Mundarij a kirish



Download 172,95 Kb.
bet16/24
Sana07.09.2021
Hajmi172,95 Kb.
#167489
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Dissertatsiya

3 bob bo‘yicha xulosa

1. Tarjimashunoslikda frazeologizmlarni to‘la ekvilalent iboralar vositasida tarjima qilish ham uchraydi.

2. Badiiy tarjimada xalqona obrazli iboralarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, ohoriy (original) badiiyligini tarjima qilinayotgan tilda berish alohida ahamiyatga egadir.

3. Frazeologizmlarni muqobil iboralar bilan tarjima qilish ham muhim hisoblanadi. Biroq tarjima qilinayotgan tilida asliyatda qo‘llanilgan frazeologik birlikka ekvivalent frazeologizm topilmagan taqdirda, adekvatlik ko‘p hollarda muqobil variantlar yordamida amalga oshiriladi.

4. Frazeologizmlarnitasviriy usulda tarjima qilish ham mumkin. Muayyan frazeologik birlikni goho na ekvivalent, na muqobil variant va na kalka yor­damida o‘girishning imkoni topiladi.

5. Boshqa tillarda ko‘plab maqol, matal va idiomalarda aks etgan mazmunni ona tilimizdagi muqobillari bilan almashtirish vositasida ro‘yobga chiqarish mumkin.

6. “Gaudan” romani o‘zining sodda va ravon tili hamda jonli ibora va maqollarning qo‘llangani bilan kitobxonlar orasida mashhur bo‘lgan va buni tarjimada ham ko‘rish mumkin.

7. Har bir xalqda milliyligidan kelib chiqib qo‘llaniladigan o‘xshatishlar mavjud. O‘sha xalqning mentaliteti vao‘ziga xos milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi o‘xshatishlarni tarjima qilish murakkab jarayon hisoblanadi.

8. Mazkur bobda tarjimalaridagi ibora, o‘xshatishlar va maqollarning qanaday berilganligi o‘rganib hamda tahlil qilib chiqildi.

9. Tahlil jarayonida shunga guvoh bo‘ldikki, asliyatda berilgan iboralarning muqobil variantlari tarjimalarda moslab, urdu milliy koloritiga putur yetkazmagan holda asar tarjimasida berilgan.

10. Tarjimonlar asarni tarjima qilar ekan, asliyatda ibora bo‘lmagan so‘z va so‘z birikmalarni ibora shaklida bergan va tarjimaning badiiy saviyasini yanada oshirgan.

11. Asliyatda ibora bo‘lmagan so‘z va so‘z birikmalarini mos va maqbul ibora bilan almashtirish ko‘pincha tarjima tilini boyitadi.

12. Tahlil davomida misollar tarjimada deyarli bir xil aks etganining guvohi bo‘ldik. Bu esa, qaysidir ma’noda, garchi kichik bo‘lsa-da, shakl va mazmun jihatidan me’yorning saqlnishiga yordam bergan.

13. Asliyatda berilgan ibora tarjimalarda so‘z bilan berilganlik holatini ham guvohi bo‘ldik, bunda asosan milliylik aks ettirilgan iboralarga ko‘zga tashlanadi va bunday holatda mutarjim uni o‘z milliyligiga moslab qo‘yishdan qochgan.

14. Asliyatda keltirilgan idioma, o‘xshatish va maqollar asosan kitobxon saviyasi va xalq uchun yaqinlik darajasiga ko‘ra chog‘ishtirilgan va bu tarjimonlarning so‘z boyligini ochib berishini ham ta’minlagan.

XULOSA

Adib hamda tarjimon o‘rtasida bir-biriga bo‘lgan ruhiy yaqinlik natijasida, tarjima asar muvaffaqiyatli chiqadi. Tarjimon buning uchun tarjima nazariyasini yaxshi bilishi, uning metodlaridan samarali foydalanishi, shakl va mazmun birligini ta’minlashi lozim. Mahoratli tarjimon kitobxondan kelib chiqib tarjimani amalga oshiradi. Buning uchun tarjima usullari, tarjima shakllari va turlarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lib, yaxshi tarjimaning asosiy kafolatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Tadqiqotda mashhur hind adibi Premchandning “Gaudan” romani tarjimalarining qiyosiy tahlili va unda milliy xos so‘zlarning berilishi (taom nomlari, diniy tushunchalar, o‘simlik nomlari, ijtimoiy kelib chiqish(kasta tizimi), libos nomlari asosidava murojaatga oid so‘zlarning berilishi hamda undagi qiyinchiliklar ko‘rib chiqdik.

Tarjimada esa xos so‘zlarni, muqobilsiz leksikani ba’zi taom nomlari, narsa buyumga oid so‘zlar, daraxt, kasb hamda kiyim kechaklar majmuasiga doir ifodalari asosida ko‘rib chiqdik.

Qo‘yilgan masalalarning ilmiy-tahliliy, qiyosiy jihatdan tadqiq etilishi natijasida muayyan nazariy xulosalar chiqarish mumkin:

Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, qiyosiy tahlil natijasida tarjimalardagi yutuq va kamchiliklar yaqqolnamoyon bo‘lib, uning natijasida tarjima qilishga oid yangi bilimlarning paydo bo‘lishiga ham zamin yaratiladi. Bunda tarjima qilishga doir bilimlar tarjima jarayonida hal qiluvchi unsur hisoblanib, tarjimaning sifatli bo‘lishini ta’milash bilan birga uning sifatini belgilashda muhim omilga aylanadi.

Mutarjimlar tarjima jarayonida tarjimaning transliteratsiya, muqobil variant bilan o‘girish, tarjima tilida ekvivalentini berish, matn ichida izoh berish, kabi usullardan foydalanganligi aniqlandi.

Tahlil davomida yigirmatadan ortiq milliy xos so‘zlarning tarjimalarda ifodalanishi ko‘rib chiqildi. Shulardan aksaryati milliy xos so‘zlar bo‘lib, ular dinga oid so‘zlar, ijtimoiy kelib chiqishni ifodalovchi (kasta tizimini)so‘zlar, ikkitasi taom nomlari, ikkitasi narsa-buyum nomlari, ikkitasi urf-odat, an’analar va ikkitasi uy-ro‘zg‘or buyumlari nomini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari tahlil qilingan misollarning bittasi atoqli otlar, uchtasi o‘simlik va daraxt nomlariga oid so‘zlar bo‘lsa, ikkitasi liboslarga oid so‘zlardir.

Tahlil jarayonida yuqoridagi so‘zlarning beshtasi transliteratsiya usuli bilan, to‘rttasi tarjima tilida ekvivalentini topish, bittasi matn ichida izoh, ikkitasi muqobil, to‘qqiztasi esa matn ostida iqtibos berish usuli bilan tarjima qilinganligi aniqlandi. Asliyatdagi ba’zi so‘zlar esa tarjimada tushib qoldirilgan.

Tarjimalarni qiyosiy o‘rganish jarayonida shunga amin bo‘ldikki, asarlarda aks etgan voqea-hodisalar tarjimonga to‘liq tushunarli bo‘lgan. Shuning uchun mutarjim asosan so‘zlarni matn ostida iqtibos keltirib izohlagan.

Tarjimon romandagi voqealar rivojini tasvirlashda, qahramonlarning botiniy olamini yoritishda, g‘oyalar kurashi hamda xarakterlar to‘qnashuvini ochib berishda keng kitobxon ommasiga tushunarli, xalq orasida ite’molda bo‘lgan jumla so‘zlardan ustalik bilan foydalangan. Kerakli o‘rinlarda xos so‘zlar va birliklar izohlab berilgan. Ammo bu prinsip butun tarjima davomida izchil saqlanib qolinmagan.

Asarning o‘zbek tiliga hamda rus tiliga qilingan tarjimasini asliyat bilan qiyoslab o‘rganganimizda, muqobilsiz leksikani berishda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni ham uchratamiz. Mutarjimlar tarjimada muqobilsiz leksikani asosan: matn ostida izoh, matn ichida izoh, hamda izohsiz berilgan holatlarni ko‘rdik.

Milliy xususiyatni o‘zida mujassamlashtirgan frazeologizmlarni doimo ekvivalent yoki muqobil variantini topishning imkoni yo‘q. Shu bois bunday hollarda tasviriy va kalka usullar qo‘l keladi. Tarjimon kalka yoki tasviriy usuldan foydalanib, frazeologizmlarning ma’nosini beradi.

Moddiy madaniyatga oid tushunchalarni tarjima qilish jarayonida ba’zi xos so‘zlarning realiya shaklida berilishi kitobxon dunyoqarashining kengayishiga, so‘z boyligining ortishiga, estetik ta’sirning kuchayishiga turtki bo‘ladi.

Albatta, har bir tarjima muayyan kamchiliklardan holi emas, zero ona tili hisoblanmagan tildan o‘z tiliga o‘girish ham qahramonlik hisoblanadi, hamda katta shijoatni talab qiladi. Shu sababli tarjima ostida og‘ir mehnat yotganligini unutmagan holda, tarjimonning amalga oshirgan mehnatini tahsinga loyiq deb hisoblaymiz.

Tarjimonlar hind xalqi hayotiga xos bo‘lgan milliy so‘zlarniberishda –, leksik birliklar, iboralar, realiyalarni hindiy tiliga muqobil variantlari bilan o‘girib, o‘sha davr voqeligini o‘z tilida aks ettirishga harakat qilgan.

Frazeologizmlar bir tildan ikkinchi tilga to‘la ekvilalent, muqobil, kalka va tasviriy usullarda tarjima qilinadi. Ushbu usullar orasida eng sermahsuli muqobil va tasviriy usullardir. Chunki, ayrimfrazeologik birliklarda obrazli asos mujassamlashgan bo‘lib, ular majoziy ma’no kasb etadi.Ularni boshqa obrazli asos bilan almashtirgan taqdirda ham ikki til xususiyati va mazmuniga mos kelishi lozim.

Ba’zi holatlarda tarjimani chiroyli qilaman deb tarjimonlarning haddan ortiq bo‘rttirib yuborishgani, natijada ko‘p g‘alizliklarni yuzaga keltirganini guvohi bo‘ldik. “Bol ham me’yorida bo‘lsa totli” bo‘lganidek bunday holatlar kitobxonni zeriktirib qo‘yishi mumkin.




Download 172,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish