Mundarij a kirish


Asar tarjimalarida maqollarning berilish yo‘llari



Download 172,95 Kb.
bet14/24
Sana07.09.2021
Hajmi172,95 Kb.
#167489
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Dissertatsiya

3.2. Asar tarjimalarida maqollarning berilish yo‘llari

Madaniyatning ajralmas qismi, tilning muhim qatlamini tashkil etuvchi, asrlar osha hayotda sinalib, sayqallanib, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan, xalqning muayyan voqea-hodisa haqida xulosasi, adolatli hukmi mujassam bo‘lgan maqollar bebaho ma’naviy boylik sifatida insoniyat tarixining barcha davrlari uchun mutlaq haqiqat, donolikning eng oliy nuqtasi hisoblanadi. 78

Bizning xalqimizda qadimdan paydo bo‘lgan va u shaklan qisqa, lekin m’anoli otalar so‘zi79 sifatida qo‘llanilib kelinadi. Tadqiqotimizning asosiy manbaasi hisoblangan ushbu romanda ham bir qancha maqollarni uchratdik. Ulardan ayrimlari gap bilan tarjima qilingan bo‘lsa, ba’zilari asliyatda maqol bo‘lmasada, mutarjim tomonidan maqol bilan o‘girilganligini guvohi bo‘ldik.

Maqol xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lgan maqollar ham lingvopoetik vosita sanaladi. Maqol – (arabcha “qavlun” (so‘z) fikr aniq, lo‘nda, tugal, mantiqiy izchil, xulosa tarzida bayon qilingan janr. Maqolning turkiy sinonimi “otaso‘z”(ataso‘z)dir. Dastlabki 300 ga yaqin turkiy maqollar Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida keltirilgan. Gulxaniyning “Zarbulmasal” kitobida 400 dan ortiq maqol keltirilgan.1980-yillarda O‘R FA Til va adabiyot inistitutida 13000 ga yaqin maqol to‘plab nashr etildi.Alisher Navoiy maqol atamasini “masal” tarzida ishlatgan. Ana shu atama ХХ asrning birinchi yarmigacha qo‘llangan. O‘zbek tilida bir qancha maqollar to‘plamlari nashr etilgan: “O‘zbekcha otalar so‘zi”(1924), “Maqolar va hikmatli so‘zlar”(1939), “Otalar so‘zi–aqlning ko‘zi”(1947), “O‘zbek xalqmaqollari”(1978), “O‘zbek xalq maqollari”(ikki jildlik, 1987-1988).Xalq maqollarini tadqiq etgan va nashrga tayyorlagan olimlardan Hodi Zaripov,G’ozi Olim, G’ulom Zafariy, Zubayda Husayinova,Bahodir Sarimsoqov, Asqar Musaqulov va boshqalar. Maqollar she’riy va nasriy shaklda bo‘ladi: Yomon o‘z g‘amida, Yaxshi el g‘amida. Vataning tinch – sen tinch. Maqollar turli mavzularda yaratilib, turli badiiy san’atlar qo‘llaniladi: 1)tazod (qarama-qarshi qo‘yish): Azob ko‘rmay rohat yo‘q;2)metafora, istiora, sifatlash: Ona yurting omon bo‘lsa, Rangi ro‘ying somon bo‘lmas.Maqollar insonni axloq-odobga o‘rgatadi80.

Dunyo tillaridagi mushtarak va muqobil maqol, matal va idiomalar o‘rganilar ekan, quyidagilar ko‘zga tashlanadi;

1. Ular mazmun va forma tomondan bir-biriga aynan muvofiq keladi (Nima eksang, shuni o‘rasan).

2. Mazmuni muqobil bo‘lib, ob’ektlari tafovut qiladi (enaga ikkita bo‘lsa, bolaning boshi qiyshiq bo‘ladi, o‘zbek tilida: qo‘chivon ko‘p bo‘lsa, qo‘y. harom o‘lar,ingliz tilida: to many cooks spoil the broth (oshpaz ko‘paysa, sho‘rva buziladi),

3. Odatda bir xil ma’noni ifodalaydigan maqol va matallar biror-bir xalqning o‘ziga xos tushunchalari, uyashayotgan tabiiy va iqtisodiy sharoitga xos narsalar zaminida tuzilgan bo‘ladi. Chunonchi, ruslar yazыk do Kieva dovedet desalar, fransuzlarda: tili uzun Rimni topadi, xitoylarda: tili bor odam Beypinni topadi, turklarda: suragan Bag‘dodni topar, kurdlarda: surab-surab Karsni topibdi, o‘zbeklarda:So‘ragan (so‘rab-so‘rab) Makkani topar.

4. Ba’zi tillarda ham mazmuni, ham formasi muvofiq kelgan maqol va matallar boshqa tillarda boshqacha obektlar asosida tuzilgan bo‘ladi. Masalan, rus tilida: koshku byut, a nevestke navetki dayut; o‘zbek tilida: qizim senga aytaman, kelinim sen eshit.

5. Forma va ob’ektlari aynan muvofiq keladigan maqol va matallar hamma vaqt ham ekvivalent bo‘lavermaydi.

Qardosh tillarda, masalan, o‘zbek, turkman, ozarbayjon, turk, tatar va boshsa tillarda, shuningdek territoriyasi bir-biriga yaqin mamlakatlar, yoki aralash yashayotgan qadim-qadimdan o‘zaro madaniy aloqada bo‘lib kelgan: xalqlar tillarida bir xil maqol, matal va idiomalarning uchrashi ajablanarli emas.

Tarjimashunos Ergash Ochilov frazeologizmlar (maqol, matal, idioma) tarjimasini fanning muammolaridan biri deb atab, taniqli rus tarjimashunosi K.Chukovskiyning maqollarini iloji boricha so‘zma so‘z tarjima qilishga intilish kerakligi haqida uqtirganini eslatadi. Chunki “ularda xalqning tug‘ma xussiyati, fiklashning milliy uslubi o‘z ifodasini topgan bo‘ladi” – deb yozadi u. Ergash Ochilov o‘z fikrining tasdig‘i uchun G‘aybulla Salomovning quyidagi fikrini keltirib o‘tadi: “…shunday maqol va matallar ham borki, ulardan kelib chiqadigan hikmat hijjalab qilinadigan tarjima ichidagi so ‘zlarda o‘z in’ikosini topmaydi. Ana shunday maqol va matallar juda ko‘p. Shunday qilib, boshqa tillarda ko‘plab maqol, matal va idiomalarda aks etgan hikmatni ularning ona tilimizdagi muqobillari bilan almashtirish vositasidagina ro‘yobga chiqarish mumkin. Bu ta’rif ko‘proq uzoq tillardan tarjima qilishga tegishli. Holbuki, ruslarda mashhur Невсеторусалка, чтовводуниряетmaqoli o‘zbek tilidagi Suvga sho‘ng‘iy oladigan hamma narsa ham suv parisi bo‘lavermaydi deb, yoki Нетдымабезогняmaqoli - Olov bo‘lmagan yerdan tutun chiqmaydi deb o‘girilsa, kitobxonga tushunarli bo‘lishi mumkin. Biroq, Мели, Эмиля, твоя неделя (so‘zma so‘z Yanch Emiliya, sening haftang) deganda rus xalqi maishiy turmushini tushunmagan kishi hech nimani anglay olmaydi. 81



“Dunyoda tilsiz xalq bo‘lmagani kabi, maqolsiz til ham yo‘q” – degan edi tatar yozuvchisi Nokay Esanbat. “Agar mendan: “Tilda ham mo‘jizalar bo‘ladimi?” – deb so‘rasalar, men: “Agar bo‘lsa, tilning “mo‘jizasi” – undagi maqol, matal va idiomalardir”, - deb javob qilgan bo‘lar edim”, - deydi taniqli tarjimashunos olim G‘aybulloh as-Salom. Chindan ham, gapning qaymog‘i, shirasi, olam-olam ma’no beradigani va, shu bilan birga, lo‘ndasi – maqol va matallardir. Maqol ixcham shaklga, chuqur mazmunga ega bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lib, u xalqning ko‘p asrlik hayotiy kuzatishlari, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tajribalari asosida vujudga kelgan. Maqol xalning pand-nasihati, ma’naviy-axloqiy xulosasi, xalq milliy ruhining ask-sadosi, til tabiatining hikmatli mezonidir. Maqol to‘qilmaydi, balki ma’lum sharoit taqozosi bilan yaratiladi. Maqol chuqur ijtimoiy, axloqiy, falsafiy mazmunga ega. Shu bois ba’zi maqollar butun bir romanni yoki drama mazmunini o‘zida ifodalashi mumkin. Xalq maqoli har bir kishi amal qilishi lozim bo‘lgan o‘ziga xos axloqiy qoidalar kodeksidir. Maqollarda hayotiy tajribalar natijasidan kelib chiqqan qimmatli fikrlarning xulosasi ifodalanadi. Maqollar, ko‘pincha, poetik shaklga ega bo‘ladi. Ular o‘zining ixcham, pishiq va puxta ishlanganligi bilan ham xalq og‘zaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi. Maqollar o‘zining ijtimoiy, g‘oyaviy vazifalariga ko‘ra asosan, keng xalq ommasining, ayrim xollarda esa ba’zi ijtimoiy tabaqa yoki guruhlarning dunyoqarashlarini ifodalaydi. Shu bois maqollarning tematik ko‘lami juda keng bo‘lib, bu ko‘lamni juz’iy hayotiy voqelik doirasi bilan chegaralab bo‘lmaydi. Ijtimoiy borliqning hech bir sohasi yo‘qki, maqollarda aks etmagan bo‘lsa. Maqollarda ko‘p asrlik hayotiy tajribalar asosida yuzaga kelgan sababli, o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki har bir maqol kishilarning uzoq yillar davomidagi hayotiy tajribalari hamda turmush sharoitlarida ko‘p marotaba sinovdan o‘tadi. Binobarin, maqollar ham shaklan, ham mazmunan juda kam o‘zgarishlarga uchrab, uzoq yashash xususiyatiga ega. Maqollar qator xususiyatlari bilan xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlaridan keskin ajralib turadi. Chunki xalq dostonlari, ertaklari, afsona va rivoyatlari, naql va latifalari voqelikni epik planda, rang-barang obrazlarning xatti-harakatlari orqali aks ettirsa, maqollar voqelikni xalqning bevosita ana shu voqelik haqidagi xulosalari, hukmlari orqali aks ettiradi. Demak, maqolda voqealarning kechishi emas, balki ular haqidagi xulosa va hukm ifodalanadi. Maqollar fikrni aniq, lo‘nda va obrazli tarzda bayon etishda nutqimiz uchun zaruriy vosita hisoblanadi. Ular har qanday shoir, yozuvchi yoki notiq uchun ulkan xazina bo‘lib, ulardan ustalik bilan foydalanish yozuvchining asarini, notiqning nutqini purma’no va joziba qiladi, atymoqchi bo‘lgan fikrini obrazli ifodalashga yordam beradi, uning badiiy jihatdan g‘oyat ta’sirchan bo‘lishiga olib keladi. Har bir maqolda shu maqolni yaratgan xalqning siymosini ko‘rishimiz mumkin. Tarixiy manbalarda ham, xalq orasida ham aforistik ijod turlari rang-barang atamalar bilan nomlab kelinadi. Maqol, matal, naql, masal va hikmatli so‘zlar shular jumlasidandir82.

Maqollarni tarjima qilinganda o‘zbek va rus tillarida uning tarjima ekanligi sezilmasagina o‘sha tarjimani yaxshi tarjima deb atashimiz mumkin. “Gaudan” romani tarjimasi har tomonlama judayam kitobxon e’tiborini tortadigan ajoyib chiqqani bilan, unda ma’lum kamchiliklar ko‘zga tashlanadi. Quyida romanda kelgan ayrim misollarga to‘xtalib o‘tamiz:



اپنے گاؤں میں کتا بھی بکھ بن جاتا ہے .(گ. ٢٢٥)

O‘zining qishlog‘ida it ham sherman deydi”. (Қ. 202)

В каждой деревне есть такая собака, которая в припадке ярости становится тигром”.(Ж. 213)

Ushbu maqolni rus tilidagi “Дома и стены помогают” maqoliga o‘xshatib tarjima qilish mumkin edi. Tarjimani ikki xil shaklda tahlil qilish mumkin. Birinchidan, asliyatdagi maqol shakli buzilgan va ma’no jihatdan it faqatgina “припадке ярости”dagi yo‘lbarsga aylanishi mumkin. Ikkinchidan, tarjima maqol shaklda tarjima qilingan, ma’no ham saqlangan. O‘zbek tilidagi ma’no so‘zma so‘z asliyatga to‘g‘ri keladi. Ammo, o‘zbek tilida “yo‘lbars”ning “sher”ga aylanishiga sabab bor. Chunki o‘zbek mentalitetida eng jasur, qo‘rqmas jonzot “sher” hisoblanadi. Ikkala tarjima ham oldiga qo‘yilgan maqsadni to‘laqonli ochib bera olgan.

Maqolni har doim ham tarjimada maqol qilib bera olish tarjimonlarga anchayin mushkulliklarni tug‘diradi:

دودھ آنکھیں نجنے تک کو ملتا نہیں . (گ. ٧)

Sut – qatiq, yog‘ – pog‘ degan narsa doriga ham topilmaydi-ku.” (Қ. 7)

Когда мы с тобой молоко или масло топленое пробовали, я и не припомню”. (Ж. 13)

Berilgan misolimizda maqolni har ikkala tarjimon ma’nosigina yetqazib berishga harakat qilishgan. Asliyatdagi “دودھ آنکھیں نجنے تک کو ملتا نہیں” maqoli o‘zbek tilidagi “anqoni urug‘i” degan iboraga to‘g‘ri keladi. O‘zbek tilidagi tarjimada tarjimon “sutni topilmas, noyob” deyish maqsadida biroz gapni bo‘rttirmoqchi bo‘lgan, natijada biroz tushunarsiz holat yuzaga kelgan. “Doriga ham topilmaydi” degan jumla urdu tilda ham mavjud emas, o‘zbek tilida ham “dori” “noyob” buyum emas. Rus tilida esa, sodda qilib “ohirgi marta qachon ta’tib ko‘rganimizni eslayolmayman” deb berib qo‘ya qolgan. Bizningcha, qandaydir tushunarsiz holatni yuzaga keltirgandan ko‘ra, tarjimani sodda kitobxon tilida berib qo‘ygan ma’qulroq.



پرانی مثل چھوٹی ٹھوڑی ہے . (گ. ١١)

“ – Xotinsiz uy – shaytonxona” degan eskidan qolgan maqol bor”. (Қ. 11)

Недаром есть такая поговорка: Дом без хозяйки – жилище демонов”. (Ж.17)

Berilgan misolimizda juda ham chiroyli tarjimani ko‘rishimiz mumkin. Chunki yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Premchand xalq ichidan chiqqan yozuvchi. Uning asarlari xalqona tilda yozilganligi boisidan ham kitobxonga yaqin. Berilgan har jumla, keltirilgan har bir maqol o‘zining ayni o‘rnida qo‘llanilganini guvohi bo‘lish mumkin.

Maqollar nafaqat tarjimada balki asliyatdagi tilda ham o‘rganilishi juda qiziq va zarur bo ‘lsa, qaysidir ma’noda xalq tilini boyitishga va so‘zlovchining nutq boyligini ko‘rsatib berishga xizmat qiluvchi vosita hamdir.

رائےصاحب نے منہ پان سے بھرکر کہا "تم ہمیں بڑا آدمی سمجھتے ہو، ہمارے نامہ باڑے ہیں مگر درشن چھوٹے .( گ. ٢٠)

Sen bizni katta odam deysanmi?- deb yana gap boshladi roy sohib, og‘zini ponga to‘ldirib. – Faqat nomimiz ulug. Supramiz qup-quruq. (Қ. 19)

Вы вот считаете нас большими людьми. Верно – имена у нас громкий! Да зато умы кароткие. (Ж. 26)

Ham shaklan ham mazmun jihatdan mos keladigan iboralar ham mavjud. Berilgan asliyadagi ishlatilgan “نام بڑا درشن چھوٹا ” [ nom bara darshan chhota] maqoli o‘zbek tilidagi “nomi ulug‘, suprasi quruq”ga ekvivalent bo‘la oladi. Rus tilida esa bu maqolni rus tili spetsifikasidan kelib chiqib moslashtirib tarjima qilingan.




Download 172,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish