Fonematik tahlil holatini tekshirish natijalari
№
|
TOPShIRIQLAR
|
Fonematik tahlil holatini
baholash
(% xisobida)
|
5 b
|
4 b
|
3 b
|
2 b
|
1 b
|
1.
|
Nonutqiy tovushlarni tanish
|
50
|
35
|
15
|
-
|
-
|
2.
|
Tovush tarkibiga ko‘ra yaqin so‘zlarni farqlash
|
20
|
30
|
50
|
-
|
-
|
3.
|
Eshitish xotirasi va nutqni tushunishni tekshirish
|
25
|
30
|
45
|
-
|
-
|
5.
|
Oppozitsion tovushli bo‘g‘inlarni qaytarish
|
20
|
40
|
40
|
-
|
-
|
6.
|
Elementar tovushni tahlil qilish ko‘nikmalari
|
20
|
40
|
40
|
-
|
-
|
Jadval ko‘rsatkichlari diagrammada quyidagicha ko‘rinish oldi:
2.1-rasm. Fonematik tahlil holatini tekshirish natijalari.
Ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlarining natajalarini tahlil qilish jarayonida yengil dizartriyali 5-7 yoshli bolalarning fonematik tahlil holati bo‘yicha o‘rtacha qiymatni o‘rgandik (2.2-rasm). Fonematik idrok to‘liq shakllangan, fonematik eshitish qobiliyati rivojlangan bolalarning 23% ni, fonematik idroki yetarlicha shakllangan, biroq oppozision tovushlar, turli bo‘g‘inlarga oid berilgan topiriqlarni bajarishda xatoga yo‘l qo‘ydi, biroq xatolarini mustaqil to‘g‘rilagan hamda ayrim hollarda fonematik tahlil va sintezni tekshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishda alohida xatolarga yo‘l qo‘ygan bolalar 30%ni, fonematik idrok to‘liq shakllanmagan, oppozision tovushlarni, turli bo‘g‘inlarga oid berilgan topiriqlarni xato bajargan, fonematik tahlil va sintezni tekshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishda so‘zdagi tovushlar sonini va so‘zda tovushning o‘rnini aniqlashga qiynalgan, aytilgan tovushga mos so‘z topa olmagan, fonematik idrokida kamchiliklar kuzatilgan bolalar 47%ni tashkil etdi.
2.2-rasm. Fonematik tahlil holati bo‘yicha o‘rtacha qiymat.
Eksperimental tekshirish jarayonida ekspressiv dizartriyali bolalarning fonematik idrokini o‘rganish holati ham o‘rganildi. Mazkur eksperimental tekshirish natijalari quyidagi jadvalda aks ettirildi (2.3-jadval).
Quyidagi jadvalda ifodalanganidek, tovushlar talaffuzi va fonematik idroki me’yorda rivojlangan bolalar 2 nafar (10%), tovushlar talaffuzi va fonematik idrokida kamchiligi bo‘lgan bolalar 13 nafar (65%), tovushlar talaffuzi kamchiligi bo‘lgan fonematik idroki me’yorda bo‘lgan bolalar bolalar 2 nafar (10%), tovushlar talaffuzi me’yor va fonematik idroki rivojlanmagan bolalar 3 nafar (15%)ni tashkil etdi. Tekshiruvimiz jarayonida tovushlar talaffuzida kamchilik bo‘lgan fonem idroki me’yorda bo‘lgan bolalar kuzatilmadi.
2.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |