Birinch bob bo‘yicha xulosa
Muammo bo‘yicha pedagogik psixologik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish natijasida dizartriyali bolalarning nutqiy kamchiliklarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot ishlari nutqiy nuqson tuzilishining o‘zbek tili xususiyatlarini xisobga olgan xolda korreksion pedagogik ish tizimi yo‘qligi aniqlandi.
Birinchi bobda dizartriyali bolalarda monologik nutqining o‘ziga xos shakllanganligini kuzatilishi, predmetlar va harakatlarni ifodalash uchun bir xil so‘zlardan foydalanish, atoqli so‘zlarning nutqda yo‘qligi, umumlashgan tushunchalarning shakllanmaganligi xaqidagi ma’lumotlar bayon etilgan. Ayniqsa ularda predmetlarning belgisi va sifatini bildiruvi so‘zlar, shuningdek ularga bog‘liq turli harakatlarning cheklanganligi ochib berilgan.
II bob. Yengil dizartriyali bolalarda monologik nutqni rivojlanganlik darajasini eksprimental o‘rganish
2.1. Yengil dizartriyali bolalar nutqini tekshirish metodikasi
Monologik nutq — so‘zlovchining o‘ziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini e’tiborda tutmaydigan nutq shakli. Ayrim dramatik asarlarda personajning monologik nutqi tomoshabinga qaratilgan bo‘ladi. Monologik nutq nasriy asarlarda ham bor. Monologik nutq uchun, odatda, tuzilish va mazmun jihatdan o‘zaro bog‘liq, o‘ziga xos kompozitsion qurilishga va mantiqiy tugallikka ega bo‘lgan matnning ma’lum bo‘lagi xos bo‘ladi. Monologik nutq og‘zaki (nutq bayon qilish) yoki yozma (publitsistika, memuarlar, kundaliklar) shaklida ifodalanishi mumkin. Monologik nutqning og‘zaki shaklida ohang (intonatsiya) muhim o‘rin egallaydi, yozma Monologik nutqda esa ohang matnning sintaktik konstruk-siyasiga, mantiqiy urg‘u tushuvchi so‘zlarning joylashish o‘rniga bog‘liq. Ichki Monologik nutqda monolog personajning ichki nutqi, o‘ylari shaklida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi dizartriyali bolalar nutqini tekshirishda bolalarni yosh va individul hususiyatlarini hisobga olindi.
Diagnostik materialga tavsif.
Taklif etilayotgan tadqiqot materiallari L.S. Vigotskiy va boshqa tadqiqotchilar ( S.Ya.Rubinshteyn, A.R.Luriya, A.N.Leontev va boshqalar)ning tomonidan taklif etilgan asosiy tamoyillarga tayanib yaratildi.
-Tizimli o‘rganish tamoyili.
-Kompleks yondoshuv tamoyili.
-dinamik o‘rganish tamoyili.( L.S.Vigotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” konsepsiyasiga tayaniladi.)
-Tadqiqot natijalarini sifatli - sonli tahlil qilish tamoyili.
Tadqiqot texnologiyasini ishlab chiqishda biz patopsixologiyadagi mashhur metod “o‘qitish tadqiqotiga” tayandik. (A.Ya.Ivanova )
Bolani tekshirishdan avval quyidagilarni o‘rganish zarur:
-tibbiy ma’lumotnomalarni o‘rganish;
-uni erta nutqiy rivojlanishini aniqlash, shuningdek, bola o‘zining nuqsonini biladimi, unga qanday munosabatda, ota – onalari avval logopedga murojaat etishganmi, natijalari qanday bo‘lganligini aniqlash;
- oilasi, nutqiy muhit haqida ma’lumotlar to‘plash;
- pedagogik- psixologik tekshiruv natijalarini tahlil qilish.
Taklif etilayotgan material quyidagi yo‘nalishlarga ajratilgan:
-kommunikativ nutqiy malakalarini o‘rganish;
-monologik nutqning rivojlanganligini (predmetli lug‘at, ot, sifat, olmosh. Ravish, ko‘p ma’noli so‘zlar, sinonimlar, antonimlarni tanlash, ma’nosiga ko‘ra yaqin so‘zlarni farqlash, umumlashtirish darajasi). Dizartriyali bolalarning nutqiy faoliyatini tekshirish bosqichma – bosqich amalga oshiriladi va nutqni tashkil etuvchi asosiy komponentlarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Har bir topshiriqqa ko‘rsatma ma’lum bir namuna bilan birgab yeriladi. Bu dizartriyali bolalar uchun muhim bo‘lib, ularni yo‘nalirishni ta’minlaydi. Qiyinchiliklar kuzatilganda bolaga yo‘naltiruvchi savollar, ko‘rsatmani takrorlash, na’munani tahlil qilish bilan yordam ko‘rsatiladi.
Nutqning rivojlanganlik darajasini baholash uchun biz tomondan balli sistema ishlab chiqildi. Topshiriqning bajarilish natijalari
5–balli tizimda baholandi. Har bir topshiriq alohida baholanadi va grafiklarda ko‘rsatiladi. Bu baho dizartriyali bolalarning nutqiy faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga , natijalarini boshqa bolalarniki bilan solishtirishga imkon beradi. Baholash vazifani bajarishni o‘ziga xosligini va to‘g‘ri bajarilishini ko‘zda tutadi ( ko‘rsatmalarni to‘g‘ri tushunish va qabul qilish, yordamni qabul qilish va undan foydalana olishi, hatolarini tuzata olish imkoniyati). Natijalarni sifatli –sonli tahlili nafaqat bitta bolani nutqini buzilish darajasini aniqlab qolmasdan, bu toifa bolalarning hammasi uchun tipik ko‘rsatkichni belgilaydi. Dizartriyali bolalarning bilish faoliyati hususiyatlarini hisobga olib (bilish faolligining sustligini), biz bilish faolligini oshiradigan turli xil metodlarni qo‘lladik; didaktik o‘yinlar, mashqlar, ko‘rgazmali materiallar, o‘yinchoqlar, rasmlar, sxemalar.
Nutqiy material bolalarni yoshi va nutqiy imkoniyatlarini hisobga olib tanlanadi. Berilayotgan topshiriqlar 5-6 yoshli dizartriyali bolalar uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga ko‘pgina topshiriqlarning bolalarda keng nutqiy tushuntirishlarni talab etmaydi. Logopedik ishning dinamikasini baholash uchun bolani o‘quv yilining boshida va oxirida tekshirish talab etiladi.
Taklif etilayotgan materiallarni qo‘llash quyidagi muammolarni yechish imkonini beradi:
- dizartriyali bolalarning rivojlanish xusuiyatlarini hisobga olish;
-nutqining hamma tomonini shakllanganlik darajasi haqida sifatli – sonli munosabatda hulosa chiqarish;
- bolalarning potensial imkoniyatlarini aniqlash;
- bolaning aniq jehtiyojlariga mos korreksion – rivojlantiruvchi ishni rejalashtirish.
-yakka yondoshuvni amalga oshirish;
-bosqichma- bosqich tekshirish natijaliriorqali dinamikani va keyingi yo‘nalishini aniqlash;
- tadqiqotchiga to‘sqinlik qiladigan omillarni bartaraf etish.
Yengil dizartriyali bolalarning o‘ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda biz birinchi navbatda ularning kommunikativ nutq malakalarini tekshirdik.
Ko‘pgina dizartriyali bolalarda diologik nutq bilan birga monologik (nutqni tushunish) ham buzilgan bo‘ladi. Biz yengil dizartriyali bolalar monologik nutqini tekshirib, olingan natijalarni son-sifat jihatidan tahlil qildik.
A.R.Luriya impressiv monologik nutqni tekshirishda uning ekspressiv tomoni bilan o‘zaro bog‘liqligini e’tiborga olish kerakligini ta’kidlaydi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, nutqni eshitishning buzilishi nutq artikulyatsiyasining va ekspressiv nutqning ikkilamchi buzilishiga olib keladi. Artikulyator jarayonlarning va ichki nutqning buzilishi nutq tovushlarini idrok qilish va nutq mazmunini tushunish kabi impressiv jarayonlarga ta’sir qiladi.
Monologik nutqning murakkabligi haqida A.S.Vigotskiy ham o‘z fikrlarini bildirgan. Uning fikricha, “Nutqni tushunish—tovush signali bo‘yicha reaksiyani bajarishdan ko‘ra ko‘proq va muhimroq narsadir”. Shunga ko‘ra biz ham bolalarda impressiv nutqni tekshirishni quyidagi topshiriqlarda amalga oshirdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |