N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH 
 
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga muvofiq ushbu o‘quv qo‘llanma 
440000 - Veterinariya ta’lim sohasida o‘qitiladigan “Hayvonlar anatomiyasi” 
fanining tarixi va rivojlanish tendensiyasi, istiqboli, hayvon organizmini organlar 
tizimi, har bir tizimlardagi organlarni anatomik tuzilishi, turli hayvonlar 
organlarining tuzilishidagi qiyosiy anatomiyasini, hayvon organlarini hayvon zoti, 
turi, yoshi va tashqi muhit ta’sirida o‘zgarishlarni o‘rganishni qamrab olgan. Bu 
fan veterinariya mutaxassislarini shakllantirishda fundamental fan bo‘lib 
hisoblanadi. 
“Hayvonlar anatomiyasi” fanining asosiy vazifasi hayvonlar organizmini 
uning yoshi, zoti, turi va yashash sharoitiga qarab o‘rganishga asoslanadi. Organlar 
tuzilishi organizmning biologik xususiyatiga, organ va tizimlarning o‘zaro 
aloqadorligiga, individual hamda tarixiy taraqqiyot jarayonidagi o‘zgarishlarga 
bog‘liq bo‘lib, murakkab kechadigan jarayonlar mahsulining tub ma’nosini 
hayvonlar anatomiyasi fani ochib beradi. 
Talabalar hayvonlar anatomiyasi fanini o‘rganish jarayonida organlarning 
joylashish joyini (topografiyasi), tananing bo‘linishi, hayvon gavdasini (o‘lik 
hayvonda) kesib o‘rganadi. Ichki organlarning rangi, shakli va joylishishini 
anatomik uslublar yordamida o‘rganishga kirishishar ekanlar, avvalambor, ular 
quyidagi umumbiologik ma’lumotlar bilan tanishadilar: anatomiya fani nima va 
nimalarni o‘rgatadi, veterinariya fanlarini o‘rganishda anatomiyaning mohiyati; 
veterinariya mutaxassislarini tayyorlashda, chorvachilikni rivojlantirishda, inson 
salomatligi va tabiatning ekologik holatini saqlashda hayvonlar anatomiyasini 
o‘rganishning ahamiyati; anatomiya fanining tarixi; organizmning taraqqiyoti va 
tuzilishining biomorfologik qonuniyatlari; organizmni biologik bir butunligi; hayot 
tizimlari mavjudligining asosiy mohiyati; hayvon organizmi taraqqiyoti, tuzilishi 
va funksiyaviy qonuniyatlari, filo-, ontogenez haqida tushuncha va uning 
qonuniyatlari; hayvonlarning individual va turlararo o‘zgaruvchanligiga ta’sir 
qiluvchi omillar (yashash sharoiti, harakati, oziqlanishi va hakozo); biologik 
moslashish va evolyusiyaning asosiy yo‘nalishlari (o‘zgaruvchanlik, genotip, 
fenotip); hayvonlarni xonakilashtirishning, ular zotlarining va yoshining 
organizmni tuzilishiga ko‘rsatadigan ta’siri; organ va tizimlarning taraqqiyoti 
hamda tuzilishida norma, o‘zgarish, ko‘rinish va boshqa fizilogik holatlar haqida 
tushuncha; anatomiyadagi hozirgi zamon ilmiy tadqiqot ishlarining uslublari va 
uning chorvachilikni rivojlantirishdagi ahamiyati; xalqaro anatomik nomenklatura 
(atamalar) kabi tushunchalarni o‘rgatadi. 



Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish