MUNDARIJA
KIRISH
I. BOB ZIDDIYATLAR TASNIFI, KELIB CHIQISHI ..............
Ziddiyatlar tushunchasi. Ziddiyat obyekti va ziddiyat predmeti...
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi nizolarning xususiyatlari, kelib chiqish sabablari............................
II. BOB. NIZOLARNING TURLARI VA HAL QILISH YO‘LLARI. ..............
2.1 Maktab yoshidagi bolalar nizolarining asosiy turlari va o‘quvchilar o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal qilish yo‘llari.....................
2.2 Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish va hal qilishda tarbiyaning ahamiyati.................
Xulosa ............................
TAVSIYALAR ............................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .....................
REJA
KIRISH
I. BOB ZIDDIYATLAR TASNIFI, KELIB CHIQISHI ..............
Ziddiyatlar tushunchasi. Ziddiyat obyekti va ziddiyat predmeti...
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi nizolarning xususiyatlari, kelib chiqish sabablari............................
II. BOB. NIZOLARNING TURLARI VA HAL QILISH YO‘LLARI. ..............
2.1 Maktab yoshidagi bolalar nizolarining asosiy turlari va o‘quvchilar o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal qilish yo‘llari.....................
2.2 Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish va hal qilishda tarbiyaning ahamiyati.................
Xulosa ............................
TAVSIYALAR ............................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .....................
Kirish
Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati.
Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich 2017- yil 15-iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan « Itimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusidagi anjumanida so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tadi.
«Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhum masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz ? Tarbiya, tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan»1, - deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas`uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim – tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich "Ta’lim va tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4884-sonli qarorida xalq ta’imi sohasiga turli vazifalar yukladi: "Markazlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
- o‘quvchi yoshlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;
- o‘smirlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, turli xil zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini olish, suitsidal holatlarga moyilligi bo‘lgan o‘quvchilarni barvaqt aniqlash va ularga ijtimoiy- psixologik yordam ko‘rsatish;
- xalq ta’limi tizimida kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish, ilg‘or tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yo‘naltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish;
- maktablarda psixologil xizmatni takomillashtirish, psixologlarni metodik qo‘llab-quvvatlash va professional rivojlantirish, xalq ta’limi xodimlarining pedagogik faoilyatiga shaxsiy muvofiqligini o‘rganish"2.
Muhtaram Prezidentimizning "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6108-sonli qarorida: "So‘ngi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samarorligini oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan tizimlari sohasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda"3, - deya ta’kidlagan.
Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning O‘zbekiston respublikasi prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujati – 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun ekanida ham ramziy ma’no, mazmun va mohiyat mujassam. Binobarin aholisining yarmidan ko‘prog‘i yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat`iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, shijoatli, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.
O‘z navbatida O‘zbekistondagi barcha o‘zgarishlarning negizi hisoblangan ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta’lim shu jumladan, itimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat byudjeti xarajatlari umumiy qiymatning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda. Tabiiyki har qanday davlat ham bunday katta xarajatlarni ko‘tara olmaydi, ammo qanchalik og‘ir bo‘lmasin, buning uchun zarur mablag‘ va resurslar izlab topilmoqda.
O‘zbekiston rahbari mazkur xarajatlarni xarajat emas, balki kelajak uchun qo‘yilgan eng samarali sarmoya deb hisoblab, ta’lim darajasi va sifati har qanday davlatning istiqbolini belgilab beradigan muhim omil ekanini ta’kidlamoqda. Haqiqatan ham, islohotlarning taqdiri, natijasi, birinchi navbatda yoshlar saviyasiga, ularning davr va taraqqiyot talablariga nechog‘lik javob bera olishiga bog‘liq.
Shu maqsadda, mamlakatda Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi, maktab ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim qayta joriy etildi.
Ta’`lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida xorijiy tajribadan foydalanilgan holda Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqildi.
Mamlakatimiz tayanchi bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama bilimli va intellktual salohiyatga ega, o‘zining g‘oyalari bilan dadil harakat qilishga undaydigan ta’lim dasturlari pedagoglarning diqqat markazida turibdi. Avvalgi o‘quv dasturi mazmuni 90 foiz nazariyadan iborat bo‘lib, o‘qitish metodikasi yodlatishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, yangi Milliy o‘quv dasturining mazmuni esa 50 foiz nazariya, 50 foiz amaliyotdan iborat bo‘lib, o‘quvchining mustaqil faoliyatini qo‘llab quvvatlashga qaratilgan.
Milliy o‘quv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas spiralsimon tarzda o‘qitiladi. Ya’ni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yo‘naltirilgan tarzda kiritilgan.
Milliy o‘quv dasturlari 2020/2021 o‘quv yilining to‘rtinchi choragida Toshkent viloyatidagi umumta’lim maktablarining 1-2-sinflari uchun joriy etildi. Yangi 2021-2022-o‘uv yilida esa Respublikamizning barcha hududlarida 1-2-sinf o‘quvchilari uchun amaliyotga tatbiq etildi. Yangi milliy o‘quv dasturida haftalik yuklama 314 soat etib belgilandi.
Zamonaviylik va milliylik mujassam bo‘lgan yangi darsliklar esa o‘sib kelayotgan yosh avlodni ona vatanimizga muhabbat va sadoqat ruhida, fidoyi insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shuningdek boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quv darsliklari orasiga «Tarbiya» fanining kiritilishi ham yoshlarning tarbiyasi ildizidan boshlab mustahkam bo‘lishiga zamin yaratadi.
«Tarbiya» – yangi fan – Davlatimiz rahbari nutqida umumta’lim maktablarida «Tarbiya» fani birinchi marta joriy etilayotgani alohida ta’kidlandi. Darhaqiqat, yangi o‘quv yilidan «Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» hamda «Dunyo dinlari tarixi» fanlari o‘rniga «Tarbiya» fani o‘tiladi, – deydi A.Ortiqov. – Mazkur fan darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning «Axloq ta’limi», Singapurning «Fe’l-atvor va fuqarolik ta’limi», Buyuk Britaniyaning «Tafakkur», «Xulq ta’limi» kabi fanlari va darsliklari yaqindan o‘rganildi. Darslikda ilk marotaba XXI asr ko‘nikmalari deb nom olgan «yumshoq ko‘nikmalar» joriy qilindi. U orqali o‘quvchida bilim berishdan tashqari muayyan ko‘nikma ham shakllanadi. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar va mavzular o‘quvchida muvaffaqiyat motivlarini uyg‘otadi, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi. Shuningdek, o‘quv fani mohiyati 50 foiz nazariy, 50 foiz amaliy asosga qurilgan. «Tarbiya» darsliklarida «role-model», ya’ni zamonaviy pedagogik metoddan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi. 1–9- sinflar darsliklari ustida sinov tariqasidai jodiy jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi o‘rtasidagi tafovut va takrorlanishning oldini olish va bir butun, izchillikdagi darslik yaratilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Darslik yorqin, rangli illyustratsiyalarga boy va har bir bo‘limi o‘ziga xos fon, milliy va umuminsoniy xulq, ijtimoiy malakani ifoda etgan rasmlar bilan berilgan.
Ayni paytda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mazkur darsliklardan foydalanishyapti. Insonning kelajakda muvaffaqiyat qozonishi, eng avvalo, to‘g‘ri qo‘yilgan maqsadga bog‘liq. «Tarbiya» fanining ahamiyatli jihati shuki, u bolada bosqichma-bosqich maqsad qo‘yish va unga intilish ko‘nikmasini shakllantirib boradi. Tarbiya dasturiga e’tibor qaratsak, o‘quvchi 1-sinfda dastlab orzularini aniqlay olishga o‘rgatiladi. 2-sinfda o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish ko‘nikmasi shakllantiriladi. 3-sinfda o‘quvchida dasturni o‘zlashtirish natijasida maqsad va orzu-umidlarni amalga oshirishga harakat qilish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. 4-sinfda esa atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga sog‘lom munosabat bildira oladi, shaxs sifatida o‘zini anglaydi va o‘z xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Yuqori sinflarda bu ko‘nikmalar shakllanib, o‘quvchi o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish, mustaqil fikrlash, o‘z faoliyatini tahlil qilish, to‘g‘ri qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Fan va texnologiyalar taraqqiyotining jadallik bilan amalga oshishi, raqamli iqtisodiyotga o‘tish bilan bog‘liq jarayonlar yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, globallashuv va integrallashuv sharoitida barcha sohalarda kuchli raqobat muhitini shakllantirib, pirovardida ta’lim sohasiga nisbatan yangi talablarni qo‘ymoqda.
Prezidentimiz nutqida keltirilganidek, dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan Milliy ta’lim tizimini yaratish zarurati paydo bo‘ldi. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’limni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish maqsadida ilg‘or milliy va xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablarini inobatga olgan holda o‘quv dasturlari, o‘qitish metodikasi va ta’lim sifatini baholash tizimini takomillashtirish vazifalari belgilab berildi.
Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi 6 komponent – umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari, umumta’lim fanlarining konsepsiyalari, o‘quv reja, fanlarning o‘quv dasturlari, o‘qitish metodologiyasi va baholash tizimidan iborat bo‘ladi. Mazkur dasturni ishlab chiqish, ekspertiza va tajriba-sinovdan o‘tkazish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish samaradorligini ta’minlash maqsadida yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, UNICEF, UCAID va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan tizimli ishlash tashkil etildi. Ekspertiza xulosalariga ko‘ra ishchi guruh tomonidan Milliy o‘quv dasturining barcha komponentlari takomillashtiriladi va uning asosida 2021-yilning 1-choragidan boshlab 1-, 2-sinflar uchun to‘liq to‘plamda, yangidan joriy etiladigan fanlar bo‘yicha 1–6-sinflar darsliklarining yangi avlodi yaratiladi. Milliy o‘quv dasturi 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba-sinovdan o‘tkazilib, 2026-2027 o‘quv yiliga qadar to‘liq amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.
Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqshga mengzaladi. Naqsh mahorat bilan ishlanishi yoki, aksincha, bo‘lishi mumkin. Shu bois oilada farzand dunyoga kelishi hamonoq uning ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Dastlab ota-ona, mahalla-ko‘y, maktabga chiqqach esa o‘qituvchilar zimmasiga jiddiy mas’uliyat yuklanadi. Mamlakat kelajagining bunyodkori sanalmish yoshlarning ta’lim olishida darsliklarning xizmati beqiyos. O‘quvchilarning risoladagidek bilim olishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, bilim samaradorligini oshirishda maktab darsliklari asosiy vositalardan biridir. O‘quvchi darslikdan bilim oladi, tajriba to‘playdi va uni o‘z hayotida qo‘llashni o‘rganadi. Shunday ekan, darsliklarning mukammalligi har makon va zamonda ham muhim ahamiyat kasb etadi. E’tiborsizlik tufayli unda yo‘l qo‘yilgan birgina xato ulg‘ayib kelayotgan o‘quvchi hayotini tamomila teskakri tomonga burib yuborishi hech gap emas. Yurtimizda ta’lim tizimi, xususan, darsliklarga Prezident darajasida diqqat-e’tibor qaratilayotgani zamirida katta maqsad va ma’no mujassam.
Muxtasar aytganda, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda, bosqichma-bosqich kompleks chora tadbirlarga asoslangan holda izchil davom ettirilmoqda.
Hozirgi bolalar ilgari mavjud bo‘lgan ta’lim tizimi yaratilgan davrga nisbatan ancha o‘zgardi. Hozirgi yosh avlodni ta’lim va tarbiyalashda muayyan muammolar yuzaga kelgani tabiiy. Keling, ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqaylik:
· maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini bosqichma-bosqich yuvish va ularni ta’lim faoliyati bilan almashtirish mavjud. Rolli o‘yin yoshi kattaroq maktabgacha yoshdagi bolaning hayotida etakchi o‘rinni egallamaydi, bu esa maktabda o‘qishga psixologik tayyorgarlikni shakllantirishni ta’minlamasdan, rivojlanishdagi qiyinchiliklarga, xatti-harakatlarning o‘zboshimchaligiga, xayoliy fikrlashga, motivatsion sohaga olib keladi;
·kattalarning faqat ma’naviy-axloqiy tarbiya va shaxsiy kamolotga zarar yetkazadigan bolaning aqliy rivojlanishiga yo‘naltirilganligi tashvish uyg‘otadi. Bu jarayonning oqibati - o‘rganishga qiziqishning yo‘qolishi;
-bolalarning xabardorligi keskin oshdi. Agar ilgari maktab va darslar bola uchun dunyo, inson, jamiyat, tabiat haqidagi ma’lumot manbai bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari, internet bolaning dunyo haqidagi tasavvurini shakllantirishda muhim omil bo‘lib, har doim ham ijobiy emas;
-zamonaviy bolalar kam o‘qiydilar, ayniqsa klassik va badiiy adabiyot. Televidenie, filmlar, videolar adabiy o‘qish o‘rnini egallaydi. Shuning uchun maktabda o‘qitishdagi qiyinchiliklar turli janrlardagi matnlarni semantik tahlil qilishning mumkin emasligi bilan bog‘liq; ichki harakatlar rejasini shakllantirmaslik; mantiqiy fikrlash va tasavvurning qiyinligi;
-zamonaviy bolalarning hayoti tengdoshlari bilan cheklangan muloqot bilan tavsiflanadi. O‘yinlar, qo‘shma tadbirlar ko‘pincha yopiq jamiyat tufayli kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun mavjud emas, bu esa bolalarning axloqiy me'yorlar va axloqiy tamoyillarni o‘zlashtirishini qiyinlashtiradi;
-umumta’lim maktablarida iqtidorli va layoqatli bolalar toifasi kamayib, mustaqil ishlay olmaydigan, «intellektual passiv», o‘qishda qiyinchiliklari bor, oddiygina muammoli bolalar soni ortib bormoqda.
Shunday qilib, boshlang‘ich ta’lim ikkinchi avlod davlat standartlariga kiritilgan yangi yondashuvlarni talab qilishi aniq.
Zamonaviy ta’lim tizimi dunyo manzarasini yaxlit ko‘radigan, yuksak ma’lumotli, intellektual rivojlangan shaxsni shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich maktab ta’limi keyingi barcha ta’limning asosidir.
Maktabning yangi ta’lim standartlari bo‘yicha ishlashga o‘tishida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘rni qanday?
Eng muhimi, menimcha, yangi avlod ta’lim standarti o‘qituvchi oldiga yangi maqsadlarni qo‘yadi. Endi, boshlang‘ich maktabda o‘qituvchi bolaga nafaqat o‘qish, yozish va hisoblashni o‘rgatishi, balki ikki guruh yangi ko‘nikmalarni ham o‘rgatishi kerak. Birinchidan, bu o‘rganish qobiliyatining asosini tashkil etuvchi universal ta’lim faoliyati. Ikkinchidan, bolalarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini shakllantirish. Bugungi kunda super predmetli, umumiy ta’lim xarakteridagi ta’lim natijalari birinchi o‘ringa chiqadi.
Boshlang‘ich maktabda turli fanlarni o‘rganayotgan o‘quvchi o‘z yoshi darajasida kognitiv, ijodiy faoliyat usullarini egallashi, muloqot va axborot ko‘nikmalarini egallashi, ta’limni davom ettirishga tayyor bo‘lishi kerak.
Ko‘pgina o‘qituvchilar zamonaviy ta’lim qo‘ygan yangi vazifalar asosida o‘z tafakkurini qayta qurishlari kerak. Ta’lim mazmuni unchalik o‘zgarmaydi, lekin yangi standartni amalga oshirgan holda, har bir o‘qituvchi o‘z predmeti doirasidan tashqariga chiqishi, birinchi navbatda, bolaning shaxsiyatini rivojlantirish, universal ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi haqida o‘ylashi kerak. talaba ta’limning keyingi bosqichlarida ham, kasbiy faoliyatda ham
Shu munosabat bilan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining roli ta’lim va tarbiya jarayonining ma’nosini tushunish nuqtai nazaridan sezilarli darajada o‘zgaradi. Endilikda o‘qituvchi o‘quv jarayonini nafaqat o‘quvchining o‘quv faoliyatining instrumental asosini tashkil etuvchi bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini o‘zlashtirish jarayoni sifatida, balki shaxsni kamol toptirish, ma’naviy-axloqiy, o‘ziga xos xususiyatlarni qabul qilish jarayoni sifatida qurishi zarur.
Mana shu qilinayotgan sa’y harakatlarning, mashaqqatlarning barchasi Davlatimiz kelajagi, bugungi kuni uchun har tomonlama ma’nan va jismonan yetuk, sog‘lom va barkamol avlodlarni niholligidan toki daraxt bo‘lgunga qadar to‘g‘ri tarbiyalash 21-asrga mos holda yuksak intellekt, bilim va salohiyat sohibi va sohibalari sifatida namoyon qilish uchun amalga oshirilmoqda.
Bizning bitiruv malakaviy ishimiz « Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida ziddiyatli vaziyatlar va ularni oldini olish yo‘llari» ga bag‘ishlangan. Yuqorilarda aytib o‘tilganidek har ishning boshi tarbiya hisoblanadi. Bolaga yoshligidan to‘g‘ri tarbiya berilsa kelajakdagi bo‘ladigan turli xil ko‘ngilsiz hodisalarning oldi olingan bo‘lar edi. Tarbiyalanishning asosiy bosqichi esa boshlang‘ich maktab yoshiga to‘g‘ri keladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga hozirgi zamon dunyo talablari asosida ta’lim va tarbiya berishda biz o‘qituvchilar har tomonlama diniy va dunyoviy bilimlarga ega bo‘lishimiz, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlay olishimiz, jamoa faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olishimz darkor.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov "Yoshlarni tarbiyalash va ularning ma’naviy barkamolligini shakllantiriah vazifasi bugungi kunning eng dolzarb masalalardan biri ekanligi hech kimga sir emas. Globallashuv jarayoni va ushbu jarayonning salbiy oqibatlaridan biri bo‘lmish ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri nuqtai nazaridan olib qarasak, aqlan barkamol ma’nan yetuk shaxslarni yetishtirish birmuncha mas'uliyatli va jiddiy vazifadir"4 - deya ta’kidlaganlar. Islom Karimov ushbu asarida ta’lim va tarbiya to‘g‘risida ham o‘z fikrlarini bayon etgan: "Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi"5.
Bizning Birinchi Prezidentimiz bola tarbiyasida oilaning o‘rni haqida ham alohida to‘xtalib o‘tganlar: "Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubxasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar - yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr- oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir"6
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham yoshlarning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan holda, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali ishlarga sarflashi uchun turli xil sa’y harakatlarni amalga oshirmoqdalar. Biz ham bunga javoban yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solib, ularga to‘g‘ri tarbiya bergan holda komil shaxs, yetuk kadr sifatida namoyon qilishimiz uchun bor kuch va shijoatimiz bilan harakat qilmog‘imiz darkor darkor. Yuqorida aytilganidek tarbiyaning asosiy bosqichi boshlang‘ich maktab yoshida beriladi va bu har bir bolaning kelajagiga poydevor bo‘ladi. Ana shu poydevor qurilyotganda qilingan ozgina ko‘ngilsiz nizo va ziddiyatlar bolaning ruhiyati, qolaversa uning kelajagiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini hisobga olib, biz bugun o‘z bitiruv malakaviy ishimizni « Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida ziddiyatli vaziyatlar va ularni oldini olish yo‘llari» ga bag‘ishladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |