2.2. Dizartriyali bolalar monologik nutqini tekshirish natijalari
Tekshiruv ishlarimizni 3 bosqichda olib bordik.
1-bosqichda guruh logopedlari bilan suhbatlashdik. Suhbat davomida bolaning rivojlanish tarixini aniqladik, bola hujjatlarini o‘rgandik;
2-bosqichda yuqorida berilgan metodika asosida bolalar nutqining leksik tomonini o‘rgandik;
3-bosqichda turli faoliyatlar jarayonida (o‘yin faoliyati, o‘qish faoliyati) bolalar ustidan kuzatuv ishlarini o‘tkazdik.
Bolalarni tekshirishga kirishishdan avval ularning fiziologik eshituv qobiliyati, intellektual holati haqidagi to‘liq ma’lumotlarni yig‘dik. Logoped tekshiruvda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha natijalarni qayd qildik:
dizartriyali bolalar monologik nutqini o‘rganish;
dizartriyali bolalar faol lug‘atini o‘rganish.
Dizartriyali bolalarda monologik nutqini tekshirishni tekshirish natijalari 2.1-jadvalda keltirilgan.
Dizartriyali bolalarda monologik nutqini tekshirishni tekshirish natijalari
2.1-jadval
№
|
Topshiriqlar
|
Dizartriyali bolalar
|
Bolalarning to‘plagan ball ko‘rsatkichlari
(% hisobida)
|
5
|
4
|
3
|
2
|
1
|
|
|
|
|
|
1
|
Dialog
|
10%
|
30%
|
40%
|
20%
|
-
|
2
|
Og‘zaki shaklda beriladigan buyruqlarni bajarish
|
-
|
40%
|
30%
|
30%
|
-
|
3
|
Ko‘plik va birlik shaklida kelgan ot va fe’llarni tushunish
|
-
|
30%
|
30%
|
30%
|
10%
|
4
|
Gaplarni so‘zlarning ma’nosi asosida tushunish darajasini tekshirish
|
-
|
20%
|
50%
|
20%
|
10%
|
Dizartriyali bolalar monologik nutqini tekshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar natijasida quyidagilarni aniqladik:
1-topshiriq Dialog. Bolalarga 10 nafar birin-ketin soddadan murakkablashib boruvchi savollar beriladi. (Savol: Aytchi isming nima?, Necha yoshdasan?, Bu yerga kim bilan kelding? va x.k ). Topshiriq bolalarda tasvirlangan adekvat faoliyatni aniq seleantik-sintaktik masalasini hal qilib, savolni tushunish ko‘nikmasini aniqlashdan iborat edi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, ko‘pgina dizartriyali bolalar savollarni tushunishga biroz qiynalishdi, dialog mazmunini tushunishi uchun qo‘shimcha savol zarurati tug‘ildi. (Bola, qizcha nima qilyapti?). 1-topshiriq bo‘yicha 10% (2 nafar) bola logoped tomonidan berilgan barcha savollarni tushundi. 30% (6 nafar) bola savollarga ikkilanib, turli imo-ishoralar yordamida javob berishga harakat qildi. 40% (8 nafar) bola savollar logoped tomonidan bir necha marotaba takrorlanganidan so‘ng tushundi. 20% (4 nafar) bola savollar logoped tomonidan bir necha marotaba takrorlanganidan keyin ham faqatgina ba’zi birlarini tushundi. Oilangizda eng kattasi kim?, Nonushtaga nima yeding?, Oilada nechanchi farzandsan?,Yozda qaerda dam olding? Kabi savollarni tushunish bola uchun qiyinchilik tug‘dirdi.
Bolalarda 2-topshiriq ya’ni – og‘zaki shaklda berilgan (kitobni ol, eshikni yop, stulga o‘tir) topshiriq bolalarda predmetlar orasidagi mantiqiy-ma’noviy bog‘liqlikni o‘rnatgan xolda buyruqlarni bajarish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan edi. Bolalarga og‘zaki shaklda sodda va murakkablashgan buyruqlar (bunda bolaga bir gap bilan ketma-ket 2-3 harakatni bajarish) berilganidan so‘ng, faqat 40% (8nafar) ishtirokchi topshiriqlarni ikkilanib, lekin to‘g‘ri bajardi, 30% (6 nafar) bola logoped tomonidan savollar bir necha marotaba takrorlanganidan so‘ng tushundi, 30% (6 nafar) bola savollar logoped tomonidan bir necha marotaba takrorlanganidan keyin ham faqatgina ba’zi bir buyruqlarni tushundi. Bolalar bir gap bilan ketma-ket 2-3 harakatni bajarishga asoslangan buyruqlarni tushunishga qiynaldilar.
3-topshiriq bo‘yicha 30% (6 nafar) bolalar ko‘plik va birlik shaklida kelgan ot va fe’llarni tushunish va ajratish shaklida berilgan topshiriqlarni ikkilanib, lekin to‘g‘ri bajardilar. Jumladan, ular rasmda tasvirlangan predmetlarni birlik yoki ko‘plikda ekanligini to‘g‘ri ajratdilar. 30% (6 nafar) bola logoped tomonidan topshiriq takrorlangandan keyin, yordam bilan topshiriqlarni tushundi va bajardi. Bunda bolalarga yordam sifatida yo‘naltiruvchi savollar berildi. 30% (3 nafar) bola logoped tomonidan savollar bir necha marotaba takrorlanganidan keyin faqatgina ba’zi birlarini tushundi. Bolalarda ko‘proq ko‘plik va birlik shaklida kelgan fe’llarni tushunish va ajratishda qiyinchiliklar kuzatildi. 10% (2 nafar) bola topshiriqni umuman bajara olmadi.
4-topshiriq bo‘yicha 20% (4 nafar) bolalar gaplarni so‘zlarning ma’nosi asosida tushunish darajasini tekshirishga qaratilgan topshiriqlarni ikkilanib, lekin to‘g‘ri bajardilar. Bunda bolaga bir guruh rasmlar ko‘rsatildi. Boladan talab etilgan rasmni ko‘rsatish talab qilinadi, 50% (10 nafar) bola logoped tomonidan topshiriq takrorlangandan keyin, yordam bilan vazifani tushundi va bajardi. Bunda bolalarga yordam sifatida yo‘naltiruvchi savollar berildi. 20% (4 nafar) bolalar logoped tomonidan savollar bir necha marotaba takrorlanganidan keyin faqatgina ba’zi bir so‘zlar ma’nosini tushundi. Bolalarda ko‘proq baland va past tushunchalarini tushunish va ajratishda qiyinchiliklar kuzatildi. 10% (2 nafar) bola topshiriqni tushunmadi va bajara olmadi.
Fonematik idrok rivojlanishidagi kamchiliklar, bola tomonidan tovushlarni noto‘g‘ri idrok etishga va natijada tovushlarni buzib talaffuz qilishga yoki boshqa bir tovush bilan almashtirishga olib keladi. Bu bolalarda o‘z tengdoshlaridan farqli ravishda nutq tovushlarini talaffuzida ularni so‘z ichida ajrata olishida, tovushlarni nutqda qo‘llashda kamchiliklar kuzatiladi (2.2-jadval).
Yengil dizartriyali bolalar fonematik tahlil qilish malakasinini holatini tekshirish natijalarining tahliliga ko‘ra, nonutqiy tovushlarni tanish topshirig‘ini 50% (10 nafar) bolalar to‘g‘ri va yordamdan foydalanmagan holda, 30% (6 nafar) bolalar yakka xatolarga yo‘l qo‘yish va xatolarini to‘g‘rilash yo‘li bilan, 20% (4 nafar) bolalar esa topshiriqni bir necha bor urinishlar asosida bajardilar.
Tovushning balandligi, kuchi, tembrini farqlash topshirig‘ining natijalari quyidagicha: 20 nafar (50%) bolalarning fonematik eshitishi to‘liq rivojlangan, 7 nafar (35%) bolada fonematik idrok yetarlicha shakllangan, 3nafar (15%) bolalar topshiriqlarni bajarish jarayonida qiyinchiliklarga duch keldilar.
Tovush tarkibiga ko‘ra yaqin so‘zlarni farqlash topshirig‘ining natajalariga ko‘ra, 20 nafar (4%) bolada fonematik idrok to‘liq shakllangan, 6 nafar (30 %) bola berilgan topiriqlarni bajarishda xatoga yo‘l qo‘ydilar, biroq xatolarini mustaqil to‘g‘riladilar, 10 nafar (50%) bola topiriqlarni xato bajaradi.
Eshitish xotirasi va nutqni tushunishni tekshirish natijalariga ko‘ra, 5 nafar (25%) bolalar topshiriq mazmunini tushunib to‘g‘ri bajarishdi, 6 nafar (30%) bolada fonematik eshitishida kamchiliklar kuzatilmasa-da, nutqni tushunishda qiyinchiliklarga duch keldilar va berilgan topshiriqlarni ketma-ket bajarishda xatolarga yo‘l ko‘ydilar, 9nafar (45%) bolaning eshitish xotirasida kamchiliklar kuzatildi.
Oppozitsion tovushli bo‘g‘inlarni qaytarishga doir topshirqni mustaqil va to‘g‘ri bajargan bolalar soni - 4 nafarni (20%), oppozitsion tovushlar, turli bo‘g‘inlarga oid berilgan topiriqlarni bajarishda xatoga yo‘l qo‘ygan, biroq xatolarini yordamchi savollarsiz o‘zlari to‘g‘rilagan bolalar soni – 8 nafarni (40%), oppozitsion tovushlarni, turli bo‘g‘inlarga oid berilgan topiriqlarni xato bajargan bolalar soni – 8 nafarni (40%) tashkil etdi.
Elementar tovushni tahlil qilish ko‘nikmalari 4 nafar (20%) bolada to‘liq shakllangan, 8 nafar (40%) bola ayrim hollarda fonematik tahlil va sintezni tekshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishda alohida xatolarga yo‘l qo‘ydilar, 8 nafar (40%) bola fonematik tahlil va sintezni tekshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishda so‘zdagi tovushlar sonini va so‘zda tovushning o‘rnini aniqlashga, aytilgan tovushga mos so‘z topishga qiynaladilar.
2.11-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |