur mexanizmlari sifatida hozirgi tajribada olingan o’tmish 
tajriba va taassurotlar oqibatlarining aloqalari ko’rib chiqilgan edi. Tafakkur 
qobiliyati tug’ma qobiliyat sifatida o’rganilgan. Lekin ushbu ilmiy yo’nalish 
vakillari ijodiy tafakkuming kelib chiqishini assotsiatsiyalar haqidagi ta’limot 
nuqtai nazaridan tushuntirib bera olmadilar.
Tafakkur 
bixeviorizmda
ham keng o’rganilgan. Bunda tafakkur rag’batlar 
va ta’sirlar o’rtasidagi murakkab aloqalaming shakllanish jarayoni sifatida 
tasavvur etilgan. Bixeviorizmning beqiyos hissasi o’rganilayotgan muammo 
chegarasida masalami yechish jarayonida malaka va ko’nikmalaming 
shakllanishini ko’rib chiqishdan iborat bo’ldi. Bu yo’nalishga asoslangan holda 
psixologiyada tafakkumi o’rganish sohasiga amaliy tafakkur muammosi 
kiritildi.
Tafakkur psixologiyasining taraqqiyotiga 
psixoanaliz
ham o’zining 
ma’lum hissasini qo’shdi, bunda tafakkuming anglanmagan shakllari 
muammosiga, shuningdek, tafakkuming motivlar va inson ehtiyojlariga
267


bog’liqligini o’rganishga katta e’tibor qaratildi. Aynan, tafakkurning 
anglanmagan 
shakllarini izlashda 
psixoanalizda 
«psixologik 
himoya
mexanizmlari» tushunchasi shakllandi.
Jahon psixologiyasida tafakkur muammosi 
faoliyatning psixologik
nazariyasi doirasida
rivojlandi. Bu muammoni ishlab chiqish S.L. Rubinshteyn, 
A.N. Leontev, A.A. Smirnov va boshqalaming nomlari bilan bog’liq. 
Faoliyatning psixologik nazariyasi nuqtai nazaridan tafakkur hayot davomida 
shakllanadigan turli-tuman masalalami yechish va voqelikni maqsadga muvofiq 
ravishda qayta tuzish qobiliyati sifatida tushuntiriladi. A.N. Leontev tomonidan 
tafakkur kontseptsiyasi taklif etilgan edi, bu kontseptsiyaga asosan, tashqi (hulq- 
atvor) va ichki (tafakkur) faoliyat tuzilishlari o’rtasida o’xshashliklar mavjud. 
Ichki fikrlash faoliyati tashqi, amaliy faoliyatdan kelib chiqib, o’xshash 
tuzilishga ega bo’ladi. Fikrlash, nazariy faoliyat tarkibiga tashqi, amaliy 
harakatlar kirishi mumkin, va, aksincha, amaliyat faoliyat tuzilishiga ichki, 
fikrlash operatsiyalari va harakatlari kirishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, 
tafakkur oliy psixik jarayon sifatida faoliyat jarayonida shakllanadi.
Tafakkurning faoliyat nazariyasi bolalaming aqliy rivojlanishi va ta’lim 
olishi bilan bog’liq bo’lgan ko’plab amaliy masalalami hal etishga yordam 
bergan. Uning asosida P.Ya. Galperin, D.B. Elkonin, V.V. Davbidov, L.V. 
Zankovlaming o’qitish va rivojlantirish nazariyalari tuzilgan.
Oxirgi vaqtlarda, matematika va kibemetika taraqqiyoti bilan tafakkurning 
yangi axborot-kiberetik nazariyasini yaratish imkoniyati tug’ildi. Inson tafakkuri 
operatsiyalarini kibemetika va aqlning mashina modellarini qo’llash yordamida 
o’rganish imkoniyati yaratildi.
eguluvchanligi, 
aqlning 
sertashabbusligi 
va 
tanqidiyligi, 
mantiqiylik, 
isbotlanganlik va ijodkorlik kabi sifatlarida ifodalanishi mumkin.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish