Jadval ko‘rsatkichlari diagrammada quyidagicha ko‘rinish oldi:
2.4-rasm. Nutqni tushunish holatini tekshirish natijalari
Eksperiment jarayonida yengil dizartriyali 5 nafar (25%) bola tomonidan sodda va murakkab gaplarni tununishlari tekshiruvdan o‘tkazilganda ularning barchasi uchun ushbu topshiriq qiyinchilik tug‘dirmagani aniqlandi. Ular sodda va murakkab gaplarga mos ko‘rsatmalarni darhol mustaqil ravishda bajara oldilar. 7 nafar (35%) bola taklif qilingan predmetlarning harakatini ifodalagan sodda gaplarni to‘g‘ri tushunishlari, murakkkab gaplarni tushunishda esa yakka xatolarga yo‘l qo‘yishlari aniqlandi. 8 nafar (40%) bola topshiriqlarni bajarishda xatolarga yo‘l qo‘ydi, defektolog yordamidan foydalanib xatolarini to‘g‘rilay oladi.
Eksperimentda ishtirok etgan 4 nafar bolada grammatik shakllarni tushunish jarayonlari rivojlanganligi aniqlandi. 6 nafar bolada grammatik shakllarni tushunish jarayonlari yetarlicha shakllangan, ayrim hollarda grammatik shakllarni tushunishi bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishda alohida xatolarga yo‘l qo‘yishi kuzatildi. 10 nafar bola esa gaplarni, otlarni birlik va ko‘plikda, yordamchi so‘zlarni tushunishga oid berilgan topiriqlarni xato bajardi, kichiraytirish-erkalatish so‘z yasovchi qo‘shimchalarni tushunmadi, grammatik shakllarni tushunish jarayonida kamchiliklar kuzatildi. Tekshirish ishlari jarayonida so‘zlarni, gaplarni, otlarni birlik va ko‘plikda tushunish yetarlicha shakllanmagan yoki topshiriqlarni umuman bajara olmagan bolalar kuzatilmadi.
2.5-rasm. Nutqni tushunish holatini tekshirish natijalarining o‘rtacha qiymati
Yuqoridagi diagrammaga ko‘ra, so‘zlari, gaplari, grammatik shakllarni tushunish jarayonlari rivojlangan va 5 ballik natijaga ega bolalar 26%ni, so‘zlarni, grammatik shakllarni tushunishi bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishda alohida xatolarga yo‘l qo‘ygan, xatolarini mustaqil to‘g‘rilagan, so‘zlarni, gaplarni tushunishda kamchiliklar kuzatilmagan va 4 ballik natijga ega bolalar 39%ni, so‘zlar va gaplarni birlik va ko‘plikdagi, otlarni yordamchi so‘zlarni tushunishga oid berilgan topiriqlarni xato bajargan, kichiraytirish-erkalatish so‘z yasovchi qo‘shimchalarini tushunmagan hamda yordamdan foydalanib, xatolarini to‘g‘rilay olgan (3 ball) bolalar 35%ni tashkil etdi.
Tekshirish natijalarining tahlili maktabgacha yoshdagi yengil dizartriyali bolalarning ko‘pchiligida so‘z o‘zgartirish funksiyasining yetarlicha shakllanmaganligi kuzatildi, bu esa nutqning faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |