N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Urug‘ yo‘li
– 
ductus deferens
urug‘don ortig‘ining dum qismidan chiqadi va 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri urug‘don ortig‘i kanalining davomi hisoblanadi. U urug‘don 
tizimchasi tarkibida chov kanali orqali qorin bo‘shlig‘iga yo‘naladi. Unda urug‘ 
yo‘li ichki chov halqasidan urug‘ yo‘li burmasi – 
plica ductus deferentes 
ga, ya’ni 
tos bo‘shlig‘iga boradi. Bu erda urug‘ yo‘li siydik pufagining ustida siydik-jinsiy 
burmasi – 
plica urogenitalis 
da joylashadi. 
Siydik pufagining bo‘yin qismi yaqinida urug‘ yo‘li pufakchasimon bezning 
yo‘li bilan birlashadi va urug‘ chiqaruvchi kanal – 
ductus eyaculatorius
ga 
aylanadi. Urug‘ yo‘lining siydik pufagining ustida joylashuvchi oxirgi qismini 
devori unda bezlarning to‘planishi hisobiga qalinlashgan bo‘ladi. Urug‘ yo‘lining 
bu joyi bezli qismi yoki urug‘ yo‘li ampulasi – 
pars glandularis
deb yuritiladi. 
O‘ng va chap urug‘ chiqaruvchi kanallar siydik chiqarish kanaliga ochilib, so‘ngra 
ular siydik-jinsiy kanal deb ataladi. Urug‘ yo‘li buqada kichikroq diametrda, devori 
yupqa bo‘ladi. Uni bezli qismining uzunligi 12 sm, qalinligi esa 1,5 sm ga teng. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Ayg‘irda – urug‘ yo‘li urug‘don 
tizimchasining medial yuzasi bo‘ylab uning orqa chetigacha cho‘ziladi; uning bezli 
qismi yaqqol ko‘rinadi. 
Cho‘chqada – urug‘ yo‘li urug‘don tizimchasida bukiladi, bezli qismi 
shakllanmaydi. 
Itda – urug‘ yo‘li juda kichik bezli qismga ega. 


Siydik-jinsiy kanali
– 
canalis urogenitalis, s. urethra masculina
siydik va 
spermani o‘tkazish vazifasini bajaradi. U tos va jinsiy a’zo bo‘limlariga bo‘linadi. 
Siydik-jinsiy kanalining tos bo‘limi – 
pars pelvina urethrae
buqada 10 – 12 
sm uzunlikda bo‘lib, qov va quymich suyaklari orasida joylashadi; bu erda siydik-
jinsiy kanalining ichiga prostata va piyozchasimon bezlar yo‘li ochiladi. 
SHuningdek, unga urug‘ yo‘li va pufakchasimon bez yo‘li ham ochiladi.
Siydik-jinsiy kanalining jinsiy a’zo bo‘limi – 
pars penis
jinsiy a’zoning 
pastki (ventral) yuzasida joylashadi. U jinsiy a’zo kovak tanasining oq pardasi 
bilan to‘liq o‘rab olingan. 
Siydik-jinsiy kanali shilliq, tomirli va muskul pardalardan tuzilgan. Shilliq 
parda 
– tunica mucosa
bo‘ylama burmalarga yig‘ilgan, ko‘p qavatli almashinuvchi 
epiteliy bilan qoplangan. Urug‘ chiqaruvchi yo‘lga tushgan joyda yoy shaklidagi 
yo‘g‘onlashma – urug‘ tepaligi – 
colliculus seminalis
ni hosil qiladi. Undan yon 
tomonda shilliq pardada prostata bezining chiqarish yo‘lini teshigi joylashadi, tos 
bo‘limining shilliq pardasida esa piyozchasimon bezning chiqarish yo‘lini teshigi 
ko‘rinib turadi. 
Tomirli parda yoki kovak tana – 
corpus cavernosus urethrae
siydik-jinsiy 
kanalining tos qismida jinsiy a’zo qismidagiga nisbatan yaxshi rivojlanmagan. U 
quymich yoyida biroz qalinlashadi va siydik-jinsiy kanalining piyozchasi – 
bulbus 
urogenitalis
deb ataladi. SHu joyda siydik-jinsiy kanalining bo‘yni – 
isthmus 
urethrae
hosil bo‘ladi. Kovak tananing ichki qismi biriktiruvchi to‘qimadan tashkil 
topgan va unda vena tomirlarining qalin chigali hosil bo‘ladi. Ereksiya vaqtida 
kovak tana qonga to‘lib shishadi va kanalning ichi ochilib spermani oson chiqishi 
ta’minlanadi. 
Siydik-jinsiy kanalining muskul pardasi – 
tunica muscularis urogenetalis 
asosan ko‘ndalang-targ‘il muskul tolalarining qalin qavatidan tuzilgan. Muskul 
tolalari siydik-jinsiy kanalning tos qismida siydik-jinsiy muskul – 
m. urogenetalis
ni, jinsiy a’zo qismida esa piyozchasimon-kovak muskul – 
m. bulbocavernosus
ni 
shakllantiradi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Ayg‘irda – siydik-jinsiy 
kanalining quymich yoyi sohasida bo‘yinchasi mavjud, uning tos qismiga prostata 
va piyozchasimon bezlarning yo‘li hamda urug‘ chiqaruvchi yo‘l ochiladi; siydik-
jinsiy kanalning jinsiy a’zo qismi jinsiy a’zoning siydik-jinsiy arig‘ida joylashadi 
va jinsiy a’zo boshining chuqurchasiga erkin chiquvchi siydik-jinsiy kanalning 
silindrsimon o‘simtasini hosil qilib jinsiy a’zogacha boradi; o‘simta chuqurcha 
devori bilan birlashadi. Siydik-jinsiy kanal devori shilliq, tomirli (kovak) va 
muskul pardalaridan tuzilgan. SHilliq pardasida bo‘ylama burmalar mavjud, u ko‘p 
qavatli almashinuvchi epiteliy bilan qoplangan, bezchalar joylashgan; siydik 
pufagining bo‘yinchasidan biroz orqaroqda yaxshi taraqqiy etgan urug‘ tepaligi 


mavjud; unda urug‘ chiqaruvchi yul ochiladi. Urug‘ tepaligidan yon tomonda 
prostata bezi yo‘lining 20 tagacha teshiklari, piyozcha sohasida esa yana 
piyozchasimon bezi yo‘lining 6 – 8 ta teshiklari ko‘rinib turadi. Kovak tana tos 
bo‘shlig‘idan chiqishda siydik-jinsiy kanal piyozchasini hosil qiladi. Muskul 
pardasi chuqur bo‘ylama va yuza aylana qavatlardan tuzilgan. YUza aylana qavat 
siydik-jinsiy yoki piyozchasimon-kovak muskuli deb ataladi, ko‘ndalang tutamlar 
jinsiy a’zoning siydik-jinsiy ariqchasi chetlariga birikkan holda faqat pastki 
(ventral) yuzadan o‘tadi. 
Cho‘chqada – siydik-jinsiy kanalining tos qismi uzun; uning devori 
ichkarisida prostata bezining tarqoq qismi joylashadi; siydik-jinsiy kanalining 
jinsiy a’zo qismi tos qismiga nisbatan kichik diametrda bo‘ladi; kovak tanada 
siydik-jinsiy kanalining kichikroq piyozchasi mavjud; piyozchasimon-kovak 
muskul birmuncha yo‘g‘on, ammo kalta bo‘ladi. 
Itda – siydik-jinsiy kanalning tos qismi nisbatan uzun; piyozcha va siydik-
jinsiy muskuli yaxshi taraqqiy etgan. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish