Muhammad yusuf she’rlarida jins tushunchasini ifodalovchi birliklar poetikasi



Download 0,71 Mb.
bet9/63
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#791423
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63
Bog'liq
4-ШУЪБА

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent : O‘zbekiston, 2016

  2. Mirziyoyev SH. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. / SH. M. Mirziyoyev. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017. -592 b. (.pdf 170Mb)

DEVONI LUG‘OTIT-TURK” ASARIDA O‘YIN NOMLARI


Mansurova Marjona
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi
Ilmiy rahbar: Ra’no Sharopova
Milliy o‘yinlarning vujudga kelishi uzoq tarixga ega bo‘lib, insoniyat hayoti va kamolotida muhim o‘rin egallaydi. U insoniyatning butun tarixi mobaynida diniy marosim, harbiy mashqlar, sport, shuningdek, san’at, ayniqsa, uning ijro shakllari bilan qo‘shilib kelgan. O‘yinlar yordamida insoniyat o‘sgan, ulg‘aygan, chiniqqan, jismonan baquvvat bo‘lgan, aqlan va ruhan rivojlangan, ma’naviy kamol topgan. Nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham ma’naviy zavq, hordiq chiqarish, tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qilgan.
Qadimdan turkiy, xususan o‘zbek xalqining turli o‘yinlari mavjud bo‘lganligi haqida buyuk bobokalonimiz Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devoni lug‘otit-turk”, ya’ni “Turkiy so‘zlar devoni”da yozib qoldirgan. Mazkur obida XI asr yodgorligi sanalsa-da, undagi leksik material undan ham oldingi davrga xos ekanligi mutaxassislar tomonidan e’tirof etiladi.
Sh.Rahmatullayev “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da o‘yin so‘zini qadimgi turkiy “sakrash harakatini qil” ma’nosidagi “o‘y” fe’lidan -(u)n qo‘shimchasi bilan yasalganligi, dastlab “sakrash harakatlari”ni bildirgani, “raqs ma’nosi keyin yuzaga kelganligini yozadi [2, 474 – 475]. “Devoni lug‘otit-turk”ga o‘yun so‘zining kiritilgani [1, I, 113], turkiy xalqlar tomonidan qo‘llangan turli o‘yin nomlarini keltirib, ularga mufassal, ba’zi o‘rinda qisqa izoh berganligi bu davrda o‘yinlarning xalq hayotiga mustahkam o‘rnashib ulgurganidan dalolat beradi.
Koshg‘ariy o‘yin nomlarini keltirarkan, ba’zi o‘yinlarni qanday o‘ynalishini to‘liq tushuntirib beradi, ba’zilarini faqat nomini keltirish bilan cheklanadi. Misol ushun muallif mӧӊuz-mӧӊuz o‘yinini borishini to‘liq tushuntirgan:
Mӧӊӱz-mӧӊӱz – mo‘nguz-mo‘nguz deyilgan bir xil bolalar o‘yini. Bu shunday: bolalar tiz cho‘kib, dengiz labida o‘tiradilar. Sonlari orasiga ho‘l qum solib to‘ldiradilar. So‘ng qo‘llari bilan qumni uradilar. Ulardan biri, ona boshisi mӧӊӱz-mӧӊӱz, deydi. Qolganlar esa na mӧӊӱz – nimaning mo‘ngizi – shoxi deb so‘raydilar. U birin-ketin shoxli hayvonlarni sanab ketadi. Uning ketidan ular ham takrorlaydilar. So‘ng ona boshi shu nomlar orasiga tuya, eshak kabi shoxi yo‘q hayvonlar ismini aytib chalg‘itadi. Bolalar ham shoxsiz hayvon nomini aytib yuborsa, uni suvga itarib yuborishadi [DLT, III, 375]. Munguz, ya’ni hayvon shoxi o‘yinda asosiy predmet bo‘lgani uchun o‘yin nomi shunday nomlangan.
Tuldї – urdi, o‘ynadi. Muallif tushuntirish uchun misol keltiradi: ӭr tөbїqnї azrї bilan tuldї (er koptokni ayri bilan urdi). Bu turklarga xos o‘yinning bir turi bo‘lib, o‘yinchilar o‘yinning oldin o‘zidan boshlanishini istasa, u koptokni shunday ayri bilan uradi. Koptokni kim qattiq ursa, o‘yin o‘sha kishidan boshlanadi (chillak urish, dasta) o‘yinida ham tuldi deyiladi [DLT, II, 30].
“Devon”da aksariyat o‘yinlarning kimlar tomonidan, qanday o‘ynalishi haqida ma’lumot berib boriladi. Ba’zi o‘yinlar qizlar, ba’zilarining o‘gil bolalar tomonidan o‘ynalishi ochiqlab o‘tiladi. Masalan,
Yalӊu – joriyalar o‘ynaydigan bir xil o‘yin nomi. Shundayki, arqonning ikki uchi bir daraxtga yoki ustunga bog‘lanadi, so‘ng ularning biri arqon o‘rtasiga o‘ltiradi - oyoqlarini sakratib, ba'zan yuqori, ba'zan quyi tushib uchadi [DLT, III, 390]. Hozirda bu o‘yin qizlar tomonidan o‘ynaladigan arg‘imchoq uchish sanaladi.
Yarїsh – poyga, ot poygasi. S.Mutallibov yarish so‘zi shu ma’noda hozirgi qoraqalpoq tilida saqlanib qolganligiga oydinlik kiritadi [DLT, III, 17]. Yarish “yormoq, yorib o‘tmoq” fe’li bilan bog‘liq deyish mumkin.
Chävgän – chavgon [DLT, I, 382]. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu so‘zning forscha ekanligi qayd etilgan. Ko‘rinadiki, chavgon o‘yini XI asrdayoq turkiy xalqlar tomonidan ham o‘ynala boshlagan. Chavgon o‘yini jamoaviy tarzda, ot ustida koptok urib o‘ynaladi. Koptokni uradigan tayoq chavgon deb atalgan, bu esa o‘yin nomiga ko‘chgan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Z.M.Boburning “Boburnoma” asari va boshqa manbalarda chavgon haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Firdavsiyning “Shohnoma”, Unsur al Maoliyning “Qobusnoma” asarlarida chavgon o‘yini mufassal tasvirlangan .
Chalїsh – kurash qilmoq, kurashish [DLT, I, 349]. Bu qadimiy o‘yin hozirda kurash deb nomlangan sport turiga aylangan. Chalmoq, chalib yiqitmoq kurashda qo‘llanadigan usul hisoblanadi. Vaqt o‘tib bu ikki so‘z bir -biriga almashganligini ko‘rishimiz mumkin.
Yїpladї: Er yїpladї – odam arqonda o‘ynadi [DLT, I, 349]. Bu so‘zning asosi yїp, ya’ni ip, arqon bo‘lib, arqon ustida turib, turli harakatlar qilishdir. Hozirda dor o‘yini deb nomlanadi.
Mahmud Koshg‘ariy o‘yinni tavsiflamay, faqat bolalar o‘yini deb bilan cheklangan o‘yin nomlarini kuzatamiz :
Qarag‘uni – bolalarning kechasi o‘ynaydigan o‘yinining nomi [DLT, III, 261]. O‘yin nomi kech bo‘lganda o‘ynalgani sababli shu so‘z qo‘llangani tabiiy.
Jaӊli-maӊli – bolalarning bir xil o‘yini nomi [DLT, III, 389].
Shuningdek, “Devon”da poyga sportiga oid bir qator atamalar keltirilgan. Bu qadimda turkiy xalqlarda ot sportining rivojlanganidan guvohlik beradi:
Yarshїm: bїr yarshїm yӭr – poygada ot choparlik yer [DLT, III, 54].
Yӱgrӱm: bїr yӱgrӱm yӭr – bir chopish bilan o‘tarlik yer [DLT, III, 54].
Lug‘atda o‘yinlarda ishlatiladigan detal, predmet nomlari ham mavjud. Masalan, tasal – chavgon o‘yini maydonida chegarani belgilashda chiziladigan chiziq [DLT,I,347].
Talas – ot poygasida va chavgon o‘yinida maydon qirg‘og‘iga tortiladigan arqon [DLT, I, 347].
ӭtächilik – yong‘oq o‘ynash uchun qazilgan chuqurcha (do‘l) [DLT, I, 167].
Po‘k –oshiq o‘yinida oshiqning orqa bilan tushishi [DLT, III, 144].
“Chavgon o‘yinida chavgon bilan uriladigan koptok” deb izohlagan tөbiq so‘zini M.Koshg‘ariy to‘p so‘zi bilan bog‘liqligini yozadi: Tөp – bu so‘z tөpiq (tobiq)ning qisqarganidir. Sh. Rahmatullayev top so‘zi qadimgi turkiy tilda mustaqil ishlatilgan va “dumaloq narsa” ma’nosini anglatgan; topiq so‘zi esa “kichik to‘p” ma’nosini bildirib, to‘p so‘zidan kichraytirish ma’nosini anglatuvchi –(ы)q qo‘shimchasi bilan hosil qilingan, keyinchalik p undoshi b undoshiga almashgan [2, 371].
Qarin atmoq – so‘yishga tayin qilingan molni so‘yib, qornini nishona, mo‘ljal qilib o‘q otiladi. Agar o‘qni tegizsa, u go‘shtdan hissa oladi [DLT, I, 383].
“Devon”da so‘zlar birikuvidan tashkil topgan o‘yin nomlari ham keltirilgan. Masalan, Kӧchӱrma oyun. Muallif o‘n to‘rt degan o‘yindir, deb izoh beradi hamda o‘yinning qanday o‘nalishi tushuntiriladi: yerga qo‘rg‘onga o‘xshatib 4 chiziq chizib, 10 eshik qilinadi-da, yumaloq tosh, yong‘oq tashlab o‘ynaladi [DLT, I, 452].
Obidada nomlari keltirilib, izohlab berilgan o‘yinlarning ayrimlari hozirda ham mavjud, o‘ynaladi, ayrimlari esa butunlay eskirgan, ba'zi birlarini o‘zgargan holda uchratish mumkin.
Xulosa qilish mimkinki, sezgirlikni, topqirlikni oshiradigan mashg‘ulot bo‘lgan o‘yinlar, ularning nomlari ham til taraqqiyoti natijasida o‘zgarib, yangilanib boradi: fonetik, semantik motivlashuvga ko‘ra o‘zgachalik kasb etadi yoki analitik ko‘rinishda shakllanadi. Turkiy xalqlar hayotida muhim ahamiyatga ega o‘yinlar turkiy tillar tarixida qadimdan alohida leksik-semantik guruh sifatida shakllangan.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish