N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Aqlning pishiqligi
- u yoki bu hodisani ahamiyatga molik munosabatlarda 
har tomonlama bilishga intilish; tafakkur 
kengligi
- bu savolni yaxlitligicha, shu 
bilan birga zarur bo’lgan xususiyatlami chetda qoldirmay qamrab olish 
qobiliyati.. Tafakkur kengligi inson dunyoqarashi va har bir hodisani boshqa 
hodisalar , bilan turli aloqalarda ko’rib chiqish qobiliyatida ifodalanadi. 
Tafakkurning 
chuqurligi
murakkab savollar mohiyatiga kirib borish, asosiy 
holatni ikkinchi darajalilardan, zamriyatni tasodifiydan ajratish malakasida 
ifodalanadi. Tafakkur chuqurligigiga qarama-qarshi sifat bo’lib hukm va 
xulasal&ming yuzasi hisobianadi, bunda odam mayda-chuydalarga e’tibor 
qaratib, asosiysini ko’rmaydi. Tafakkurning 
mustaqilligi
insonning yangi
13.
7. 
Tafakkurning individual
xususiyatlari va rivojlanishi
Insonlar fikrlash faoliyatidagi individual 
tafovutlar tafakkurning sinchkovlik, tafakkur 
kengligi, chuqurligi va mustaqilligi, fikrning
268


vazifalami ilgari surishi va boshqalaming yordamidan foydalanmasdan ularning 
yechimini topish malakasi bilan xarakterlanadi. Fikming 
egituvchanligi
masalalami yechishda avvaldan qo’llanilib kelayotgan usullaming ta’siridan holi 
bo’lishda, sharoit o’zgarganda harakatlami tezda o’zgartirish malakasida 
ifodalanadi. Tafakkuming 
tezligi
- insonning yangi vaziyatda o’zini yo’qotib 
qo’ymaslik, o’ylab olgan holda to’g’ri qaror qabul qilish qobiliyati. Aqlning 
sertashabbusligini insonning o’ylamasdan masalaning bir tomonini ushlab olib, 
qaror qilishga shoshishi, yetarlicha o’ylanmagan javoblar bildirishida 
ifodalanadigan shoshqaloqlikdan farqlash lozim. Aqlning 
tanqidiyligi
- bu inson 
o’zining va boshqalaming fikrlarini ob’ektiv baholashi,ilgari surilayotgan 
nizomlar va xulosalami izchillik bilan har tomonlama tekshirib chiqish 
malakasi. Tafakkuming 
mantiqiyligi
- tadqiq etilayotgan ob’ektning barcha 
ahamiyatli tomonlarini hisobga olgan holda mulohazalaming qat’iy izchilligiga 
rioya qilish qobiliyati. Tafakkuming 
isbotlanganligi
- zarur vaqtda hukm va 
xulosalaming to’g’riligini tasdiqlovchi dalillar, qonuniyatlardan foydalanish 
qobiliyati. Aql 
ijodkorligi -
ijodkorlik tafakkuriga bo’lgan qobiliyat. 
Tafakkuming salbiy sifati uning 
rigidligi
- hodisa mohiyatiga nisbatan xolis 
bo’lmagan munosabat, hissiy taassurotning oshirib yuborilishi, bir xil qolipdagi 
baholarga berilganlik hisoblanadi.
Inson aqliy rivojlanganligining ko’rsatkichi sub’ektning tashqi cheklovlar 
bilan 
bog’lanmaganligida.
SHunday qilib, odamlardagi tafakkuming individual xususiyatlari eqorida 
ko’rib chiqilgan aqliy sifatlarda turli uyg’unlikda ifodalanadi.
Tafakkur shakllanishi va rivojlanishida bir nechta bosqichlami ajratib 
ko’rsatish mumkin. Hozirda mavjud bo’lgan tafakkur taraqqiyotining 
bosqichlarga bo’linishiga nisbatan yondoshuvlaming ko’pchiligida inson 
tafakkuri rivojlanishining 
dastlabki bosqichi
umumlashtirish bilan bog’liqligi 
ko’rsatib o’tiladi. Bunda bolaning birinchi umumlashtirishlari amaliy 
faoliyatdan ajralmasdir, bu bolaning o’zaro o’xshash jismlar bilan bajaradigan 
bir xildagi harakatlarida o’z ifodasini topadi. Bu intilish bola hayotining 
dastlabki yilining oxiriga kelib namoyon bo’la boshlaydi. Jismlaming alohida 
xossalarini bilgan holda ikki yoshli bola ma’lum amaliy masalalami yecha oladi. 
Xuddi shunday, bir yoshu uch oylik bola narsalar solingan og’ir qutini joyidan 
surish uchun narsalaming yamiini olib tashlaydi, so’ngra zarur harakatni amalga 
oshiradi.
Bola tafakkuri rivojlanishining 
keyingi
bosqichi nutqni egallab borishi 
bilan bog’liq. Bola bilib olgan so’zlar unga umumlashtirishni amalga oshirishda 
tayanch bo’ladi. Ular tez orada bola uchun umumiy ma’noga ega bo’lib, bir 
jismdan ikkinchisiga oson ko’chiriladi. Lekin ko’p hollarda jism va
269


hodisalaming qandaydir alohida belgilari bola o’sha jismlarga nisbatan 
qo’laydigan birinchi so’zlar ma’nosini bildiradi. Xuddi shunday, ko’pincha 
«olma» so’zi bolalar tomonidan barcha dumaloq shakldagi yoki qizil rangdagi 
jismlar bilan solishtiriladi.
Bola tafakkurining 
navbatdagi
bosqichida bola bir xildagi jismni bir necha 
so’zlar bilan atashi mumkin. Bu hodisa bolada ikki yosh atrofida kuzatiladi va 
solishtirish tafakkur operatsiyasining shakllanishidan dalolat beradi.
Bayon etilgan ma’lumotlar asosida maktabgacha yoshdagi bola 
tafakkurining bir nechta ahamiyatli bo’lgan xususiyatlarini aniqlashimiz 
mumkin. Xuddi shunday, bola tafakkurining ahamiyatga ega bo’lgan xususiyati 
bolaning birinchi umumlashtirishi harakat bilan bog’liqligidan iborat. Bola 
harakatlanib, fikr yuritadi. Bola tafakkuriga xos bo’lgan xususiyat - tafakkur 
aniqligida namoyon bo’ladigan ko’rgazmaliligidir.
Bola maktab yoshiga yetganida unda fikrlash imkoniyatlarining taraqqiyoti 
kuzatiladi. Bu hodisa yosh o’zgarishlari bilan birga, birinchi navbatda, maktabda 
ta’lim olishda bola yechishi zarur bo’lgan intellektual masalalar bilan ham 
bog’liqdir. Tushunchalar hosil bo’lish jarayonida fikrlash operatsiyalarining 
taraqqiyoti sodir bo’ladi. Maktab bolani tahlil qilishga, sintezlashga, 
umumlashtirishga o’rgatadi, induktsiya va deduktsiyani rivojlantiradi. Maktabni 
tugatganida odamda tafakkumi rivojlantirish imkoniyati saqlanib qoladi. Lekin 
bunday rivojlanish dinamikasi, yo’nalganligi uning faqat o’zigagina bog’liq 
bo’ladi.
Hozirgi kunda fan tafakkumi rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor 
qaratgan. Amaliyotda tafakkumi rivojlantirishning filogenetik, ontogenetik va 
tajribaviy yo’nalishlari mavjud. 
Filogenetik y o ’nalish
insoniyat tarixiy 
rivojlanish jarayonida inson tafakkuri rivojlanishi va takomillashishini 
o’rganishni taqazo etadi. 
Ontogenetik y o ’nalish
bir odamning hayotiy jarayoni 
asosiy bosqichlarining rivojlanishi bilan bog’liq. O’z navbatida, 
tajriba
y o ’nalishi
tafakkumi tajribada tadqiq etish muammolari va aqlning alohida, 
sun’iy tashkil etilgan sharoitlarda rivojlanish imkoniyati bilan bog’liq.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish