Muhammad yusuf she’rlarida jins tushunchasini ifodalovchi birliklar poetikasi



Download 0,71 Mb.
bet1/63
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#791423
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
4-ШУЪБА


MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA JINS TUSHUNCHASINI IFODALOVCHI BIRLIKLAR POETIKASI
Ismoilov Akbar
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti magistranti

Badiiy adabiyot taraqqiyotining ichki omillari mavjudligi va ularning ahamiyatini zarracha inkor etmagan holda, biz har bir davr adabiyotining g’oyaviy-mazmuniy hamda poetik xususiyatlari, avvalo, o’sha davrning ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi, deb hisoblaymiz. Shu bois ham Muhammad Yusuf poetikasi haqidagi mulohazalarimizni u adabiyotga kirib kelgan davr shart-sharoitlariga, xususan, shoirning ijodiga beqiyos katta ta’sir ko’rsatgan betakror tuyg`ular ifodasiga yo’yamiz.


Ma’lumki, lirika shaxsning ko’ngil kechinmalari, munojoti va murojaati, e’tirofi, qalb manzaralari tasviri lirik she’rning o’zagini tashkil etadi. Bunday she’rlarda ana shu qalb kechinmalarining epik olam manzaralari bilan omuxtalashib ketganligini ko’ramiz.
Shoir Muhammad Yusuf o`zining qisqa umri davomida ancha barakali ijod qildi. Uning she’rlari haligacha xalqimiz tomonidan sevib o`qiladi. Uning har bir ijodi o`ziga xos bo`lib, she’riyatimizni mutlaqo yangi pog`onaga olib chiqdi. Muhammad Yusuf ijodida jins tushunchasini ifodalovchi birliklarni ko`plab uchratishimiz mumkin. Jumladan, shoir ijodida shaxsning yoshi, xulq-atvori, xarakter xususiyatlari orqali jins tushunchasini bildiruvchi leksemalar bir talay.
Shoir ijodida shaxsning yoshini ifodalovchi jins bildiruvchi leksemalarni ko`plab uchratishimiz mumkin. Muhammad Yusufning “Halima enam allalari” she’rida erkak yoki ayol jinsini ifodalovchi “chol”, “kampir”, “bola”, “yigit” kabi leksemalardan keng foydalanilgan:
Ergash ponsod, beri kel
Gijinglatib otingni.
Uying kuygurtoshbag`ir
Cholimni sen otdingmi (91-b.)?
Yuqoridagi to`rtlikda “chol” leksemasi orqali erkak jinsiga mansub, yoshi ulug` kishi tasvirlab berilgan. Mazkur jumlada “chol” so`zi uning umr yo`ldoshi nomidan aytilganligini ko`rishimiz mumkin.
Olmoslardan keskir edi shamshiringiz,
Tutun bo'lib to'zib ketdi taqdiringiz.
Ming yigitga arzirdingiz har biringiz,
Ol o'ynatib yurmadingiz, “bosmachilar!..” (84-b.)
Yigit” leksemasi ko`pgina hollarda erkak jinsiga mansub o`rta yoshdagi shaxs ma’nosini anglatib keladi. Yuqoridagi to`rtlikda ham “yigit” leksemasi o`rta yoshlardagi yosh va jismonan barkamol shaxs misolida keltirilgan.
Erkak” leksemasining o`zi ham umumiy erkak jinsiga mansublikni bildiruvchi termin bo`lishdan tashqari o`rta yoshlardagi shaxs ma’nosini ham bildirib keladi.
Yordan kechdim otni deh,
Elga bo'ldim ermaklar.
Qaydan bilsin ot qadrin;
Ot minmagan erkaklar (73-b.)!?
Yuqoridagi to`rtlikda “erkak” leksemasi umumiy erkak jinsiga mansub bo`lgan shaxslarga ishora qilgan.
Yelkadan sirg'alih kunduzgi tashvish,
Yelkadan sirg'alib ko'rpalari-da,
Supachada uxlar erkak va ayol
Yog'och beshik o'rtalarida (51-b.).
Mazkur misolda esa “erkak” leksemasi o`rta yoshlardagi erkak jinsiga mansub bo`lgan shaxs ma’nosini anglatib kelgan.
Yuqoridagi misollarda erkak jinsiga ishora qiluvchi, uning yosh xususiyatini ifodalaydigan bir qator leksemalarni ko`rib o`tdik. Xuddi shuningdek, ayol jinsiga ishora qiluvchi, uning yosh xususiyatlarini bildiruvchi leksemalar ham mavjud:
Mo`min cholning uch o`g`il, Yolg`iz qizi bor edi. Tuxfa edi taqdirdan, Kampirdan yodgor edi (36-b.).
Yuqorida “kampir” leksemasi orqali shoir yoshi ulug`, keksa ayol ma’nosini ifodalaganligini ko`rishimiz mumkin.
Shuningdek, shaxsning xulq-atvori va xarakter xususiyatlarini ifodalovchi leksik birliklar mavjud bo`lib, ular o`zida jins xususiyatlarini ham aks ettirishini ko`rishimiz mumkin.
Insono’ziga xospsixologikxarakterbilandunyoga kelib, uning fe’l-atvori psixologik va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllanadi va o’zgaradi. Ko’plab ijtimoiy psixologik tahlillar shuni ko’rsatadiki, dunyoda erkaklarga xos bo’lgan sifatlarga: faollik, tajovuzkorlik, raqobatdoshlik, botirlik, ishbilarmonlik, o’ziga bo’lgan ishonch, haqiqatgo’ylik, qattiqqo’llik, talabchanlik, mantiqiy fikr yuritish va h.k. lar kiradi. Ayollarga nisbatan ko’proq xos bo’lgan sifatlar esa qiziquvchanlik, sergaplik, mijg`ovlik, xayolparastlik, ikkilanuvchanlik, yumshoqlik, zaiflik, kamtarlik, itoatkorlikva h.k. lardir.
Erkak kishining siymosi jangchi, ovchi, himoyachi kabi holatlarda tasvirlanadi. Ayollarning siymosi uy bekasi, sevimli mahbuba, go’zallik ma’budasi sifatida gavdalanadi.
Bu Momo Havodan ularga odat:

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish