Mundarij a kirishFoydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Dissertatsiya
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.Yer yuzida inson zoti paydo bo‘lgandan berihisobsizvaqt o‘tgani ma’lum. Ona sayyoramizda odamlar ko‘payib borgan sari asta-sekin aymoq tili, keyin urug‘ tili, so‘ng qabila tili, undan so‘ng esa xalq tili va millat tilining shakllandi. Rivojlanishning kuchayishi bilan tamaddun o‘choqlari hamyuzaga kela boshladi. Hududlar kengaygan sari tillarning soni ortib bordi.Kishilarning bir-birlarini anglamasligi oqibatida tarjimagaehtiyojni paydo bo‘ldi. Insonlar bir-biri bilan muloqotga kirishar ekan, firklar ifodasida turli-tumanlik yuzaga kela boshladi. Har bir millatning kelib chiqish tarixi, turmush tarzi, o‘z milliy an’ana va urf-odatlari, qadriyatlari, e’tiqodi-yu boy madaniy-ma’rifiy merosi, boyliklari mavjud. Insonlarning ko‘ngil toplarini bog‘lab turuvchi adabiyot va san’at deb atalgan mo‘jizaviy olam ham bor. Bu ichki istak va xohishlarimiz bizni dunyo xaritasidan joy olgan davlatlarning madaniyati va san’ati haqida ozmi-ko‘pmi bilishga, tasavvur hosil qilishga, qalblarimizga yo‘l topa bilishga chorlayveradi1. “Kishilik tarixi, bugun dunyodagi ko‘pgina taraqqiy topgan, barqaror va badavlat davlatlar tajribasishundan dalolat beradiki, avvalo bugungi kunda xalqlarning, davlatlarning, millatlarning ertangi kunini moddiy boylik emas, ma’naviy boylik, ong va bilim belgilab beradi”2. Buni teran anglagan holda yurtimizda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ta’lim va tarbiyagahamda yoshlarga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi3, “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”4ni keltirishimiz o‘rinlidir.Bundan tashqari, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonidan joriy yilning 12-yanvar sanasida “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”5gi farmoyishi e’lon qilinganligi ham hozirgi vaqtda mamla-katimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning pirovard maqsadlaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Keyingi yillarda milliy adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini chet tillarga tarjima qilish va shu asnoda xalqimizning hayot tarzi va insoniy fazilatlarini keng namoyish etish borasida ham katta imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Buning natijasi o‘laroq, hozirgi kunda tarjimonlarimiz nafaqat o‘zbek tilidan chet tillariga, balki xorijiy tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilishda ham samarali yutuqlarni qo‘lga kiritishmoqda.Ilgari o‘zbek adabiyotining namunalarini boshqa tillarga tarjima qilish asosan uchinchi til, ya’ni rus tili orqali amalga oshirilar edi. Endilikda adabiyotimizning eng yuksak asarlarini bevosita ona tilimizdan sharq va g‘arb tillariga tarjima qilishga qaratilgan ishlar ko‘paymoqda. Buning uchun xorijiy tillarni, adabiyot va badiiy tarjima san’atining nazariy va amaliy jihatlarini har tomonlama puxta egallagan mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlaridan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda yurtimizda xorij tillarini o‘rganish, chеt tillarni imkon qadar yosh avlodga tezroq va samarali o‘rgatishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu o‘rindа yurtbоshimizning “Milliy vа jаhоn mаdаniyatining eng yaхshi nаmunаlаrini kеng tаrg‘ib qilish vа оmmаlаshtirish yosh аvlоdni, hоzirgi yoshlаrimizni mа’nаviy tаrbiyalаshning аsоsi bo‘lmоg‘i kеrаk”6dеb аytgаnso‘zlаri fikrimiz dаlili bo‘lа оlаdi. Yana bir muhim jihatbiz bugungi kungacha jahon adabiyotidan nimalarni qo‘lga kiritdik, nimalarni o‘zimiz uchun kashf etdik va biz ularga nimalarni berdik, nimalarni bera olamiz, mana shunday savollarga javob topish maqsadida biz yana va yana tarjima sohasiga yuzlanamiz. Tarjima sohasi juda ham nozik, shu bilan birga murakkab soha bo‘lib, bugungi kunning ajralmas qismi va zamon talabi hamda ehtiyoji bo‘lib qolmoqda deb ayta olamiz. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlari adabiy durdonalarining aksariyat qismi o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda. Bular orasida hind adabiyotini o‘zbek tiliga o‘girish salmoqli o‘ringa ega bo‘layotgan tarjimalar sirasiga kiradi.Hindiston zaminidanasrlardavomida ko‘plab mashhur va atoqli so‘z san’atkorlari yetishib chiqqan. Bu xalqning shoir va adiblari tomonidan yaratilgan asarlar Hindistonning o‘zidagina emas, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ham qadrlanmoqda va sevib o‘qilib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ham hind adabiyoti namunalariga qiziqish katta ekanligi kuzatiladi. Hind adiblarining asarlari o‘zbek tilida, asosan, XX asrga kelib tarjima qilina boshlandi. Mustaqillikdan oldingi davrlarda hind adiblarining asarlari asosan vositachi til, ya’ni rus tili orqali o‘zbek tiliga tarjima qilingan edi. Chunki tarjimonlarning asosiy qismi rusiyzabon qatlam edi. Mustaqillikdan keyingi davrda sharqshunos kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilib, hozirgi kunda iqtidorli hindshunos kadrlar tayyorlanmoqda.So‘zimizning isboti sifatida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning: “Xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari, tili va ruhi negiziga qurgan milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg‘unlashgan holda kelajakka ishonch tuyg‘usini odamlar qalbi va ongiga yetkazish, ularni vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashi, halollikni, mardlik va sabr-bardoshlikni, adolat tuyg‘usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalash yo‘lida xizmat qilmog‘i lozim”7, – degan so‘zlarini keltirishimiz mumkin. Hindiston adabiyoti juda qadimiy va boy o‘tmishga egadir. Har bir hind yozuvchisining ijodi yangi bir olam. Shuning bois hind yozuvchi va shoirlari asarlari tarjimasi juda katta mehnat va mashaqqatni talab etadi. Hozirgi kunda o‘zbek kitobxoni Tagor, Yashpal, Krishan Chandr, Amrita Pritam, Premchand kabi hind adabiyotining ulug‘ namoyandalari asarlarini bevosita asliyatdan o‘girilgan holda o‘qishga muyassar bo‘lmoqda. Jumladan, ularning hayoti va ijodi yurtimizdagi ta’lim muassasalarida chuqur o‘qitilib kelinmoqda8. Qadimiy tarix va boy an’analarga, ko‘pincha bir-biriga o‘xshamagan turli millat va elatlarga xos rang-barang milliy urf-odat va rasm-rusumlarga, ko‘pdan-ko‘p shevalarga ega hind adabiyoti, badiiy tarjimada qator muammolarni keltirib chiqaradigan, tarjimonlarni qiynab qo‘yadigan hal qilishi zarur bo‘lgan masalalari behisobdir. Bir necha magistrlik dissertatsiyalarini aytmaganda, bunday muammolar hali maxsus tizimda o‘rganilgan emas. Jumladan, hind adibi Premchandning ko‘pgina roman, hikoya va to‘plamlari o‘zbek tiliga hindiy, urdu hamda rus tilidan ham tarjima qilingan. Hozirgi kungachayozuvchining “Qismat” (urdu tilida “Gaudan”, 1962), “Nirmola” (1967), “Najot” (“G‘aban”, 1976), “Jang maydoni” (1985), “Fidoyi” (2003) asarlari o‘zbek tiliga o‘girilgan. Shuningdek, “Sevgi in’omi” (“Vardan”–aynan muqobili “In’om”) romani Amir Fayzullo tarjimasida “Jahon adabiyoti” jurnalining 2009yil 2-3-sonlarida chop etildi.Yozuvchi nafaqat romanlar, shuningdek ko‘plab hikoyalar ham yozgan. Ularning bir nechtasi o‘zbek tiliga hamo‘girilgan. Jumladan, “Yuvoshlik” (1955), “Qamoq” (1958) hikoyalarining tarjimasi“Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgan. 1962-yilda “Yosh gvardiya” nashriyotida “Mehrigiyo” va 1975-yilda “Adabiyot va san’at” nashriyotida “Bir kelin hikoyasi” kabi hikoyalar to‘plamlari nashr qilingan. Premchandning bir qator hikoyalari hind yozuvchilarining o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlar to‘plamlaridan ham joy olgan. Jumladan, “Hind hikoyalari” (1955), “Qizil gullar” (1956)to‘plamlaridan R.Tagor, Mulk Raj Anand, Yashpal kabi taniqli hind yozuvchilari qatorida Premchand hikoyalari ham o‘rin olgan9. Yuqorida nomlari keltirilgan asarlar va umuman hindiy tilidan o‘zbek tiliga qilingan tarjima asarlarning qiyosiy xususiyatlarni o‘rganish hamda ularni tahlil qilish tarjimashunoslik oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Download 172,95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |