N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Piyozchasimon bez
– 
glandulae bulbourethralis
juft, buqada unchalik katta 
emas (2,8 X 1,8 sm), tashqi tomondan fibroz to‘qimaning qalin qavati va 
piyozchasimon-kovak muskul bilan qoplangan. Har bir bez bittadan yo‘lga ega. 
yo‘llar siydik-jinsiy kanalga ochiladi, ularning teshiklari shilliq pardaning 
o‘roqsimon burmasi bilan yopilib turadi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Ayg‘irda – piyozchasimon bezlar 
piyozchasimon-kovak muskul bilan yopilib turadi; ular oval shaklda, uzunligi 4 
sm; har bir bez 5 – 8 ta yo‘llar bilan ochiladi. 
Cho‘chqada – piyozchasimon bezlar juda katta (12 X 3 sm), zich, g‘adir-
budir, siydik-jinsiy kanalining ustida joylashadi; ular qisman piyozchasimon-kovak 
muskul bilan qoplangan; katta chiqaruv yo‘li quymich yoyi to‘g‘risida siydik-
jinsiy kanalning yuqorigi devoriga keladi va shilliq pardadan hosil bo‘lgan ko‘r 
xaltaga tushadi; chiqaruv yo‘llarining teshiklari burma bilan yopilib turadi. 
Itda – piyozchasimon bezlar bo‘lmaydi. 


Qo‘shimcha jinsiy bezlar 
A-it, Б-cho‘chqa, В-bichilgan cho‘chqa, Г-buqa, Д-ayg‘ir, Е-buqalar jinsiy
organing ko‘ndalang kesimi, Ж-cho‘chqalar piyozchasimon bezining
ko‘ndalang kesimi; 1-urug‘ yo‘li, 2-urug‘ yo‘li ampulasi, 3-pufaksimonn bez,
4-prostata bezi tanasi, 5-uning yon bo‘lagi, 6-piyozsimon bez, 6
1
-quymich
piyozchasimon bez muskuli, 6
2
-piyozchasimon bez yo‘li, 7-siydik pufagi, 8-
siydik yo‘li, 9-siydik jinsiy muskuli, 10-piyozsimon kovak muskul, 11-siydik
chiqarish kanalining bo‘yni, 12-shu kanalning piyozchasi, 13-kanalning tubi,
14-quymich-kovak muskuli, 15-jinsiy azoni taranglovchi muskul.
Jinsiy a’zo
– penis
– buqada silindrsimon shaklda, uzun va ingichka bo‘ladi. 
U kovak tana va siydik chiqarish kanalining jinsiy a’zo qismidan tashkil topgan. 
Kovak tana 
– corpus (spongiosus) cavernosus
buqalarda yaxshi rivojlanmagan. 
SHuning uchun ularda ereksiya vaqtida jinsiy a’zo ko‘p uzaymaydi. Uchta: ikkita – 
jinsiy a’zoning xususiy kovak tanasi va bitta – siydik-jinsiy kanalining kovak 
tanasi farqlanadi. Kovak tananing tashqi qavati fibroz to‘qimadan hosil bo‘lgan oq 
parda – 
tunica albuginea
hisoblanadi. U jinsiy a’zoning ichkarida o‘rta to‘siq – 


septum penis
ni shakllantirib, undan har tomonga ko‘p sonli to‘siqlar (trabekula) 
ajraladi. 
Jinsiy a’zoda ildiz, tana va bosh qismlari farqlanadi. Jinsiy a’zoning ildizi – 
radix penis
quymich do‘ngligiga birikuvchi ikkita oyoqchasi bilan hosil bo‘ladi. 
Har bir oyoqcha quymich-kovak muskuli – 
m.ischiocavernosus
bilan qoplangan. 
Bu muskul qisqarib ereksiya vaqtida venoz qonni kovak tanadan oqishiga 
to‘sqinlik qiladi. Jinsiy a’zo ildizi ikkita osilib turuvchi payi – 
ligamenta 
suspensoria
bilan quymich suyagining chokiga birlashadi. 
Jinsiy a’zoning tanasi – 
corpus penis
ingichka, uzun, silindr shaklida bo‘ladi. 
Yоrg‘oqning orqasida jinsiy a’zo S-simon burma – 
flexura sigmoidea 
hisol qiladi. 
Jinsiy a’zoning boshi – 
glans penis
o‘tkirlashgan va chap tomonga buralgan. Jinsiy 
a’zoning boshida siydik-jinsiy kanal o‘simtasi – 
processus urethrae,
bo‘yni – 
collum glandis,
qalpoqchasi – 
galea glandis, 
toji 
corona glandis
farqlanadi. 
Jinsiy a’zo boshining qalpoqchasi silliq, pushti rangda bo‘ladi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Ayg‘irda – jinsiy a’zo kuchli 
taraqqiy etgan. Oyoqchalari jinsiy a’zo ildizini hosil qiladi, ular quymich 
do‘ngligidan boshlanadi va quymich-kovak muskul bilan yopilib turadi. Jinsiy a’zo 
tanasi juda yo‘g‘on, to‘siq orqali ikkita simmetrik bo‘laklarga bo‘linadi; oq parda 
qalin, jinsiy a’zoning pastki tomonida siydik-jinsiy kanali joylashishi uchun 
ariqcha hosil qiladi. Undan jinsiy a’zoning ichiga kovak tananing g‘alvirlarini 
shakllantiruvchi yirik to‘siqlar chiqadi. Jinsiy a’zoning boshchasi kuchli 
taraqqiylashgan va yumaloqlashgan uchki bo‘rtmani hosil qilgan; ereksiya vaqtida 
tojning diametri 12 – 15 sm ga etadi. Jinsiy a’zo boshchasining oldingi yuzasida 
siydik-jinsiy kanalning erkin uchi ochiluvchi chuqurcha joylashadi. Kovak 
tananing pastki tomonida jinsiy a’zo boshining tanasi siydik-jinsiy kanalning 
g‘alvirsimon qavati bilan birlashadi. Jinsiy a’zo retraktori 2 – 3-nchi dum 
umurtqasidan boshlanib, jinsiy a’zo pastki tomoni yonidan o‘tadi va jinsiy a’zo 
boshining tanasiga birikadi.
Cho‘chqada – jinsiy a’zo 40 – 45 sm uzunlikda bo‘lib, yorg‘oqning oldingi 
tomonidan joylashgan S-simon burmasi mavjud; jinsiy a’zo boshchasi spiralsimon 
buralgan; siydik-jinsiy kanalning tashqi teshigi jinsiy a’zoning o‘tkirlashgan uchi 
yonida joylashadi. 
Itda – jinsiy a’zoning orqa qismida ikkita yaxshi taraqqiy etgan kovak tana 
mavjud. Jinsiy a’zoning oldingi qismi yoki boshchasida jinsiy a’zo suyagi – 
os 
penis
joylashgan bo‘lib, uning uzunligi 8 – 10 sm ni tashkil qiladi. Suyakning 
pastki yuzasida siydik-jinsiy kanal uchun ariqcha o‘tadi; suyak yuqorigi tomondan 
bo‘rtib turadi. Jinsiy a’zoning erkin uchida suyak paydo bo‘ladi va unga fibroz 
to‘qima qo‘shiladi. Jinsiy a’zo boshchasi juda uzun, silindrsimon shaklda bo‘ladi. 
Boshchaning erkin uchi o‘tkirlashgan, orqa uchi esa yumaloq, g‘alvirsimon 


to‘qimadan iborat piyozchasi bo‘lib, u jinsiy a’zo suyagini tashqi tomondan o‘rab 
turadi. Jinsiy a’zo boshchasining piyozchasi yuqorigi tomonidan ikkita vena qon 
tomiri chiqadi; ular jinsiy a’zoning orqa yuzasi bo‘ylab quymich sohasiga 
yo‘naladi. Kichik – jinsiy a’zoning yuqorigi qisuvchi muskuli quymich 
do‘ngligidan boshlanadi va jinsiy a’zoningorqasida piyozcha yonida tugaydi. 
Muskullar qisqarganda jinsiy a’zoning orqa tomonidagi venalar qisiladi va buning 
natijasida ereksiya uzoq vaqt so‘nmaydi, chunki jinsiy a’zo boshchasidagi kovak 
tanadan qon oqishi qiyinlashadi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish