Muhammad yusuf she’rlarida jins tushunchasini ifodalovchi birliklar poetikasi



Download 0,71 Mb.
bet3/63
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#791423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
4-ШУЪБА

Botirlari qul bo'lishga yaramagan,
Suluvlari bo'yniga osilgan dunyo (66-b.)!
Mazkur to`rtlikda esa erkak jinsiga mansub shaxslarning eng oliy hislatlaridan birini anglatuvchi “botir” leksemasini ko`rishimiz mumkin. “Botir” leksemasi “O`zbek tilining izohli lug`ati” da aytilishicha “xavf-xatardan, qiyinchiliklardan qo`rqmaydigan”, “qo`rqmas”, “dovyurak”, “jasur” kabi ma’nolarni anglatadi. Shuningdek, “Botir” o`g`il bolalar ismi ham mavjud. Mazkur leksema ham biror so`zga bog`lanmasdan turib matnda mustaqil holda qo`llangan holatlarda ham erkak jinsiga mansub shaxslarning yuqoridagi kabi sifatlarini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Birin hur deyinmu, birin guloyim,
Suymaganim suyganimdan muloyim.
Bu qanday ko'rgilik ekan, Xudoyim,
Ko'nglimda bir yoru qo'ynimda bir yor (81-b.).
Yuqoridagi to`rtlikda inson xarakter-xususiyatini ko`rsatuvchi jins bildiruvchi bir necha so`zlar mavjud. Jumladan, “hur” leksemasiga to`xtalib o`tsak. “Hur” so`zi “O`zbek tilining izohli lug`ati” da ikki xil ko`rinishda uchraydi. Birinchisi, “hur” – birovning izmidan xoli, erki o`zida bo`lgan, ozod degan ma’nolarni anglatib keladi. Ikkinchisi, “hur” – musulmon mifologiyasiga ko`ra jannatdagi go`zal qiz ma’nosini anglatadi. Ko`chma ma’noda esa “hur” leksemasi ayol jinsiga mansub shaxslarning chiroyli, go`zal, nozanin kabi xususiyatlarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Yuqorida keltirilgan misralarda aynan “hur” so`zining ikkinchi ma’nosidan foydalanilgan. Ya’ni shoir bunda o`z muhabbatining nechog`lik go`zalligi, o`z sevgilisining jannat hurlaridanda a’lo bilishini ta’kidlaganligini ko`rishimiz mumkin.
Ayollarning betakrorligi, chiroyi va go`zalligini tasvirlovchi, ularning sifatlarini ifodalovchi leksemalar shoir ijodida ko`plab uchraydi. Ayol jinsiga nisbatan qo`llanuvchi gender birlik “jonon” xalqona tilda qo`llanuvchi so`z sifatida shoir satrlariga o`zgacha ruh bergan. Masalan:
Derlar: Jon sog' bo'lsa jahon topilgay,
Bir parcha yer, parcha osmon topilgay,
Lekin qayda sendek jonon topilgay,
Ketar bo'ldim o'zingdan bir so'rolmay (75-b.).
Yuqoridagi to`rtlikda ham shoir “jonon” leksemasi orqali o`z sevgilisining tengi yo`q go`zal, hur ekanligini ta’kidlaydi.
Shaxsning fe’l-atvori aks etgan leksemalardan ham shoir ko`plab foydalanadi.Bunday leksemalar shoirning hadsiz dardu hasrati, lirik kechinmalari, hazing his-tuyg`ulari ifodasi uchun xizmat qilgan. Masalan:
Kuyma, yorim, kuydirmagin, kuyma, yor,
Bir yaxshiga bir yomon har joyda bor.
Ikki yaxshi yashnagan joy qayda bor?..
Ketar bo'ldim yuzingni bir ko'rolmay
(75-b.).
She’riyatimizda “yaxshi odam”, “yomon odam” jumlalari ko`plab uchraydi. Shoir Muhammad Yusuf ijodida ham bu jumlalar uchraydi. Chunonchi yuqoridagi to`rtlikda foydalanilgan “Bir yaxshiga bir yomon har joyda bor.” jumlasida “yaxshi”, “yomon” leksemalari erkak jinsiga mansub shaxni ifodalashda foydalangan deyishimiz mumkin. Shaxsning fe’l-atvori aks etgan leksemalarning o`ziga xos xususiyatlaridan biri bu ularning har ikkala jins vakillari uchun ham baravar qo`llanilishini aytib o`tishimiz mumkin. Bunda shaxsning fe’l-atvorini ifodalovchi so`zning qaysi jins vakiliga ishora qilayotganini uning bog`lanib kelgan so`zlari va jumladagi ma’nodan kelib chiqqan holda aniqlashtirilishi mumkin. Yuqoridagi misolda “yaxshi”, “yomon” leksemalarining erkak jinsiga ishora qilayotganini aytib o`tdik.
Yomon ko'z tosh yorar der,
Yomon do'st bosh yorar der.
Yomon erkak to'y buzar,
Yomon ko'z uy buzar der,
Yomon bo'lsa yo'ldoshing
Bor baxting ham to'zar der
Yuqoridagi misralarda ham “yomon” leksemasi erkak jinsiga ishora qilgan. Umuman olganda, fe’l- atvorni ifodalovchi so`zlar she’riyatda ko`proq umumiy hollarda ifodalanishi bilan xarakterlanadi.
Badiiy nutq obrazli va emotsional-ekspressiv ifodalilikka ega ekan, bunda tilning kommunikativ funksiyasi bilan emotsional-ekspressivlilik funksiyasi qo’shilib ketadi. Shunday ekan, badiiy asarni idrok qilish til qurilishini anglash orqali amalga oshiriladi. Tilning material tomoni Muhammad Yusuf she`riyatida tildagi so’zlar, jinsni ifodalovchi gender birliklar, leksik-grammatik vositalar, betakror iboralar, badiiy-tasviriy vositalar asosida shakllanadi va yuzaga chiqadi.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish