Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va asoslanganligi: Tadqiqotning maqsadi‚ vazifasi‚ ob’ekt va predmetiga mos metodlar tanlandi; nazariy qoidalar amaliyot natijalariga bog‘landi; maktabgacha ta’lim tashkiloti boshlang‘ich ta’lim bosqichi bola monologik nutqini rivojlantirish usullari‚ shakllari‚ yo‘llari va vositalari majmui yaratildi; tajriba- sinov guruhlarida bola monologik nutqini rivojlantirish yo‘l va usullari olib borilgan tajriba-sinov natijalari asosida tasdiqlandi va tadqiqotchining shaxsan ishtirok etishi bilan o‘z ifodasini topdi.
Tadqiqotning ilmiy farazi Maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi dizartriyali bolalarining monologik nutqini rivojlanadi, shu bilan bir qatorda boshqa maktab ta’limiga nutqiy tayyorgarlik darajasi ancha oshadi va ijtimoiy reabilitatsiyasini to‘laqonli amalga oshirish uchun tayyor bo‘ladi.
Agar:
maktabgacha ta’lim tashkilotida tayyorlov guruhlarda mashg‘ulotlarda bolalar nutqi dizartriyali bolalarning yoshini, rivojlanishidagi xususiyatlarini xisobga olgan xolda ishlab chiqilgan maxsus yo‘l va usullar asosida rivojlantirilsa;
- maktabgacha yoshidagi dizartriyali bolalar monologik nutqini rivojlantirishda ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanilsa;
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari defektologlar bilan hamkorlikda dizartriyali bolalar nutqini rivojlantirish, undagi kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini dasturga muvofiq talab darajasida amalga oshirishsa.
Tadqiqot bosqichlari: Birinchi bosqich (2020-2021 o‘quv yilida) - mavzuga doir adabiyotlar o‘rganildi, hujjatlari tahlil etildi, pedagoglar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Bu davrda maktabgacha ta’im tashkiloti ish hujjatlari, nutq rivojlantirish mashg‘ulotlarining rejalari, nutq rivojlantirish mashg‘ulotlarida bolalar nutqining rivojlanganlik darajasi o‘rganildi, ta’kidlovchi eksperiment o‘tkazildi, tahlil etildi.
Toshkent viloyati Toshkent shaxri 480-sonli ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhlarida nutq rivojlantirish mashg‘ulotlarida ta’kidlovchi tajriba – sinov ishlari o‘tkazildi.
Ikkinchi bosqich (2021-2022 o‘quv yilida) - maktabgacha ta’lim tashkilotining tayyorlov guruhlarida nutq rivojlantirish mashg‘ulotlarida yengil dizartriyali bolalar monologik nutqini rivojlantirish samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan korreksion - pedagogik ishlar tizimi ishlab chiqildi. bajarilgan ishlar umumlashtirilib, maqolada yoritildi va chop etildi.
480-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining maktabga tayyorlov guruhlarida nutq rivojlantirish mashg‘ulotlarida ta’limiy tajriba – sinov ishlari o‘tkazilib, tadqiqot natijalari tahlil qilindi va ishlab chiqqan modelning maktab amaliyotiga joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, metodik ko‘rsatma va chop etish uchun maqola yozildi.
Pedagogik tajriba-sinov natijalari dizartriyali bolalar nutqini mashg‘ulotlarda nutq rivojlantirish ishlari maxsus yaratilgan tizim asosida olib borilishi yuqori samaraga erishishni ko‘rsatdi.