Tadqiqotning maqsadi – Yengil dizartriyali bolalarda monologik nutqni rivojlantirishning samarali yo‘l va usullarini tadqiq etish metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
yengil dizartriyali bolalarda monologik nutqni rivojlantirish mavzusiga oid umumiy va maxsus adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;
eksperimental tadqiqot asosida monologik nutqini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xolati, ularning xususiyatlarini o‘rganish
dizartriyali bolalar monologik nutqini, hamda undagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha korreksion pedagogik ish mazmunini aniqlash logopediya fanida dolzarb muammo ekanligi asoslash;
tadqiqot natijalariga tayangan hola maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar bo‘yicha ilmiy – amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot predmeti: yengil dizartriyali bolalarning nutqini rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqot ob’ekti: yengil dizartriyali bolalarning nutqini rivojlantirishga yo‘naltirilgan korreksion-rivojlantiruvchi ishlar mazmuni, shakl va metodlari.
Tadqiqot metodlari:
- tanlangan mavzuga oid pedagogik, psixologik, defektologik, maxsus metodik adabiyotlar ro‘yhatini tuzish, ularni tahlil qilish;
- defektologlarning ish tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;
- maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim jarayoninida mashg‘ulotlarni kuzatish, tahlil qilish;
- tajriba-sinovlarni o‘tkazish, natijalarini tahlil qilish.
Tadqiqotning metodologik asosini –O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni (2020), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilingan Davlat dasturlari, sharq mutafakkirlarining ma’naviyat, milliy o‘zlikni anglash, komil insonni tarbiyalash haqidagi falsafiy – ahloqiy qarashlari, L.Vigotskiyning birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarning namoyon bo‘lishi haqidagi ta’limoti, R.E.Levina tomonidan ishlab chiqilgan nutq nsqsonlarini tahlil qilish tamoyillari, nutqni o‘rganish va ontogenezda nutqni egallash qonunlari tashkil etadi.
Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi:
tadqiqot mavzusi bo‘yicha falsafiy, psixologik – pedagogik lingvistik va metodik adabiyotlarni nazariy tahlil qilish;
yengil dizartriyali bolalar monologik nutqini tekshirish (ta’kidlovchi eksperiment);
pedagogik jarayonini kuzatish va tahlil qilish;
maxsus maktabgacha tashkilotlar reja hisobot hujjatlari, tarbiyalanuvchilarning tibbiy – pedagogik xujjatlarini o‘rganish, bolalar, logopedlar, tarbiyachilar va ota – onalar bilan yakka suhbatlar o‘tkazish;
tadqiqot natijasini son va sifat bo‘yicha tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |