Mundarij a kirish


“Gaudan” romani va tarjimlari to‘g‘risida



Download 172,95 Kb.
bet8/24
Sana07.09.2021
Hajmi172,95 Kb.
#167489
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Dissertatsiya

1.2. “Gaudan” romani va tarjimlari to‘g‘risida

Premchand asarlari ichida xalqqa juda manzur bo‘lgan yirik asarlaridan biri bu “Gaudan” hisoblanadi. Roman 1936-yil yozilgan bo‘lib, bu adibning umri so‘ngidagi eng yirik asaridir. Roman adibning boshqa asarlari singari oddiy qishloq hayotini gavdalantirgan. Asarda dehqonlarning qiyin hayoti, ozgina pul yoki mulkka ega bo‘lish uchun tortadigan azoblari va mulkdorlarning ular ustidan qilgan zulmlari yoritib berilgan.

Ko‘plab hindshunos olimlarning va tanqidchilar fikriga ko‘ra, roman XX asrning 1-yarmida butun dunyoda yaratilgan eng yaxshi asarlar qatoriga kiradi.32

Muhammad Sodiq va Said Zuhriddin o‘zining ادبی کارنامے nomli kitobida ushbu roman haqida “Asarning diqqat markazida qishloq hayoti jonlangan bo‘lib asosiy e’tibor kunlik turmush hayotga qaratilgan... tili sodda, uslub esa ajoyib”33.

Yozuvchi roman yozishda olib borgan ilmiy izlanishlar jarayonida Rossiyadagi inqilobchilar harakatini atroflicha o‘rgangan.

Romanda dehqonlar hayoti, ularning xo‘jayinlari orasida kurash judayam yorqin ifodalangan. Asardagi bosh qahramoni Ho‘vriy va uning oilasi. Ular erta tongdan to kechga qadar daladan tinmay mehnat qilishadi, biroq topgan pullarini barchasini yer egasi zamindorlarga ijara uchun to‘lashgan. Shuncha qiyinchiliklarga qaramasdan ularning boshi qarzdan chiqmaydi. Zamindorlar ularni “qonini zulukday so‘rib” olishadi. Bunga Ho‘vriyning rafiqasi Dxaniyani quyidagi gaplarini misol qilib keltirish mumkin:“ – ...Hammasi yaxshi ko‘rinishga yaxshi. Shu mushtumzo‘rlar tag‘in qishloqning otasi emish! Kambag‘allarning qonini so‘rishni biladi. Qarz berib, foyda yeyish, nazr-niyoz, tuhfa-tortiq, poraxo‘rlik, ishqilib har xil yo‘l bilan kambag‘allarning terisini shilish payida. Yana “svraoj” deydi. Johillik, mushtumzo‘rlik bilan olib bo‘libsan svarojni! Svarojni olasan din-imon bilan, haq-insof bilan!”34

Hayotning qiyinchiliklari, nohaqliklar, kurashlar Ho‘vriy so‘nggi umidi va kuchini ham tortib oladi, va u bu oxir – oqibat bu shafqatsizliklar qarshisida taslim bo‘ladi. Roman fojeali tarzda yakun topsada, ammo kitobxonlarda ortiq bunday yashash mumkin emasligiga ruhiy madad beradi va minglab Ho‘vriylarni baxtli hayotga yashash uchun haqli ekanligini isbotlab bu shafqatsiz hayotga qarshi kurashishga undaydi.

O‘z-o‘zidan, turli xalqlarning o‘zaro aloqalari va insoniyatning ilmiy-madaniy rivojida amaliy jihatdan muhim o‘rin tutgan bu har tomonlama keng va rang-barang faoliyat turi o‘zining nazariy zaminiga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham tarjimashunoslikning maqsadi − o‘ziga xos iste’dodga ega tarjimonlar tomonidan amalga oshirilayotgan, turli tillardan o‘girilayotgan har xil sohaga oid rang-barang janrlardagi adabiyotlar tarjimasini o‘z ichiga olgan tarjima jarayonini muayyan yo‘nalish atrofida uyushtirib, uning rejali asosda faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Bu soha quyidagi vazifalarni ko‘zda tutadi:

− asl nusxa bilan tarjima o‘rtasidagi nisbatning qonuniyatlarini kuzatish;

− alohida, xususiy xarakterdagi tarjima hodisalaridan tug‘ilgan xulosalarni ilmiy ma’lumotlar asosida umumlashtirish;

− tarjima amaliyotiga bevosita ta’sir o‘tkazish orqali uning sifatini yaxshilashga ko‘maklashish;

− tarjimonlarning yutuq va kamchiliklarini har taraflama keng va chuqur tahlil qilib, ularning individual mahorat va tajriba orqali topgan u yoki bu muammo tarjimasidagi muvaffaqiyatli yechimlarini targ‘ib qilib, kamchiliklarini bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatish;

− tarjima sohasidagi har xil shaxsiy mayllar va o‘zboshimchaliklarning oldini olib, tarjimonlarni sohaning tegishli qonun-qoidalari bilan tanishtirish;

− tarjimonlarni tarjima uchun asar tanlashga o‘rgatish, qo‘liga tushgan har qanday asarni tarjima qilavermay, badiiy jihatdan sayoz, vatan adabiyotini rivojlantirmaydigan, o‘quvchilarning ma’naviy-estetik olamini boyitmaydigan, milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan asarlarni tarjima qilishdan qaytarish va hokazo.

Tarjima amaliyoti asliyatni boshqa tilda adekvat tarzda qayta yaratish uchun talab qilinadigan muvofiq ifoda vositalarini izlab topish va tarjima jarayonida tug‘iladigan muayyan muammolarni hal qilish uchun zarur andozalar, qoidalar, dalil va isbotlarni tarjima nazariyasidan oladi35. Ko‘pchilik tadqiqotchilar aynan tarjimashunoslikning keyingi yillardagi izchil rivoji tarjimalar sifatining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlaydilar. Asl nusxa bilan tarjima o‘rtasidagi munosabat hamda muayyan hollarda yuz berib turadigan, izohlash, tushuntirish va umumlashtirishni talab etadigan farqlanuvchi, tafovut qiluvchi shakllar tarjima nazariyasining asosiy predmeti hisoblanadi”36. Tabiiyki, barchafanlarkabitarjimashunoslikninghamo‘rganadiganmasalalari, halqiladiganmuammolarimavjud. Tarjimashunoslikda, asosan, quyidagimunosabatlarxususidaso‘zboradi:

1. Aslnusxabilantarjimatillario‘rtasidagimunosabat (buyerdaqiyosiytilshunoslikerishganyutuqlardanfoydalaniladi). 2. Aslnusxabilantarjimao‘rtasidagimazmunvashaklmunosabati (boshqatillardagishakllarningestetikvazifalariniaksettirish) − buyerdaadabiyotshunoslik, qiyosiyuslubshunoslikvabadiiyatilmiyutuqlaridanistifodaetiladi. 3. Aslnusxabilantarjimaningbadiiyqimmatio‘rtasidagimunosabat − buyerdaadabiytanqidusullariqo‘lkeladi37.Umuman, tarjimanihartomonlama − tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarixiy-madaniy, psixologikvaboshqajihatlardantadqiqetishmumkin. Lekintarjimatilmaterialiasosidaishko‘rishnitaqozoetishijihatidanlisoniy-uslubiyyo‘nalishyetakchilikqiladi.

Haqiqatan ham, tarjima jarayonida ikki tilgina emas, balki ikki madaniyat, ikki adabiyot, ikki uslub o‘zaro kesishadi. Bunga ikki xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari, diniy e’tiqodlari, milliy xususiyatlari bilan bog‘liq tafovutlarni ham qo‘shsa, o‘zaro to‘qnashadigan nuqtalar ko‘pligi ayon bo‘ladi.“Insoniyat ixtiyorida mavjud eng mukammal ishlangan tilda ham tabiatdagi turli-tuman hodisalar, hatto insonning ruhiy kechinmalari bilan bog‘liq juda ko‘p sirli holatlar, jilvalar, his-tuyg‘ularning nomlari, atamalari mavjud emas”38. Bunday holatda, tabiiyki, umumlashtirish va izohlash yo‘lidan boriladi.“Har bir tilda o‘sha xalqning sohibi hisoblanmish xalqning o‘zi ko‘proq mashg‘ul bo‘lgan xo‘jalik, ishlab chiqarish sohalari hamda uni o‘rab turgan tabiiy muhit (iqlim, hayvonot va o‘simliklar olami, tog‘, cho‘l, sahro, suv va hokazo)ga aloqador so‘zlar, atamalar, iboralar boshqa tillarga nisbatan ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi mumkin”39.

Roman dunyoning ko‘pgina tillariga tarjima qilingan. E’tibor talab jihati, bu asar rus tiliga ham, o‘zbek tiliga ham asliyatdan to‘g‘ri-to‘g‘ri tarjima qilingan. Eng qiziq tomoni shuki, tarjimalarning ikkalasi ham urdu tilidan bevosita tarjima qilingan bo‘lsa-da yutuqlar, kamchiliklar va xatolar turfa xildir.

Roman urdu tilidan o‘zbek tiliga Rahmonberdi Muhamadjanov tomonidan 1962-yili tarjima qilgan. Tarjimon asarning nomini mazmundan kelib chiqqan holda“Qismat” deb atagan. Asar bosh qahramoni birgina sigir sotib olishni orzu qilib hayotdan o‘tib ketadi. Ammo u vafotidan so‘ng “Gaudan”, ya’ni sigirni “Qurbonlik qilish marosimi” uchun oilasi yetkazib berishi kerak bo‘ladi. Ammo unga mablag‘ qayerda deysiz? Buning hammasi “qismat” dir:“Dhaniya hushsiz o‘rnidan turdi. Bugun arqon sotib, yigirma anna olib kelgan edi. O‘shani erining sovub, muz bo‘lib qolgan kaftiga qo‘ydi-da, qarshisida turgan Dotadinga qarab dedi:− Mahoraj! Uyimda na sigir bor, na buzoq bor, na pul. Bor yo‘g‘im shu. Shunday dedi-yu, hushidan ketib, yiqildi.”40Tajimada milliy mezonga xos so‘zlar ko‘pgina vaziyatlarda transliteratsiya usuli bilan berilgan. So‘zlarning asl ma’nolari esa iqtiboslar orqali ko‘rsatilgan. Bu kitobxonga biroz noqulaylik yuzaga keltiradi. Biroq buni butunlay asarga nisbatan ayta olmaymiz. Asar juda yaxshi tarjima qilingan. Maqol, qochiriq va o‘xshatishlar tarjimada o‘zbekchalashtirilgan. Bu esa asar sifatini yanada oshirgan.

Premchand asarlari shu qadar jonli yozilganki, kitobxon go‘yoki voqealar ichiga tushib qolgandek, hammasi o‘z ko‘z o‘ngida sodir bo‘layotgandek his qiladi:“Birdan shamol shunday qattiq urib yubordiki, huddi dengiz hayqirib qirg‘oqqa tashlandi-yu o‘ziniolomonga o‘rdi. Xuddi sher tashlangandek, odamlar bir-birini yiqitib-yanchib, sarosimaga tushib oyog‘ini qo‘liga olib qochishga tushdi. Alangaga jon kirib harakatga kelib ketganga o‘xshardi. Ming boshli bahaybat bir ajdaho mingta og‘zidan barobar o‘t sochayotganga o‘xshardi. Nechta odam shu ur-yiqitda yiqilib, bosilib-yanchilib ketdi. Khanna ham afti-basharasi aralash mukkasiga yiliqilib tushdi. Moltiyni esa Mehta ikki qo‘lidan mahkam o‘shlab olgan. Bo‘lmasa, uning ham oyoq ostida qolib ketishini turgan gap edi41.

Berilgan asardan keltirgan misolimizda bir zavodning yongan xolati aks etgan bo‘lib, bu voqeani o‘qigan kitobxon, go‘yo, bu voqealar ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgandek his qiladi. Asardagi o ‘xshatishlar, qochiriqlar, iboralar “jonli muloqot, xalq tili”dan olingan

Romanni urdu tilidan rus tiliga 1956-yili V.Krasheninnikova va Yu.Lavrinenko tarjima qilishgan. Romanning aynan rus tilidagi tarjimasi ustida ilmiy ish olib borgan Toshmirza Xolmirzayevning fikriga ko‘ra roman tarjimasi u qadar ijobiy chiqmagan. Unda maqol, iboralarni tarjima qilishda ma’lum bir xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. Qolaversa, mamlakatlarning turfa xilligi, sharq tilidan g‘arb tiliga ham tarjimonlarga bir qancha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Madaniyatlar, urf-odatlar, marosimlar, din bularning hammasining o‘ziga xos leksemlari mavjuda bo‘lib, buni tarjimada aks etirish yengil ish emas. Ammo asar tarjimasi rus kitobxonlar orasida yaxshi kutib olingan va juda mashhur. Tarjima kitobiga yirik tarjimon A.Barxudorov muharrirlik qilgan va ijobiy baholagan.

Adib qahramonlarini jonlantirar ekan, ularning hammasiga turfa xil sifatlar bergan, natijada, qahramonlar bir-birini umuman takrorlamaydigan xarakterlar bilan jonlangan. Qahramonlarning har birining o‘zining nutqining ham o‘ziga xosligi mavjud bo‘lib, kitobxon voqealar davomiyligidan gap qaysi qahramon haqida ekanligini darrov anglashi mumkin. Shuning uchun ham asar tarjima qilinayotgan vaqtda tarjimonlardan kichik detallarga ham e’tiborli bo‘lish talab etiladi.

“ – Tfu ajaling kelsin, kazzob! – dedi Dhaniya, yerga tuflab – o‘z og‘zing bilan aytmadingmi menga, Hiyra o‘g‘riga o‘xshab sigirning oldida turgan ekan deb? Endi ukangni deb yolg‘on gapiryapsanmi? Ajaling kelsin!42

Jahl chiqqanda ayollarga xos qarg‘ashlar, maqtov-olqishlar ham asar voqealiklarini boyitgan.

Tarjimon asarni shunchaki tarjima qilibgina qolmasdan uning estetik go‘zalligini, milliy ruhiyatini ham saqlashi lozim. Premchand qahramonlari shunchaki gapirib voqealar ketma-ketligida ishtirok etmaydi, aksincha ularning har bir gapi qahramonlarni har tomonlama ochib berish uchun xizmat qilgan.

Roy sohibning g‘azabi qaynab ketdi. Ko‘zlarini ola-kula qilib, birdan baqirib yubordi: – Qani yur, haromilarning bir adabini berib qo‘yay! Bu nima degan gap? Qachon ovqat berilgan edi, endi beriladi! Kuniga bir annadan olib ishlab kelganmi, endi ham o‘shani olib ishlayveradi. Ko‘p desa ham ishlaydi, yo‘q desa ham.”43


Download 172,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish