Ensa suyagi
(orqa tomondan ko‘rinishi)
a-tangachasimon qismi, b-asosiy qismi,c-d-yon qismlari, e-ensaning katta teshigi,
g-ensa oldi do‘ngligi, h-h’-pay chuquri, i-to‘piq usti chuquri, k-til osti teshigi, f-
ensa qirrasi.
Ponasimon suyak – os. sphenoidale.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarida
ponasimon suyakning tuzilishini qoramol misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, toq
suyak bo‘lib,
bosh skeletining asosida, ensa suyakdan oldinroqda joylashadi va u
panjarasimon, dimog‘, qanotsimon, tanglay, peshona, chakka, ensa suyaklari bilan
birikkan bo‘ladi.
Ponasimon suyakda tanasi chakka va ko‘z qanoti farqlanadi. Tanasi –
corpus
ossis sphenoidalis
– ikki qismdan tuzilgan: oldingi yoki presfenoida –
praespenoid
va orqa qismi bazesfenoida –
basisphenoid.
Ponasimon suyakning oral (kirish) – ko‘z
qanoti
– alae orbitales
va aborol
(chiqish) – chakka qanoti –
alae tempotales
chakka
osti chuqurchasiga tegib
turadi. Ponasimon suyak tanasining tashqi yuzasida qanotsimon o‘simta –
p
rocessus pterygoideus
chiqib turadi va uning oldingi uchi ko‘zga kam
tashlanuvchi qanotsimon tarog‘i –
crista pterygoidea
ni hosil qiladi.
Ponasimon suyak tanasining ichki yuzasida panjarasimon va peshona
suyaklari bilan birlashishi uchun xartum –
rostrum sphenoidale
chiqib turadi.
Xartumdan orqaroqda ko‘rish nervi o‘tishi uchun ko‘ruv kesishmasining
ko‘ndalang ariqchasi –
sulcus chiasmaticus
joylashadi. Undan ko‘z orbitasiga qon
tomir va nervlar uchun ko‘rish nervi teshigi –
foramen opticum
kiradi. Ko‘rish
kesishmasining chiqish tomonida turk egari chuqurchasi –
sella turcica
va egarcha
plastinkasi –
dorsum sellae
bo‘ladi. Mana shu turk
egari chuqurchasiga gipofiz
bezi kirib joylashadi, shuning uchun u gipofiz chuqurchasi –
fossa hypophysialis
deb yuritiladi. Uning yon tomonlarida nerv va tomirlar o‘tishi uchun ko‘zning
yumaloq teshigi –
foramen rotundoorbitale
ga olib boruvchi katta ariqcha bo‘ladi.
Ponasimon suyak ichki yuzasining old qismi oldingi miya chuqurchasi –
fossa crani anterior
ni, orqa tomoni esa orqa chuqurchasi –
fossa crani posterior
ni hosil qiladi. Bu chuqurchalarda bosh miya joylashadi. Ponasimon-tanglay
chuqurchasida nervlar va qon tomirlari o‘tishi uchun 3 ta teshik: a)
burun
bo‘shlig‘iga boradigan ponasimon-tanglay teshigi –
foramen sphenopalatinum,
b) ko‘z osti teshigiga boruvchi yuqorigi jag‘ teshigi –
foramen maxillare,
v)
tanglay kanaliga ochiladigan tanglay teshigi –
foramen palatinum
bo‘ladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Qo‘ylarda – ponasimon
suyakning bo‘shlig‘i bo‘lmaydi. Cho‘chqada – ponasimon suyakning qanotida
ariqchalar va oval teshik bo‘lmaydi, ko‘zning yumaloq teshigi katta. Otda – ko‘z
qanoti yaxshi rivojlangan, uning qanotsimon tarog‘i ostida panjarasimon, ko‘rish,
yumaloq teshiklar hamda ko‘z teshiklari joylashadi; qanotsimon o‘simtaning
asosida katta qanot kanali bo‘lib, undan qanotning kichik kanali ajraladi. Nerv
ariqchasi ikkiga bo‘lingan, chakka qanotining orqa qismida ikkita: oval o‘yiq –
incisura ovalis
va arteriya o‘yig‘i –
incisura carotica
bo‘ladi. Itda – ko‘z qanoti
chakka qanotiga nisbatan kichik, ko‘z va yumaloq teshiklar mustaqil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: