Muhammad yusuf she’rlarida jins tushunchasini ifodalovchi birliklar poetikasi



Download 0,71 Mb.
bet14/63
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#791423
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
Bog'liq
4-ШУЪБА

Adabiyotlar

  1. Ильчук, П.А., Использование веб-семинаров в дистанционном обучении[Электронный ресурс]:

  2. Мат. XVIII Всерос. науч.-метод. конф. «Телематика'2011» Технология проведения учебных занятий в формате вебинара: методические указания / Рязан. гос. радиотехн. ун-т; сост.: Н.П.Клейносова, Э.А.Кадырова, И.А.Телков, Р.В.Хруничев. Рязань, 2014.

  3. Бабаева, Ю. Д. Диалог с ЭВМ: психологические аспекты // Вопросы психологии. –1983. – № 2. – С. 13-24.



TАLАBАLАRNING IJTIMOIY-MАDАNIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLАNIRIShNING NАZАRIY –METODOLOGIK АSOSLАRI.
Xolmirzayev Nuriddin Аbdullayevich
Tarix kafedrasi katta oʼqituvchisi.
Mansurova Zarina
Tarix o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 3- kurs talabasi


Аnnotatsiya. Maqolada ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari olimlar nuqtai nazarlari asosida bayon qilingan. Shuningdek, oliy taʼlim muassasasi talabalarida ijtimoiy – madaniy kompetentlikni shakllantirishda muomala madaniyatining oʼrni va zaruriy tomonlari tahlil qilingan.
Kalit soʼzlar: Modernizatsiya, kompetentlik, muomala madaniyati, ijtimoiy-madaniy kompetentlik, tarkibiy kompenetlar, faoliyat.
Annotation. The article provides the theoretical and methodological basis for the development of socio-cultural competence. The role and necessary aspects of the culture of communication in the formation of socio-cultural competence of students of higher education institutions are also analyzed.
Keywords: modernization, competence, culture of treatment, socio-cultural competence, structural compensation, activity.
Zamonaviy axborot jamiyatini modernizatsiya qilishni globallashuv jarayonisiz tasavvur etib boʼlmaganidek, turli fanlarni rivojlantirish va yangi gʼoyalarni joriy etish jarayonini ijtimoiy-madaniy hamkorliksiz tasavvur etib boʼlmaydi. Bu jarayonlar inson hayotining barcha kundalik, madaniy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy sohalariga ham taalluqlidir.
Inson hayoti davomida doimo turli madaniyat va etnologik urf-odatlar vakillari bilan duch kelshi mumkin. Ular doʼstlar, qarindoshlar yoki tanishlar boʼlishi mumkin. Biroq ular bilan muloqot qilish qiyin boʼlishi mumkin. Chunki har bir inson dunyoning oʼz idrokiga, madaniy xususiyatlariga va til toʼsiqlari oʼrtasidagi farqlanadi. Muloqotni muvaffaqiyatli qurish va samarali hamkorlikni amalga oshirish uchun bagʼrikenglik va gʼamxoʼrlik kabi fazilatlar, shuningdek, til muhitiga tezda moslashish qobiliyati talab qilinadi. Bularning barchasini “ijtimoiy-madaniy kompetentlik” umumiy atamasi bilan birlashtirishi mumkin.
Pedagogik adabiyotlarda “kompetentlik” tushunchasi keng uchraydi va fodylaniladi. Turli olimlar bu tushunchani turli nuqtai nazardan koʼrib chiqadilar va tahlil etadilar. Bu sohada eng mashhur olim Edinburg universiteti professori, doktor Jon Raven boʼladi. U kompetentsiyani muayyan sohada muayyan harakatni amalga oshirish uchun zarur boʼlgan maxsus qobiliyat va tor mutaxassislik, maxsus kasbiy qobiliyatlar, fikrlash usullari, shuningdek, ularning xatti-harakatlari uchun masʼuliyatni tushunish” deb taʼriflaydi.
Kompetentsiya – bu bilim va insonning amaliy faoliyati oʼrtasidagi munosabatlar sohasiga tegishli boʼlgan tushunchadir. B.Yu.Elkonning taʼrifiga koʼra, “kompetentsiya – bu oʼz faoliyatini oʼz ichiga olgan paytdagi shaxsning malakaviy xarakteristikasi”.
А.V.Xutorskiy “kompetentsiya” va “kompetentlik” tushunchalarini ajratib ularga quydagicha taʼrif beradi.
Kompetentsiya – muayyan obʼektlar va jarayonlar doirasiga nisbatan belgilanadigan va ularga nisbatan sifatli va samarali faoliyat uchun zarur boʼlgan shaxsning oʼzaro bogʼliqlik fazilatlari toʼplamidir.
Kompetentlik – shaxsga tegishli vakolatga ega boʼlish, unga va uning faoliyat mavzusiga shaxsiy munosabatini oʼz ichiga oladi.
N.D.Galskova, N.I.Gez ijtimoiy-madaniy kompetentlikni “madaniyat muloqoti” deb ataydi, yaʼni ijtimoiy – madaniy muloqot sharoitida shaxsni madaniy muloqotini amalga oshirishga imkon beradigan qobiliyati sifatida belgilaydi. Uning shakllanishi muloqotni rivojlantirish va insonning madaniy tajribasini rivojlantirish bilan bogʼliq boʼlib,unda insonning oʼziga, dunyoga boʼlgan munosabatini, shuningdek, ijodiy faoliyat tajribasini ajratish mumkin.
L.I.Korieva “ijtimoiy madaniy kompetentlik – boshqa shaxsni tushunishni va uning fikrini qadrlashni oʼrgatadi, yaʼni inson madaniyat taʼsirida boshqa odamni idrok etadi, fikrlaydi, baholaydi va shu asosda faoliyatning yangi sxemasini quradi” – deb hisoblaydi. Bu madaniyatlararo oʼzaro tushunishda, boshqa madaniyat vakillarining xulq-atvoriga kommunikativ moslashishda, turli madaniyatlarning qadriyatlariva meʼyorlariga asoslangan yangi xulq-atvorni egallashda namoyon boʼladi.
E.N.Solovova “ijtimoiy-madaniy kompetentlik – shaxsni xalqaro darajada tarbiyalash uchun bir vosita ekanligini qayd etib, nafaqat taʼlim-tarbiya jarayonida balki, talabalar ijtimoiy tajribasini orttirib, boshqa mamlakat anʼanalari, qadriyatlari toʼgʼriida maʼlumot olishni ham belgilaydi.” – deb taʼkidlaydi. Shuning uchun ijtimoiy-madaniy kompetentlik taʼlim jarayoni bilan uzviy bogʼliqdir.
Ijtimoiy-madaniy kompetentlik toʼrtta asosiy komponetdan tashkil topgan:
1) ijtimoiy-madaniy bilim (maʼnaviy qadriyatlar, urf-odatlar va madaniy anʼanalar, milliy menitalitetning oʼziga xos xususiyatlarini bilish);
2) aloqa tajribasi (ijtimoiy – madaniyat uslubini tanlash, xorijiy madaniyat hodisalarini toʼgʼri talqil qilish);
3) madaniyatga (shu jumladan, muloqot paytida yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etish va hal qilish qobiliyati) hissiy jihatdan munosabat;
4) axloq qoidalarini qoʼllash usullarini bilish, ijtimoiy etiketdan toʼgʼri foydalanish.
Bizning fikrimizcha, ijtimoiy madaniyat, ijtimoiy-madaniy kompetentlik maʼnaviy-axloqiy fazilatlarning poydevori hisoblanib, ijtimoiy madaniyat koʼnikmalari yoshlikdan tarkib toptirilsagina, bu poydevor barqaror boʼladi. Shuningdek, boʼlajak pedagoglarning shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi omilga aylanadi. Zero, maʼnaviy-axloqiy fazilatlar tarkibida muomala munosabat madaniyati alohida oʼrin tutadi. Taʼlim muassasasida oʼquvchi yoshlarga oila, mahalla muhitidan tashqarida dastlabki umuminsoniy qadriyatlar va muomala madaniyatiboʼyicha tushuncha, koʼnikmalarni shakllantirish yoʼnalishida ham ish olib boriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi talabalarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirishda avvalombor muomala madaniyatining quyidagi qirralari shakllantirilishi kerak boʼladi:
-talabalar va pedagoglar oʼrtasidagi munosabat;
-talabalar oʼrtasidagi salomlashish munosabati;
-ijtimoiy foydali mehnatjarayonidagi munosabat;
-mashgʼulotlar jarayonidagi munosabatlar;
-boʼlajak pedagoglarning xulq-atvor koʼnikmalarini shakllantirish;
-ommaviy ishlar jarayonida rasmiy munosabatning elementlarini shakllantirish;
-hamkasblar oʼrtasidagi munosabat;
-minnatdorchilik bildirish.
Yuqorida keltirilgan olimlarning ilmiy gʼoyalarining tahlili asosida aytish mumkinki, talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentligi ijtimoiy-madaniy bilim, oʼrganilayotgan til, maʼnaviy qadriyatlar va madaniy meros, aloqa tajribasi, tilni qoʼllash usullarini bilish jarayonida shakllanadi va namoyon boʼladi.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish