Dizartriya nutq nuqsonini bartaraf etishninng korreksion vazifalari
403-guruh talabasi
Qosimova Nafosat
Annotatsiya
Maqolada dizartriya nutq nuqsonini bartaraf etishninng korreksion vazifalari, korreksion ishlarning ahamiyati, bosqichlari. Korreksion ishlarning to’g’ri yo’lga qo’yish va ularning samaradorligini baholash haqida so’z boradi. Dizartriya nutq nuqsonini bartaraf etishdagi ahamiyati haqida zaruriy malumotlar beriladi
Аннотации
В статье рассматриваются коррекционные задачи дизартрийного дефекта речи, значение коррекционной работы, этапы. Речь идет о корректировке корректирующих действий и оценке их эффективности. Даны необходимые сведения о значении дизартрии в лечении дефектов речи.
Abstract
The article deals with the corrective tasks of dysarthria speech defect, the importance of corrective work, stages. It is about correcting corrective actions and evaluating their effectiveness. Necessary information is given about the importance of dysarthria in the treatment of speech defects
Kalit so’zlar: Dizartriya, rivojlanish, kognitiv,artikulyatsion gimnastika, dinamik va statik nafas, logopediya, ijtimoiy va shaxsiy omillar, diagnostikasi va korreksiyasi jarayonlari.
Nutqning rivojlanishda ta‘lim-tarbiya ijtimoiy hamda biolagik omillarning ta‘siri ham kattadir. Buyuk mutaffakirlarimiz Yusuf Xos Hojib odob, axloq ta‘l imtarbiya hamda ma‘naviy kamolotning yо’l-yо’riqlarini qomusiy asari ―Qutadg’u-blig‖ asarida bilim zakovat soxibi bо’lishining asosiy kalitini til bayon qiladi. Til tufayli kishi о’z bilimi, aql idrokini, zakovotini til, sо’z orqali bildiradi degan fikrlarini uqtiradilar [2].
Nutq faqat inson uchun xos bо’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta‘sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalarsistemasidir. Gapiruvchi о’z fikrini bayon etish uchun zarur bо’lgan sо’zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog’laydi va nutq a‘zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi.
Odam nutqi tushunarli va ma‘noli bо’lishi uchun nutq a‘zolarining xarakatlarianiq va tо’g’ri bо’lishi kerak.Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillariga ta‘rif bergan dastlabki tadqiqotchilardan biri R.YE.Levina hisoblanadi. Bundan oldin ham kо’pchilik olimlar nutq buzilishlari, ularning kelib chirqish sabablarini, bartaraf etish hamda fikr mulohazalar bildirganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotining nutq buzilishlarini о’rganish borasida qо’lga kiritgan muvaffaqiyatlarining katta ta‘siri bо’lib, A.Kusmaul nutq buzilishlarining dastlabki turlari haqidagi yig’ilgan tasavvurlarini tanqid ostiga oldi; ularni sistemalashtirdi, atamalarni tartibga keltirdi.
Dizartriyani bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan logopedik ta’sir tizimi kompleks ravishda amalga oshiriladi, ya’ni artikulyatsion apparat massaji va gimnastik mashqlari, ovoz va nafas ustida ishlash, umumiy davolash, davolovchi jismoniy - tarbiya, fizioterapiya va dori - darmonlar bilan davolash ishlari.
Asosiy diqqat bolada nutkning rivojlanishi holatiga, nutqning leksik-grammatik tomoniga hamda nutqning aloqa funksiyasi xususiyatlariga qaratiladi. Maktab yoshidagi bolalarda yozma nutq holati ham xisobga olinadi.
Uzoq vaqt davomida muntazam ravishda olib borilgan mashg‘ulotlar sekin-asta artikulyatsion apparat, apparat motorikasini normallashtiradi, artikulyatsion harakatlarni rivojlantiradi, artikulyatsiya a’zolarida ixtiyoriy harakatlarni bir harakatdan boshqa bir harakatga o‘tish qobiliyatini shakllantiradi, hamda fonematik eshituvni to‘la qonli ravishda rivojlantirishga yordam beradi.
Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning usullari AG. Ippalitova, O.V. Pravdina, V.V. Ippalitova, YE.M. Mastyukova, G.V. Chirkina, I.I. Panchenko, va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |