Tadqiqotning ilmiy yangiligi: - maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi dizartriyali bolalarining monologik nutqini rivojlantirish yo‘l va usullarining hozirgi kundagi – zamonaviy holati ko‘rib chiqildi;
- dizartriyali bolalar monologik nutqini rivojlantirish yo‘llari va texnologiyalari ilmiy asoslab berildi;
- maktabgacha yoshidagi dizartriyali bolalar monologik nutqini rivojlantirishda didaktik o‘yinlarning roli ko‘rsatildi;
- maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi pedagoglari uchun yengil dizartriyali bolalarning monologik nutqini rivojlantirishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati quyidagilarda o‘z aksini topgan: - maktabgacha ta’lim tashkilotining tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlarda yengil dizartriyali bolalar nutqini rivojlantirish ishlari xolati o‘rganildi;
- mashg‘ulotlarda dizartriyali bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligini ta’minlovchi yo‘l va usullar belgilandi;
Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan pedagogik va metodik tavsiyalardan maxsus pedagogika, maxsus metodika fanlari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash‚ qo‘llanmalar yaratish‚ shuningdek, ta’lim - tarbiya jarayonida samarali foydalanish mumkin.
Shuningdek, dizartriyali bolalar ta’limi bo‘yicha metodik tavsiyalar‚ qo‘llanmalar, nutqni rivojlantirishga oid ilmiy - nazariy ma’ruzalar tayyorlashda‚ maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalari monologik nutqini rivojlantirish ishlarini takomillashtirishda‚ ish tajribalarini ommalashtirishda xizmat qiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati Maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi bolalari monologik nutqini rivojlantirishning samarali yo‘l va usullari belgilandi hamda tahlil qilindi. Tadqiqot materiallaridan maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari, tarbiyachilari va pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari foydalanishlari mumkin.
Himoyaga olib chiqiladigan asosiy holatlar: - maktabgacha yoshidagi dizartriyali bola monologik nutqini rivojlantirishda bolaning xususiyatlarini xisobga olgan xolda yondoshish;
- maktabgacha yoshidagi dizartriyali bola monologik nutqini rivojlantirishda maxsus pedagogikaga doir ilmiy-pedagogik usullar;
- maktabgacha yoshidagi dizartriyali bolalar monologik nutqini rivojlantirishda didaktik o‘yinlarning roli;
- dizartriyali bola monologik nutqini rivojlantirishda maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘qitish shakl va metodlari hamda samaradorlikka erishish yo‘llari;