N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

– 
umurtqaning elka 
o‘simtasi uzun va keng, tanasi qisqaroq bo‘lib, umurtqaning yon teshigi - 
foramen 
vertebrae laterale 
bo‘ladi. 12-nchi umurtqa – diafragma umurtqasidir. Qo‘yda 
– 


ko‘krak umurtqasining tanasini eng qisqasi 1-nchi, eng uzuni 13-nchi umurtqa 
hisoblanadi. 
4-nchi 
va 
5-nchi 
umurtqalarning 
ko‘ndalang o‘simtalari 
so‘rg‘ichsimon o‘simtadan butunlay ajralmagan bo‘ladi. Otda
– 
umurtqa tanasi 
uchburchak prizma shaklida, elka o‘simtasining uchki qismi yo‘g‘onlashgan, 
ularning oldingi uchi o‘tkirlashgan, ko‘ndalang o‘simtaning bo‘g‘im yuzasi oxirgi 
umurtqalarda kranial qovurg‘a chuqurchasi bilan qo‘shiladi. 16-nchisi diafragma 
umurtqasi hisoblanadi. Pastki tarog‘i uncha yaxshi rivojlanmagan. Cho‘chqada
– 
umurtqa tanasi qisqa, yarim aylana shaklda bo‘lib, umurtqa yoyi alohida 
umurtqaaro teshikka ega, har bir yon o‘simtalarda dorsoventral teshik bo‘ladi, elka 
o‘simtasi keng va uzun bo‘ladi, 1-nchidan to oxirigacha elka o‘simtasi pasayib 
boradi, 12-nchi umurtqa diafragmaldir. Itda
 – 
umurtqa tanasida tarog‘i bo‘lmaydi, 
elka o‘simtasi yumaloq, 1-nchidan to 9-gacha yuqoriga yoysimon tarzda qaytgan 
bo‘ladi, oxirgi ko‘krak umurtqalarda muskullar birlashishi uchun oldinga 
qo‘shimcha o‘simtalar chiqib turadi. 11-nchi umurtqa diafragmal umurtqa 
hisoblanadi. 
Ko‘krak umurtqalari
A-otniki; B-qoramolniki; C-cho‘chqaniki; D-itniki. 1-umurtqa tanasi, 2-boshi, 3-
chuqurchasi, 4-nerv yoyi, 5-elka o‘simtasi, 6-ko‘ndalang o‘simta, 7- orqa bo‘g‘im 
o‘simtasi, 8-umurtqalararo kesik, 9-10-qovurg‘a boshi kirib turadigan chuqurcha
 
 
Qovurg‘alar – costae. 
Qovurg‘alar bir-biriga qo‘shilib ketgan ikki qismdan 
iborat, ya’ni yuqorigi – qovurg‘a suyagi va pastki – qovurg‘a tog‘ayi. Turli xil 
qishloq xo‘jalik va uy hayvonlarida qovurg‘alar soni har xil, ko‘krak umurtqalari 


soniga teng va juft bo‘ladi. Masalan, qoramollarda – 13, cho‘chqalarda – 14-17, 
qo‘ylarda – 13, otlarda – 18 (17-19) itlarda – 13, tuyalarda – 12 juft bo‘ladi. 
Qovurg‘alar 2 xil bo‘ladi: chin qovurg‘a – o‘zining tog‘ayi bilan bevosita 
to‘sh suyagiga birlashadi; yolg‘on (etim) qovurg‘a – bularning tog‘ayi to‘sh 
suyagigacha etib bormaydi, balki o‘zidan oldinda turgan qovurg‘a tog‘ayiga 
birlashadi va oxirgi qovurg‘alar bilan birgalikda qovurg‘alar yoyi - 
arcus costarum 
ni
 
hosil qiladi

Qovurg‘alarda umurtqalarga qaragan va to‘shga qaragan tomonlari 
farqlanadi. Umurtqaga qaragan tomonida qovurg‘a boshi - 
sapitulum costae
va
 
bo‘yni – 
sollum costae
mavjud. 
Qovurg‘ada umurtqaning ko‘ndalang o‘simtasi bo‘g‘im yuzasiga birlashib 
turadigan do‘ngligi – 
tuberculum costae 
bo‘ladi. Qovurg‘a do‘ngligining 
orqarog‘ida qovurg‘a burchagi – 
angulus costae 
yaqqol ko‘rinadi hamda bu 
burchakka muskullar birlashadi. Qovurg‘a tanasi – 
sorpus costae 
keng, 
qovurg‘alararo bo‘shliq tor bo‘ladi. Qovurg‘a tanasining ichki botiq va tashqi 
qavariq yuzalari bo‘ladi. 
Qovurg‘aning oldingi qirrasi – 
margo cranialis 
o‘tkir, orqa kesigi esa - 
margo caudalis 
o‘tmas bo‘ladi. Qovurg‘alarning ichki yuzasida qon tomirlari 
ariqchasi – 
sulcus vascularis
, tashqi yuzasida muskullar birlashadigan ariqchasi – 
sulcus muscularis
bo‘ladi. Qovurg‘alar orqa tomonga qarab to 7-8- qovurg‘agacha 
kattalashib boradida, so‘ngra yana kichrayadi. Qovurg‘alarning birinchisi eng 
kalta va to‘g‘ri bo‘ladi, 7-8-qovurg‘a to‘sh suyagining qovurg‘asimon o‘simtalari – 
costae sternalis s. verae 
ni hosil qiladi. Qolgan qovurg‘alar birlashmaydi va ularga 
– 
costae asternalis 
deyiladi. Qovurg‘a tog‘ayi – 
cartilagines costarum 
ning
 
2-
nchidan to 10-gacha yuqorigi qismida qovurg‘a suyagi bilan birlashishi uchun 
bo‘g‘im yuzasi bo‘ladi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Qoramol, qo‘ylarda – 
qovurg‘aning bo‘yni uzun, o‘tmas do‘ngligida egarsimon yoy bo‘ladi. 
Qovurg‘alarning oldingi cheti o‘tmas, orqa cheti o‘tkir bo‘lib, 7-9-gacha kengayib 
boradi; chin qovurg‘alar – 8, etim qovurg‘alar – 5 juft. Otda

qovurg‘a bo‘yni 
kalta, bir tekisda egilgan, oxirgi ikkita qovurg‘ada do‘nglik bo‘g‘imi va boshi 
qo‘shiladi, birinchi qovurg‘ada narvonsimon do‘nglik yaxshi ko‘ringan bo‘ladi, 1-
nchidan to 10-gacha uzayib boradi va 10-nchidan to 18-gacha kichrayib boradi. 
Chin qovurg‘asi – 8 juft, etim qovurg‘asi – 10 juft. Cho‘chqada
– 
dastlabki 7-8-
inchi juft qovurg‘alar yassi, sternal uchi konussimon, oxirgi 3-4-nchi juft 
qovurg‘aning boshi va do‘ngligi qo‘shilib ketadi, muskul ariqchasi yaxshi 
rivojlangan, 2-nchidan 5-gacha bo‘lgan qovurg‘aning sternal uchida bo‘g‘im 
yuzasi bo‘ladi, chin qovurg‘alari 6-8 juft, etim qovurg‘alari 8-9 juft bo‘ladi. Itda
 – 
qovurg‘a tanasi yumaloq, bir tekisda egilgan, muskul ariqchasi yaxshi 


ko‘rinmaydi, oxirgi 2-3-qovurg‘aning do‘nglik bo‘g‘imi va boshi qo‘shiladi, chin 
qovurg‘asi 9 juft, etim qovurg‘alari 4 juft bo‘ladi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish