Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi.Tadqiqot mavzusini yoritishda tavsiflash, tasniflash, qiyoslash va chog‘ishtirish metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.Premchandning “Gaudan” romanining uch tildagi (urdu,o‘zbek va rus tillarida) qiyosiy xususiyatlari o‘ganildi.Dissertatsiyada keltirilgan fikr va xulosalar qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik hamda lingvokulturologiya sohasida olib boriladigan tadqiqotlar uchun ilmiy manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Mazkur magistrlik ishining natijalaridan oliy o‘quv yurtlarida “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” ta’lim mutaxassisligida o‘qitiladigan “Tarjimonlik mahorati”, “Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarda, darslik va qo‘llanmalar yaratishda yordamchi manba sifatida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |