Quyida teshik kulchalarning assortimenti tavsiflanadi. Bubliklar. Bular teshik kulchalar va mayda teshikkulchalarga nisbatan o’lchami va diametrining sal kat-taroq bo’lishi bilan farq qiladi. Bubliklarning bir donasining massasi 50—100 grammni tashkil etadi. Xamirning tarkibiga kanday xom ashyo kirganligiga qarab bubliklar Ukraina nomli (12% qand va 8% margarin qo’shilgan), ko’knor urug’li (3% qand qo’shilgan), sutli (15% sut ko’shilgan) va oddiy bubliklarga bo’li-nadi.
Teshik kulchalar. Bu mahsulotlar oliy, 1-, 2- nav unlaridan tayyorlanadi. Teshik kulchalar bubliklarga nisbatan maydaroq, 1 kg mahsulotda 25—50 dona bo’li-shi mumkin. Teshik kulchalar ham repepturasiga qarab shakarli, ko’knor urug’i sepilgan, xantalli, yog’li, tuxumli va boshqa turlarga bo’linadi.
Mayda teshik kulchalar (sushka). Bular teshik kul-chalardan o’lchamining kichikroqligi va namligi bilan farq kiladi. Xamirning resepturasiga qarab bular ham oddiy va tarkibi boyitilgan turlarga bo’linadi. Bu turdagi teshik kulchalarning 1 kg ida 90—150 dona-gacha bo’lishi mumkin.
Teshik kulcha mahsulotlari sifatiga qo’yiladigan ta-lablar. Bu mahsulotlarning sifati tashki ko’rinishi, ta’mi, rangi, xidi, namligi, nordonligi, bo’kuvchan-ligi, tarkibida qand va yog’ moddalarining miqsori kabi ko’rsatkichlari asosida baholanadi.
Mahsulotning shakli aynan shu turga xos (duma-loq, oval), yuzasi silliq, yaltiroq, shishgan joylari bo’lmasligi, ko’knor urug’lari va ziralar bir tekis sepilgan bo’lishi kerak. Rangi och sarikdan to sariq-jigar ranggacha, mag’zi esa yaxshi yumshagan, singib pish-gan, mayda g’ovakchali, aralashmay qolgan xamirlar bo’lmasligi kerak. Ta’mi va xidi esa o’ziga xos, yokimli, sho’r va achchiq ta’m sezilmasligi va boshka begona xid va ta’mlar ham bo’lmasligi kerak.
Teshik kulcha maxsulotlarining namligi ko’p bo’lmay-di: mayda teshik kulchalarda — 9—12 foiz, teshik kulchalarda — 9—18 foiz, bubliklarda esa 22—27 foiz miqsorda bo’ladi. Bu mahsulotlarning nordonligi ular-ning turiga qarab 2,5—3,5° atrofida bo’ladi.
Mayda teshik kulchalar uchun asosiy ko’rsatkichlar-dan yana biri ularning bo’kuvchanligi hisoblanadi. Bo’kuvchanlik 60°S haroratdagi suvda teshik kulchalarni 5 minut davomida ushlab turib anikdanadi. Bo’kuvchan-lik yaxshi bo’lganda mahsulotning hajmi kamida 2,5— 3,0 barobar ortishi kerak, oilasidan oziq-ovqat ahamiyatiga ega bo’lganlari no’xat, loviya, mosh, yasmiq, soya hisoblanadi. Uchinchi guruhga kiruvchi don ekin grechixa hisoblanadi.
Donning tuzilishi. Hamma donlarning tuzilishi ham deyarli bir-biriga o’xshashdir. Hamma donlar ham po’stloq bilan qoplangan bo’ladi. Don po’stloqlari sirt-qi va ichki po’stlokdardan tashkil topgan. Bu po’stloq-lar don massasining 6—8 foizini tashkil etib, aso-san tarkibi kletchatka, gemisellyuloza kabi moddalar-dan iboratdir. Ularning un va yormalar tarkibida ko’p yoki oz miqsorda bo’lishi mahsulot rangining o’zgari-shini belgilaydi.
Po’stlardan keyin don aleyron qavatdan tashkil topgan bo’ladi. Aleyron qavat donning turiga qarab don massasining 3—14 foizini tashkil etadi. Masa-lan, bug’doyda aleyron qavatning hissasi 3,5—9,5 fo-izni tashkil etsa, bu ko’rsatkich tariq donida 3—6 foizni, arpa donida esa 12—14 foizni tashkil etadi.
Endosperma yoki unsimon o’zak don massasining 80 foizga yakinini tashkil etadi. Bu kiyem un va yorma mahsulotlari ishlab chiqarishda eng qimmatli hisob-lanadi. Endosperma asosan kraxmaldan va oqsil mod-dalardan, kam miqdorda qand, yog’, vitaminlar va mineral moddalardan tashkil topgan bo’ladi. Endosper-madan asosan yuqori navli unlar tayyorlanadi.
Murtak tirik hujayralardan tashkil topib, donning o’sishini ta’minlaydi. Murtak bug’doyda don massasining 2,5 foizini, sulida — 3, guruchda — 2, mak-kajo’xorida — 10 foizini tashkil etadi. Murtakda boshqa kismlarga nisbatan ko’p miqdorda yog’, oqsil, qand, mineral moddalar, vitaminlar va fermentlar bo’ladi.
Donning kimyoviy tarkibi. Donning inson hayotida ahamiyati asosan uning kimyoviy tarkibi bilan belgi-lanadi. Donning kimyoviy tarkibi uning turiga, navi-ga, o’sish sharoitlari, agrotexnik jarayonlarning olib borilishi va boshqa omillarga qarab birmuncha uzgarib turadi. Lekin, har xil sharoitda ham don tarkibida inson organizmi uchun zarur bo’lgan oqsil, uglevod, yog’, mineral moddalar va vitaminlar albatta bo’la-di. Boshokli donlarda o’rtacha oqsil miqsori 10—12 foizni, uglevodlar — 65—70 foizni, yog’ — 1,5—4,0 foizni, mineral moddalar esa 1,5—2,0 foizni tashkil etadi.Dukkakli donlar esa oqsilga boyligi bilan ajra-lib turadi va ularda oqsil miqdori 20—30 foizni tashkil etadi.
Donda uchraydigan asosiy vitaminlar — V,, V2, V3, V6, V|g, RR, Ye va karotin hisoblanadi. Bu vitaminlar asosan donning aleyron kavati va murtagida uchraydi.
Donning sifatiga talablar. Donlarning sifatini baholashda organoleptik va laboratoriya usullaridan keng foydalaniladi. Donning asosiy organoleptik ko’rsatkichlariga rangi, hidi va ta’m ko’rsatkichlari kiradi.
Donning rangi uning yangi yoki eskiligidan dalo-lat beradi. Yangi yig’ishtirilgan don tabiiy jilola-nuvchan, aynan shu donga xos rangga ega bo’ladi. Don rangining o’zgarib tovlanishini yo’qotishi donning noqulay sharoitda yig’ishtirilganligi, quritilganligi yoki saqlanganligi natijasida vujudga keladi.
Donning hidi o’ziga xos, kam seziluvchan bo’ladi. Donda begona hidlarning paydo bo’lishi donning tashki muhitdan har xil begona hidlarni o’ziga singdiri-shi yoki saklaganda mog’orlanishi, chirishi, qizib ke-tib kuyishi natijasida vujudga keladi.
Donning ta’mi kam seziluvchan, aynan shu donga xos bo’lishi kerak. Donlar ba’zan achchiq ta’m beruvchi begona o’tlar urug’lari bilan ifloslangan bo’lsa, bun-day donlarda tabiiyki achchiq ta’m paydo bo’ladi.
Laboratoriya usuli bilan esa donlarning namligi, begona aralashmalar bilan ifloslanganlik darajasi, naturasi, ombor zararkunandalari bilan zararlangan-lik darajasi aniklanadi. Don to’g’risida yanada keng-roq ma’lumotga ega bo’lishi uchun donning zichligi, 1000 donnasining massasi, don mag’zining shishasi-monligi, oqsil mikdori, kleykovina mikdori va si-fati hamda donda kul mikdori kabi ko’rsatkichlari ham aniqlanishi mumkin.
Namlik don uchun asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Quruq bug’doy, suli, arpa donlari tarkibida suv mikdori 14 foizdan ortiq bo’lmasligi kerak. Agar don tarkibida suv mikdori 17 foizdan ortiq bo’lsa, bunday donlar ho’l donlar deb yuritiladi va ular uzoq muddat saqlashga yaroqsiz hisoblanadi.
Donlarning begona aralashmalar bilan ifloslan-ganligiga qarab ularning tozaligi to’g’risida xulosa kilinadi. Donlar tarkibida uchraydigan begona aralashmalar asosan 2 guruhga bo’linadi. Birinchi guruhig
uqaviy qiymatga ega bo’lmagan aralashmalar (qum, tosh zarrachalari, zaharli urug’lar, o’simlik barglari, poyalari, buzilgan yaroqsiz donlar va boshqalar) ki-radi. Ikkinchi guruhga esa ozuqaviy qiymatga ega bo’lgan boshqa aralashmalar kiradi
Xulosa Don, un va yorma mahsulotlarini saklash jarayonida ularda biokimiviy, fizikaviy, kimyoviy va mikro-biologik o’zgarishlar ro’y beradi va bu o’zgarishlar don va don mahsulotlarining iste’mol xossalariga katta ta’sir ko’rsatadi.
Don mahsulotlarini saklaganda boradigan jarayon-larning tezligi ulardagi namlik va haroratga, xud-di shuningdek, mahsulotlar saqlanayotgan muxitdagi havoning niyebiy namligi, haroratiga va havoning erkin tushib turishi darajasiga bog’liqsir. Don mah-sulotlarining sifatini ta’minlash uchun omborxo-nalarda ma’lum qulay nisbiy namlik va harorat bo’lishi, sanitariya-gigiyena talablariga amal qili-nishi, saqlanayotgan mahsulot doim kuzatib borili-shi talab etiladi.
Don mahsulotlarining saqlanish muddati ham har xil. Masalan, bug’doyni to’rt yilgacha sakdash mumkin. Bug’doyga nisbatan qisqaroq muddatda makkajo’xori, tariq, suli, dukkakli donlar saqlanish xususiyatiga egadir. Donga nisbatan un va yorma mahsulotlari yomon-roq saqlanadi. Un mahsulotlaridan bug’doy unining oliy va 1- navlari, javdar, guruch, arpa uni esa soya, suli, makkajo’xori unlariga nisbatan yaxshiroq va uzoq-roq saklanish muddatiga egadir.
Quruq, qizimagan, ombor zararkunandalari bilan zararlanmagan don mahsulotlari quruq, shamollatila-digan xonalarda —5°S dan +5°S gacha bo’lgan haroratda va havoning nisbiy namligi 60—70% bo’lgan sharoitda yaxshi saqlanadi. Omborxonalarda havoning nisbiy namligi 75 foizdan, harorat esa 10°S dan ortiq bo’lgan hollarda don mahsulotlari namlanib, mogorlab qola-di. Xuddi shuningdek, omborxonalarda haroratning keskin o’zgarishi ham don mahsulotlarining namlanishi-ni keltirib chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |