Fonematik tahlil holatini tekshirishning baholash mezonlari
5 ball bolada fonematik idrok to‘liq shakllangan, fonematik eshituvi rivojlangan
4 ball bolada fonematik idrok yetarlicha shakllangan. Bola oppozitsion tovushlar, turli bo‘g‘inlarga oid berilgan topiriqlarni bajarishda xatoga yo‘l qo‘yadi, xatolarini mustaqil to‘g‘rilaydi; ayrim hollarda fonematik tahlil va sintezni tekshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishda alohida xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bolaning fonematik eshituvida kamchiliklar kuzatilmaydi
3 ball bolada fonematik idrok to‘liq shakllanmagan. Bola oppozitsion tovushlarni, turli bo‘g‘inlarga oid berilgan topiriqlarni xato bajaradi, ayrim hollarda fonematik tahlil va sintezni tekshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishda so‘zdagi tovushlar sonini va so‘zda tovushning o‘rnini aniqlashga, aytilgan tovushga mos so‘z topishga qiynaladi. Bolaning fonematik eshituvida kamchiliklar kuzatiladi
2 ball bolada fonematik idrok shakllanmagan. Bola oppozitsion tovushli bo‘g‘inlarni va jumlalarni takrorlash, topshiriqlarni bajarishda xatolarga yo‘l qo‘yadi, fonematik tahlil va sintezni tekshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishda so‘zdagi tovushlar sonini va so‘zda tovushning o‘rnini aniqlashga, aytilgan tovushga mos so‘z topishga qiynaladi. Bolaning fonematik eshituvida kamchiliklar kuzatiladi
1 ball bolada fonematik idrok shakllanmagan, fonematik eshituvda kamchiliklar kuzatiladi
9-topshiriq. So‘zlarning tushunilishini tekshirish. Defektolog bolaga bir necha turdagi (tana qismlari, uy jihozlari, o‘yinchoqlar, ko‘chma ma’nosida kelgan so‘zlarga oid bo‘rtma rasmlar, tabiiy ob’ektlar, mulyajlar, o‘yinchoqlar) premetlarni taqdim etadi va bola esa nomi atilgan predmetni ko‘rsatishi kerak. Masalan, bola tana qismlariga oid so‘lar, ya’ni bosh, ko‘z, qosh, barmoq kabilarni ko‘rsatish so‘ralganda o‘z tana a’zolarini ko‘rsatishi kerak.
10-topshiriq. Gaplarni tushunilishini tekshirish. Bolalarga vaziyatlar tasvirlangan bo‘rtma rasmlar taqdim etiladi (yoki vaziyatlar og‘zaki tasvirlanadi) va ularga mos sodda gaplar beriladi. Masalan, “Qizcha o‘tiribdi”, “Bola o‘tiribdi”, “Bola ovqatlanyapti”, “ Bolada mashina bor”, “Qizcha sakradi” va hokazo. Yuqoridagi topshiriqni muvafaqqiyatli bajargan bolalarga murakkab gaplar aytildi. (3-ilova). Texnologiya negizida yengil dizartriya kamchiligi bo‘lgan bolalarning nutq mazmunini tushunishlari muayyan baholash mezonlariga muvofiq aniqlanadi.
Yengil dizartriya kamchiligi bo‘lgan bolalarning nutq mazmunini tushunishlariga oid baholash mezonlari
5 ball bolada so‘zlarni, gaplarni, grammatik shakllarni tushunish jarayonlari rivojlangan
4 ball bolada so‘zlarni, gaplarni, grammatik shakllarni tushunish jarayonlari yetarlicha shakllangan. Ayrim hollarda grammatik shakllarni tushunishi bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishda alohida xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bola berilgan topiriqlarni bajarishda xatoga yo‘l qo‘yadi, xatolarini mustaqil to‘g‘rilaydi, so‘zlarni, gaplarni tushunishda kamchiliklar kuzatilmaydi
3 ball bola so‘zlarni, gaplarni, otlarni birlik va ko‘plikda, yordamchi so‘zlarni tushunishga oid berilgan topiriqlarni xato bajaradi, kichiraytirish-erkalatish so‘z yasovchi qo‘shimchalarini tushunmadi. Bola topshiriqlarni bajarishda xatolarga yo‘l qo‘yadi, defektolog yordamidan foydalanib xatolarini to‘g‘rilay oladi.
2 ball bolada so‘zlarni, gaplarni, otlarni birlik va ko‘plikda tushunish yetarlicha shakllanmagan. Bola topshiriqlarni bajarishda xatolarga yo‘l qo‘yadi, pedagog tomonidan ko‘rsatilgan yordamdan foydalana olmaydi
1 ball bola topshiriqlarni umuman bajara olmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |