Mavzu: Biomassa energiyasidan foydalanish
Reja:
1. Biomassa va uning tarkibi.
2.Biogaz, uning tarkibi va hosil bo'lish jarayonlari.
3.Biometanogenez jarayoning afzallik va kamchiliklari.
1.Biomassa - o‘simlik va hayvonot dunyosidagi barcha organik moddalarning kelib chiqishini birlashtiruvchi termindir. Biomassa birlamchi- o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va boshqalar hamda ularning uzoq yillik jarayonlardan so‘ng boshqa turdagi yoqilg‘iga aylanishi va ikkilam chilarga (biomassani qayta ishlashda hosil bo‘ladigan chiqindilar hamda inson va hayvonlarning hayoti davomida foydalaniladigan mahsulotlar) boMinadi. 0 ‘z navbatida, chiqindilar ham birlam chilarga- birlamchi biomassani qayta ishlaganda hosil bo‘ladigan chiqindilar (xashak, poya va barglar, qirindilar, spirt quyqasi, shox-shabbalar) va ikkalam chilarga - inson va hayvonot dunyosining fiziologik almashishi mahsulotlari kiradi.Bundan tashqari, ba’zibir Yevropa mamlakatalarida elektr energiyasi olishda, xomashyo sifatida o‘rmonlarni haddan ko‘p kesilishining oldini olisli uchun maxsus tez o‘sadigan o‘simliklardan foydalanishadi. Masalan, Shvetsiyada biomassa uchun maxsus tezo‘sar qoratollar ekiladi. Qoratollar ekiladigan maydonlar miqdori biomassa bilan ishlaydigan elektr stansiyalarining biomassa yoqig‘isi bilan ta’minlanishiga nisbatan belgilanadi. Bunday stansiyalar biologik yoqilg‘i sifatida biomassadan tashqari, biomassaning uzoq yillik biologik jarayonlardan keyingi ko‘rinishidagi torf va boshqa yoqilg‘ilardan ham foydalanishi mumkin.Biomassa keng kolam li qayta tiklanadigan energiya resurslari, demakdir va yog‘och, sanoat, qishloq xo‘jaligi va maishiy chiqindilarni o‘z ichiga oladi. Biomassadan energetika manbayi sifatida yoqish, gazlashtirish, piroliz, spirt yoki biogaz olish uchun biokimyoviy qayta ishlash orqali foydalanish mumkin. Bu jarayonlarning har biri belgilangan maqsadda qo‘llanish sohasiga ega.Ba’zibir ma’lumotlarga ko‘ra, biomassadan olinadigan energiyaning dunyo energetikasiga qo‘shadigan hissasi 12% ni tashkil qiladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida biomassadan olinadigan energiya miqdori umumiy energiyaning atigi 3% i ni, ammo ba’zi mamlakatlada, masalan, Avstriyada- 12%, Shvetsiyada - 18% va Finlyandiyada - 23% ni tashkil qiladi.Birlamchi biomassani tabiiy holda quruqlikda va suvda o‘sadigan o‘simliklar tashkil qiladi. Biomassa fotosintez natijasida hosil bo‘ladi, ya’ni fotosintez natijasida quyosh energiyasi o‘sayotgan o‘simlik massasida to‘planadi. Fotosintezning energetik foydali ish koeffitsiyenti o‘rtacha 5% ni tashkil qiladi.Energiya olish maqsadida birlamchi biomassadan ana’naviy yoqilg‘ilar o'rnini qoplaydigan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Birlamchi biomassaga o'rmon va yog‘ochni qayta ishlash sanoati hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari chiqindilarini kiritish mumkin.O'zbekistonda sug‘oriladigan qishloq xo'jalik maydonlarini asosan g‘o‘za, g‘alla, tamaki, kungaboqar va poliz ekinlari egallaydi. Hozirgi kungacha g‘o‘zaning poyasidan qisman spirt, qog‘oz va bir qancha qurilish materiallarini ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydalanib kelinadi. Qolgan o‘simliklarning poyalari tashlab yoki yoqib yuboriladi. Mana shu qishloq xo‘jalik chiqindilaridan ham biomassa, ya’ni bioyoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin.
2 . Biologik chiqindilarni to‘g‘ridan to‘g‘ri yoqish yo‘li bilan energiya olishdan tashqari biogaz ham olish mumkin. Biogaz nima? Biogaz har xil biologik mahsulotlarni havosiz muhitda ferm entatsiya-achishi natijasida hosil boladigan mahsulotdir.Biogaz - gazlarning aralashmasi. Uning asosiy tashkil qiluvchilari: metan (CH4) - 55-70% , uglerod dioksidi (CO,) - 28-43% va oz miqdordagi masalan, 500 promill vodorod sulfid (H2C) va boshqa gazlardir. 0 ‘rtacha 1 kg organik modda 70% biologik parchalanganda 0,18 kg metan, 0,32 kg karbonat angidrid, 0,2 kg suv va 0,3 kg ajralmaydigan qoldiqqa bo‘linadi. Fermentatsiya natijasida hosil bo'lgan gazlardan uylarni va suvni isitishda, ovqat tayyorlashda va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Ayniqsa, asosiy energetik tarmoqlardan uzoqda joylashgan qishloqlarda biogazdan foydalanish qishloq aholisi uchun juda ko‘p qulayliklarni yaratishga xizmat qiladi.Biogaz va organik o‘g‘itlar hosil bo‘lish jarayoni maxsus bioreaktorlar- metantenklarda amalga oshiriladi.Unutilgan yoqilg‘i manbasi hisoblangan biogaz qadim Xitoyda birinchi bo‘lib foydalanilgan. Shuning uchun hozirgi kunda biogaz ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarni Xitoy egallaydi. 0 ‘tgan asrning 70- yillari o‘rtalarida bu mamlkatda bir millionga yaqin metantenklar qurilib ishga tushirilgan. Hozirgi vaqtda ularning soni 20 mln. dan oshib ketgan. Xitoy Xalq Respublikasida milliy energoiste’molining 30% i biogaz hisobidan qoplanadi.Biogaz ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni Hindiston egallaydi. 0 ‘tgan asrning 30-yillarida dunyoda birinchi bo‘lib Hindistonda biogaz olish texnologiyasini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur qabul qilingan. 2000-yilning oxirlarida Hindistonning qishloqlarida qurilgan metantenklarning soni 1 mln. dan oshib ketdi. Natijada bir qancha qishloqlarning energiya bilan ta’minlanishi va ularning sanitar-gigiyenik holati yaxshilandi, o‘rmonlardagi daraxtlarni kesish keskin kamaydi va tuproqning tarkibi yaxshilandi. Bugungi kunda Hindistonda kunlik biogaz ishlab chiqarish miqdori 2 ,5 3 ,0 mln. m3 dan oshib ketdi.Nepalda milliy biogaz kompaniyasi tashkil qilindi va u faollik bilan ish olib bormoqda. Yaponiyaning 8 dona
chorvachilik xo‘jaliklarida qurilgan biogaz qurilmalari muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilinmoqda.Dastlabki hisoblar shuni ko‘rsatadiki, chiqindilar bilan aralashtirilgan I tonna o‘simlik biomassasidan 350 m3 (metan, vodorod) gaz olish mumkin.Bir sigirning go‘ngidan bir kunda 4,2 m 3 gacha biogaz olish mumkin.I m3 biogazning energiyasi 0,6 m3 tabiiy yoqilg‘i gaz, 0,74 I neft, 0,65 / dizel yoqilg‘isi, 0,48 I benzin va boshqalarning energiyasiga to‘g‘ri keladi. Biogaz qoMlash bilan yoqilg‘i mazuti, ko‘mir, elektr energiyasi va boshqa elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi manbalar tejaladi. Biogaz qurilmalarini tadbiq etish chorvachilik va parrandachilik fermalarining hamda ular joylashgan atrof-muhit ekologiyasini yaxshilaydi.Bir kilogramm go‘ngdan qancha gaz olish mumkin? Bir litr suvni qaynatish uchun 26 litr gaz sarflanishini hisobga olib quyidagi chiqindilardan qancha suvni qaynatishga yetarli gaz olish mumkinligi aniqlangan:- qoramolning 1 kg go‘ngidan 7,5 + 15 litr suvni qaynatishga;
- cho‘chqaning 1 kg go‘ngidan 19 litr suvni qaynatishga;
- qushlarning 1 kg tezagidan 11,5 + 23 litr suvni qaynatishga;
- dukkakli ekinlarning 1 kg poxolidan 11,5 litr suvni qaynatishga;
- kartoshkaning 1 kg poyasidan 17 litr suvni qaynatishga;
- pomidorning 1 kg poyasidan 27 litr suvni qaynatishga.
Biogazning afzalliklaridan biri, xohlagan joyda issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkinligidir.Chiqindilarni biokonversiya jarayoni energetik muammoni hal qilishdan tashqari yana ikkita masalani hal qiladi. Birinchidan, achigan go‘ng odatdagi go‘ngga qaraganda qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini 10 + 20% oshiradi.Ikkinchidan, chiqindilar achigan vaqtda go‘ng tarkibida ko‘p miqdorda boigan begona o‘tlarning urug‘lari, har xil mikroblarning birikmalari, gelmintin uruglari va yoqimsiz hidlar yo‘qotiladi.
3. Hayvon axlatlaridan va oqova suvlaridan oqilona foydalanishni yo’llaridan biri ularni anaerob sharoitda bijg’itishdir. Bu jarayonda axlatni zararsizlantirilib, bir vaqtni o’zida uni eng muhim organik o’g’itlik sifatini saqlab qolgan holda, undan biogaz olish mumkin.Metanli bijg’itish yoki biometanogenez – biomassani energiyaga aylantirish jarayoni qadim-qadimlardan ma’lum bo’lgan jarayondir. U 1776 yilda Volta tomonidan ochilgan bo’lib, dastlab u botqoqlardagi gazda metan borligini aniqlagan. Mana shu jarayonda hosil bo’ladigan biogaz 65% metan, 30% karbonat angidrid, 1% oltingugurt kislotasi (H2S) va unchalik ko’p bo’lmagan miqdorda azot, kislorod, vodorod va uglerod ikki oksidi saqlaydi. Botqoq gazi, ba’zida klar-gaz ham deb yuritiladi,ko’k- havo rang berib alangalanadi, hid chiqarmaydi.Uni tutun chiqarmasdan alangalanishi insonlarga o’tin, xayvonlar tezaklari va boshqa yoqilg’ilarga nisbatan kamroq tashvish tug’diradi. 28 m3 biogaz energiyasi, 16,8 m3 tabiiy gaz, 20,8 l neft yoki 18,4 l dizel yonilg’isiga tengdir. Organik chiqindilarni anaerob bijg’itishga asoslangan tozalash inshootlarini birinchisi 1895 yilda Angliyani Ekzeger shahrida qurib ishga tushirilgan edi. Bu inshootni sanitariya vazifasidan tashqari ko’chalarni yoritish uchun elektr energiyasi tayyorlash sarf bo’ladigan biogaz ishlab chiqarish bo’lgan. CHiqqindilarga anaerob ishlov berish uzoq vaqt suv tozalash stansiyalarini cho’kmalarini va chorvachilikni chiqindilarini mo’tadillash maqsadida ishlatib kelingan. Ammo, 1970 yillardagi energiya tangligi tufayli qishloq xo’jalik hayvonlari chiqindilaridan biogaz ishlab chiqarish g’oyasiga astoydillik bilan qaraladigan bo’ldi. Go’ngni anaerob bijg’itish orqali biogazga aylantirish jarayoni mustahkam yopiladigan maxsus idishlar – biogaz usqurmalarida olib boriladi.metantenk; 5-gazgolder; 6-issiqlik almashtiruvchi; 7-qozon; 8-go’ng saqlanadigan jy; 9-aerotenk. Bu texnologik jarayon quyidagicha olib boriladi. Hayvonlar saqlanadigan molxonalardan (suratda 1) go’ng to’planadigan idishga yuboriladi (2), keyin nasos (3) yordamida uni metantenk (4) (go’ngni anaerob bijg’ishi uchun maxsus qurilma) ga yuboriladi.Bijg’ish jarayonida hosil bo’lgan
biogaz, gazgolder (5)ga kelib tushadi.va undan keyin iste’molchiga tarqatiladi. Suyuq go’ngni isitish uchun va issiqlikni bir xil ushlab turish uchun metanotenk ichida issiqlik almashtirib turuvchi g’ovurlar o’rnatilgan, ular orqali qozonxonadan (7) kelgan issiq suv aylanadi. Bijg’ib bo’lgan go’ng, go’ng saqlanadigan (8) chuqurlikka tushiriladi Metantenkda jarayon uchun zarur bo’lgan barcha sharoit tashkil etiladi. (harorat, organik moddalar miqdori, rN va boshqalar.) Metantek termoikulyasiya qilingan bo’lib, bijg’ish jarayoni meyorida ketishi uchun kerak bo’lgan harorat doimiy ravishda ushlab turiladi. Unda shuningdek go’ngni haydab turish uchun mo’ljallangan usqurma o’rnatilgan. Metantenkka go’ng bir me’yorda, bijish jarayoni bir xil ketadigan xolatda kiritib turiladi. Bijg’ish davrida go’ngda mikroorganizmlar rivojlanadi va birin- ketin organik moddalarni kislotalargacha parchalab beradi. Hosil bo’lgan kislotalar metan hosil qiluvchi va sintrof mikroorganizmlar ta’sirida gazsimon maxsulotlar – metan va karbonat angidridiga aylanadi. Go’ngni anaerob bijish jarayonida organik moddalarni parchalanish darajasi 25% dan 45% gacha etadi. Organik moddalarni parchalanishi (fegradasiyasi) ko’p bosqichli jarayon sifatida amalga oshirilib, bunda uglerod bog’lari har-xil mikroorganizmlar ta’sirida birin-ketin uziladilar. Eng zamonaviy tushunchalar bo’yicha organik moddalarni biogazga aylanishi to’rt bosqichda amalga oshadi:
birinchi, murakkab biopolimer molekulalarni (oqsil, lipid, polisaxarid va x.k.) kichikroq monomerlarga (aminokislota, karbon suvlar, yog’ kislotalari va x.k.) aylanishi;
ikkinchi, hosil bo’lgan monomerlarni yanada oddiyroq moddalarga; tuban kislotalar va spirtlarga bijg’ish (fermentasiya) asosida) aylanishi, (Bunda vodorod va karbonat angidrid ham paydo bo’ladi.);
uchinchi, asetogen bosqich- bu bosqichda metandan oldingi moddalar (asetat, vodorod, karbonat angidrid) paydo bo’ladi;
to’rtinchi, metanogen bosqich- oxirgi mahsulot, organik moddalarni metanga aylanishiga olib keladi.
Go’ng yoki boshqa organik moddalardan (chiqindilardan) biogaz olishda qatnashadigan mikroorganizmlar hamjamiyatini ta’sir etish chizmasi(Zavarzin bo’yicha). CHizmada organik moddalarni anaerob sharoitda parchalanishida har hil guruhga mansub mikroorganizmlarni o’zaro trofik aloqalari aks etirilgan birlamchi anaeroblar organik moddalarni metanni old mahsulotlari bo’lgan vodorod, korbonat angidiridi asetat, metanol ,metil amidlar, formiatgacha parchalaydilar. Metonogenlarni substrat spesifekligi, ularni oldingi bosqichda ishtirok etgan bakteriyalar bilan trofik aloqasiz rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi. O’z navbatida metan xosil qiladigan bakteriyalar birlamchi anaeroblar sintez qilgan moddalarni ishlatish orqali shu bakteriyalar bajarayotgan reaksiyalar imkoniyatlari va ularni tezligini aniqlab beradi. Metan xosil bo’lishda boshqarish funksiyasini bajarayotgan markaziy metabolit bo’lib, vodorod xizmat qiladi. Tizimda vodorodni parsial bosimini past xolatda ushlab turish xisobidan uni turlar orasidan birlamchi anaeroblar metobolizmi bevosita metanni old mahsulotlari xosil bo’lishigacha qarab o’zgartirish imkoniyatini yaratadi. Agar tizimdan vodorod chiqarib tashlanmasa, qaytarilgan maxsulotlar uchuvchan yog’ kislotalari va spirtlar xosil bo’ladi. Bu
birikmalarni metobolizmi xayot faoliyati hosil bo’lgan vodorodni metan bakteriyalar bilan bog’lashga bag’ishlangan sintrof bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Biogaz olish qurilmalarining sxemasi va konstruktiv-texnologik parametrlari, qayta ishlanadigan xomashyoning hajmiga, achitiladigan xomashyo materialining xossalariga, issiqlik-namlik rejimiga, xomashyoni yuklash va achitish usuligi va boshqa bir qancha faktorlarga bog‘liqdir.Biogaz qurilmasining asosiy jihozi - issiqlik almashtiruvchi germetik yopilgan idish (issiqlik uzatuvchi 50-60°C gacha qizlirilgan suv), go‘ngni kiritish va chiqarish hamda hosil bo‘lgan gazni chiqarib ketish moslama laridir. 86-rasmda bioenergiya olishning to‘liq jarayoni ko‘rsatilgan.Biogaz qurilmalari xilma-xil bo‘lib, ularning konstruksiyasi mahalliy sharoitga va biogaz olish uchun xomashyo miqdoriga bog'liqdir. Quyida ba’zibir biogaz qurilmalaring konstruksiyalarini ko‘rib chiqamiz.87-rasmda biogaz reaktorining soddalashtirilgan sxemasi keltirilgan. Sxemaga asosan, xomashyo - suv va go‘ng aralashmasi bioreaktorga joylashtiriladi. Xomashyo - substrat miqdori bioreaktor hajmining 90% ini to'ldirishga yetishi lozim. Substrat bioreaktorda 7+12 kun ushlab luriladi. Olingan gazni yoqib har xil maqsadlarda foydalaniladi yoxud uni issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Foydalanib bo‘lingan xomashyo bioreaktordan chiqarib tashlanadi va bioreaktor yangi xom ashyo bilan toldiriladi.Biogaz moslamalaridan foydalanish quydagi afzalliklarga ega
- biogaz S 0 2 ga qaraganda neytral yoqilg‘i hisoblanadi, undan foydalanish esa atmosferada organik chiqindilarni achitishda yuzaga keladigan metan gazi miqdori ko‘payishining oldini oladi;
- achitilgan bimassadan olinadigan o‘g‘itlar qiymati boshlang‘ich xomashyonikidan ancha yuqori;
- fermerlarga qarashli yerlarda oziqa moddalarini ekologik xavfsiz va iqtisodiy foydali uslubda ikkilamchi qayta ishlash qattiq biomassani biogaz olish uchun achitishning afzalligi hioblanadi;
- atrof-muhitning ifloslanishi kamayishi hisobiga insonlarning sog‘ligi yaxshilanadi;
- uzoq qishloqlarda ham maishiy qulayliklar yaratadi;
- yerlarning hosildorligini oshiradi;
- chiqindilardan foyda olish imkonini beradi;
- energetik qaramlikdan ozod qiladi.
Shuning uchun hozirgi kunda mamlakatimizda biogazdan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda.Ba’zi noana’naviy energetik manbalardan foydalanishning sekin rivojlanishi ularni ishlab chiqarish ana’naviy energiya ishlab chiqarishga qaraganda qimmatligidadir.Masalan, bir kunda 300 tonna quvvatga ega biogaz moslamasini yaratish uchun talab etiladigan umumiy mablag1 taxminan 6,4 millon AQSh dollarini tashkil etadi. Bu narx kelgusi 15 yilda 5,8 dan 5 millon AQSh dollarigacha tushushi kutilmoqda [7, 12]. Shuning uchun hozirgi vaqtda bir kunda taxminan 6-8 m3 biogaz va 100-120 litr o‘g‘it ishlab chiqaradigan kichik bioreaktorlar o‘rnatilmoqda. Udarning eng kam narxi 250 AQSh dollarini tashkil etadi. Maishiy iste’molchilarga mo‘jallangan biogaz moslamalaridan foydalangan holda, kichik xo‘jaliklar va fermerlar uchun o‘g‘it ishlab chiqarish ularning iqtisodiy samaradorligini oshirishga yordam beradi.
5. O’zbekistonda biogaz istiqboli
Respublikamizda markazlashgan elektr tarmog`i mavjud bo`lishiga qaramasdan, qish faslida ayrim nosozliklarni vujudga kelishi tufayli qishloq hududlarigacha elektr energiya yetmaydigan holatlar kuzatilishi mumkin. O`zbekistonning 60%dan ko`proq aholisi qishloq hududida istiqomat qiladi, ulardan deyarli 30,5% qismi kam ta`minlangan. Energiyaning no`to`g`ri ta`minlanishi mahalliy aholining daromad topish imkoniyatlariga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Respublikamizda tabiiy gaz, neft va ko`mir kabi qazilma manbalari mavjud. Biroq mamlakatning gaz manbalari kamayayotganligi uchun alternativ energiya manbalariga talab mavjud. Yurtimizda biogaz texnologiyalarini rivojlanishiga yordam berish loyihasining asosiy maqsadi mahalliy fermalarda dastlabki biogaz zavodlarini yaratish va ularni amalda sinab ko`rish. Bu amaliy foydani va biomassa energiyasini kichik va o`rta chorva fermalarda ishlatish foydasini namoyish qiladi. Shu qatori bu texnologiya Respublikamizda ham qo’llanilmoqda, xususan Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm, Samarqand, Farg’ona viloyatlarida qurilgan va hozirda ishlamoqda. Respublikada qurilgan texnologiyalar yangi bo’lganligi sababli bu qurilmalarni asosan ko’rgazmali desa bo’ladi. Qurilmalarning egalari biogazdan faqat o’z xo’jaliklari uchun foydalanadilar. Ko’plab chorvachilik, parandachilik xo’jaliklari, Fag’ona aeratsiya stantsiyasi va biomassalarni ko’plab yig’ilib qolish ehtimoli bo’lgan hududlarda biomassalardan turli maqsadlarda foydalanish tufayli biomassalardan chiqadigan gazlarning ta’sirini hisobga olinmaydi.O’zbekistonda energiyadan foydalanish asosan tabiiy gaz, neft, GES, ko’mir hisoblanadi. O’zbekistonda energiyadan foydalanish balansi 3-diagrammada keltirilgan.Respublikamizda bioenergetika xususan biogazdan keng miqiyosda foydalanish hali ham keng miqiyosda emasligi sababli, yaqin o’tgan yiilar ichida bioenergetika loyihalari bo’yicha mamalakatimizda ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash to’g’risida aniq mexanizmlar yaratildi. Chiqindilar to’g’risidagi qonunni qabul qilinishi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2008 – 2012 yillarda tabiatni muhofaza qilish”ga mo’ljallangan Dastur to’g’risidagi qarorni e’lon qilinishi biogazni Respublikada jadal sur’atda rivojlanishiga sabab bo’lmoqda. Mazkur qarorda biogaz olish va iqtisodiyotni turli tarmoqlarida foydalanish bilan bog’liq vazifalar aniq belgilab berildi.Hozirda Toshkent viloyati Zangi-ota tumani hududidagi “Milk-Agro” naslchilik fermer xo’jaligida ishga tushirilgan biogaz ishlab chiqarish uskunasining umumiy hajmi 120 m3 ni tashkil etadi (2 ta 60 m3 hajmli bioreaktor). Hosil qilingan biogaz 60m3 hajmli gazgolderda saqlanadi. Uskunaning quvvati natijasida kuniga 300 m3 biogaz va 10 tonna suyuq bioo’g’it olinmoqda. Hozirda mamalakatimizda hududlarida turli xil quvvatga ega bo’lgan 8 dona biogaz uskunasi ishlab turibdi.Surxandaryo viloyatidagi “Nadejda” firmasi boshlig’i Dargachev Vladislav boshchiligida Oybek Nurmatov rahbarlik qilayotgan chorva fermasida haftasiga 5 tonna organik o’g’it va sutkasiga 25 m3 biogaz ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan qurilma tiklanib foydalanila boshlandi.Unda olinayotgan biogaz hisobiga qishki mavsumda 1320 kV/m3 ga ega bo’lgan istiqomat joylarini va hayvonlar saqlanadigan bloklarini isitish yo’lga qo’yilgan, shu bilan birga fermer xo’jaligini avtonom elektr ta’minoti tizimi to’liq ishlashi ta’minlangan.Yil davomida havoga tashlanayotgan 155 tonna miqdordagi karbon gazlari qisqartirildi. Fermer xo’jaligidagi yoqimsiz hidlardan, suyuq va yarim suyuq holidagi chiqindilar bartaraf etilib, atrof-hududdagi sanitar holat yaxshilandi. Bundan tashqari bigaz qurilmasini qurish haqidagi O’zbek va Rus tillaridagi 500 jilddan iborat qo’llanmalar ishlab chiqildi. Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida ham biogaz qurilmasi barpo etildi. Akmal Sodiqov boshchiligida O. Qosimov xonadonida 25 m3 ga ega bo’lgan biogaz qurilmasini qurishdi. Bu qurilmadan kuniga 70 m3 biogaz olinmoqda. O.Qosimov endi qish kunlari ham 1 gektarga yaqin issiqxonasini bemalol isityapti. Qish kunlari ham bozorga issiqxona mahsulotlarini yetkazib, juda yaxshi daromad topmoqda.Biogaz qurilmasi bilan yaqindan tanishishga nafaqat Sirdaryo viloyati, Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari fermerlari katta qiziqish bildirishdi. Ulardan aksariyati biogaz haqida umumiy tasavvurga ega bo`lsa-da, hozircha hech kim biogaz qurilmasini amalda qanday ishlashini bevosita shohidi bo`lmagan. Zotan bunday qurilmalar hozircha viloyatda ham, respublika miqyosida ham keng tarqalmagan. Ana shunday fermerlardan biri – Bahrom Shermatov, Sirdaryoda 40 bosh qoramoldan iborat fermaga ega. Boshqa fermerlar singari u chorvachilik chiqindilaridan biogaz olish imkoniyati to`g`risida ko`proq ma`lumot olishga ishtiyoq bildirmoqda. Irina Dergacheva «Nadejda» fermasi rahbarining qizi va atrof-muhit muhofazasi bo`yicha mutaxasis, biogaz qurilmasi taxminan 4 yil ichida sarflangan xarajatlarni oqlaydi, deb fermerlarni ishontirmoqda. «Ayniqsa, agar fermer sabzavotlar yetishtirishga moslashgan issiqxonalarni qish mavsumida isitishga qodir bo`lgan katta biogaz qurilmasini o`rnatgan bo`lsa», «Issiqxonalarni energiya manbai bilan ta`minlash maqsadida biogazdan foydalanish imkoniyatlari viloyatidagi aksariyat fermerlarni bugun biogaz texnologiyalari namoyish markaziga tashrif buyurishga undamoqda», – deya tushuntiradi Sirdaryo viloyati hokimiyati vakili Bahtiyor Holboev. Uning ta`kildashicha, «meva va sabzavotlar narxi qish faslida ayniqsa oshib, eng qimmat bo`ladi. Binobarin, hozirda ko`pchilik fermerlar xususiy issiqxonaga ega bo`lish yaxshi daromad manbai ekanini anglab yetmoqda». Bahrom Shermatovning fikricha, fermerlar oddiy xo`jalikdagi biogaz qurilmasining ishlash xususiyatini bevosita kelib ko`rishganidan so`ng, bunday loyihaga mablag` sarflashga jazm etishlari mumkin. Qolaversa, agar bir fermer biogaz qurilmasini yasashga ahd qilsa, uning ijobiy tajribasi boshqalar uchun o`rnak bo`lishi muqarrar. yildan buyon biogaz qurilmasi ishlab turganidan bexabar edim».BMTTD namoyish markazlarining Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida ochilishi Respublikada biogaz tarmog`i istiqbollarini o`rganish yo`lida tashlangan dastlabki qadamdir. Mazkur loyiha biogaz qurilmalarini keng joriy etishga yo`naltirilgan umummilliy strategiya uchun tavsiyalar va takliflar tayyorlash maqsadida mahalliy hokimiyatlar, Vazirliklar, fermerlar va ekspertlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Bunday strategiya esa pirovardida Respublikada biogaz texnologiyalari bozorini barpo etishga imkoniyat yaratadi.«Xorazm fermerlari qish mavsumida uzluksiz issiqlik ta`minotiga ehtiyoj sezmoqdalar», deya tushuntiradi UDU rektori Ruzimboy Eshchonov. Uning ta`kidlashicha, «qishda tabiiy gaz bosimining kamayishi natijasida ko`pchilik fermerlar daraxt ko`chatlaridan yonilg`i sifatida foydalanishdan o`zga imkoniyatga ega emas. Muqobil va atrof-muhitga zararsiz yechimlarni izlagan universiteti BMTTD bilan hamkorlikda qishloq sharoitlarida biogazdan foydalanish afzalliklarini namoyish etishga jazm etdi. Biz respublikaning g`arbiy viloyatlari fermerlariga chorvachilik chiqindilari muqobil energiya manbai ekanini ko`rsatishni xohlaydi».Urganch davlat universiteti agrar tarmog`ida barqaror texnologiyalarni tatbiq etish borasida qator tashabbuslarni faol amalga oshirmoqda. Xususan, Global ekologik jamg`armasining kichik grantlar dasturi doirasidagi yerlarni lazer nivelirida tekislash hamda sug`orish kanallari sifatini yaxshilash bo`yicha loyihalar shular jumlasidandir.R.Eshchonovning fikricha, bunday o`zaro hamkorlik nafaqat universitet uchun, balki butun viloyat uchun katta ahamiyatga ega: «Viloyatining farovonligi qishloq xo`jaligining rivojiga ko`p jihatdan bog`liq. Shu bois universiteti agrar tarmoqni qo`llab-quvvatlash, yangi agrotexnika usullarini tatbiq etish orqali uni yanada samarador va barqaror bo`lishini ta`minlashga alohida e`tibor qaratmoqda. Biroq tub o`zgarishlar uchun vaqt kerak. Binobarin, hozirda mazkur yo`nalishdagi dastlabki qadam bu fermerlar va agrar oliygohlari talabalarini qishloq xo`jaligini barqaror rivojlantirish usullari haqida voqif etishdan iborat. Biz BMTTD timsolida salohiyatli sherigi borligidan g`oyat mamnun. Hamkori tomonidan universitet qoshida biogaz texnologiyalari bo`yicha treninglar o`tkazish uchun zarur jihozlar taqdim etildi».Fermerlar uchun treninglar o`tkazishga mas`ul shaxs – Akmal shunday deydi: «Biz fermerlarga go`ng gaz ko`rinishidagi daromad manbai bo`lishi mumkinligi va u orqali issiqxonalarni isitish imkoniyati mavjudligini namoyish etishga intilmoqda. Chunonchi, fermerlar narxlar ko`tarilgan qish faslida meva-sabzavotlar sotish, yoz mavsumida esa biogazda ishlaydigan suv tortgichlar orqali o`z dalalarini sug`orish imkoniyatiga ega bo`lishadi. Shuningdek, biogaz ishlab chiqarish jarayonida hosil bo`ladigan sifatli tabiiy o`g`it qishloq xo`jaligi mahsulotlari hosildorligini yanada oshiradi, kimyoviy o`g`itlar o`rnini bosib, fermerlar harajatlarini tejashga hamda ekologik toza mahsulotlar yetishtirishga hizmat qiladi».«Biogaz texnologiyalarining amaldagi namoyishi g`oyat muhim va foydalidir. Zotan, hozircha fermerlarning ko`pchiligi go`ng energiya ishlab chiqarish uchun barakali mahsulot ekani haqida yetarli tasavvurga ega emas. Markazga kelgan fermerlar biogaz qurilmasi andozasi bilan tanishganidan va uning amalda ishini bevosita shohidi bo`lganidan keyin, biogaz qurilmasi iqtisodiy jihatdan daromadli ekanini anglab yetadilar», - deydi Akmal.Biogaz texnologiyalariga bo`lgan katta qiziqish R.Eshchonov uchun ibratli holdir va uning aytishicha, hozirning o`zida uch nafar fermer universitetga murojaat etib, fermalarida biogaz qurilmasini o`rnatishga yordam berishni so`rashdi. «Biz mintaqa fermerlariga biznes-rejalar ishlab chiqish, biogaz qurilmasini o`rnatish va undan foydalanishda maslahat ko`rsatishdan g`oyat mamnun».Urganch davlat universitetida hamda Sirdaryo viloyatida joylashgan “Nadejda” xususiy fermasi qoshida ochilgan biogaz texnologiyalari namoyish markazlari BMTTDning biogazdan foydalanish afzalliklari haqida voqif etish borasidagi faoliyatining muhim bo`g`inidir. Fermerlar bilan bo`lib o`tgan uchrashuvlar davomida mavjud to`siqlar hamda biogaz qurilmalari o`rnatishdan manfaatdor fermerlar uchun imkoniyatlarga oid ma`lumot to`plandi. Mazkur ma`lumot O`zbekistonda biogaz texnologiyalarini joriy etish bo`yicha bo`lajak strategiyani ishlab chiqish uchun zarur takliflarni tayyorlashga asos bo`ladi.(Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 noyabrdagi “Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalarini qurishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 343-sonli qarori to‘g‘risida) Respublikamizning agrosanoat kompleksida ekologik toza va energiyadan samarali foydalanuvchi texnologiyalarni joriy qilish maqsadida, biogaz qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni taqdim etishni ko‘zda tutuvchi “Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalarini qurishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.Qaror bilan, ATB “Hamkorbank”, ATB “Turonbank”, ATB “Qishloq qurilish bank”, AT “Xalq banki”, AITB “Ipak yo‘li”, ATB “O‘zsanoatqurilishbank”larga Global ekologik fond (GEF) grantlarini, shuningdek kreditlarni respublikamizning qishloq xo‘jaligi korxonalarida biogaz qurilmalarini qurish bo‘yicha loyihalarning tashabbuschilariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan foiz stavkalarida ajratish tavsiya etilgan.Shundan tartib joriy qilinmoqdaki, unga binoan, biogaz qurilmalarini qurish loyihalari tashabbuschilari talabnomalariga asosan yer uchastkalarini va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish vakolatli tashkilotlar tomonidan “bir darcha” tamoyili orqali amalga oshiriladi.Qarorda maxsus uskunalarni qurish, montaj va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar, shuningdek biogaz qurilmalarining namunaviy loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalarini qurishning manzilli hududiy dasturlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.Biogaz qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni, biogaz qurilmalari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni boshlagandan sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga kiritish mumkinligi xabar qilinmoqda.2016/2017 o‘quv yilidan boshlab qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha “Qishloq xo‘jaligi texnikasi” ta'lim sohasi yo‘nalishlari va “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” va “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” yo‘nalishlari ixtisosliklari doirasida oliy, o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarining tegishli o‘quv fanlari dasturlariga “Biogaz qurilmalari. Qurish va ulardan foydalanish” mavzulari (bo‘limlari)ni kiritish ko‘zda tutilgan.Qayta tiklanadigan energiya manbalari orqali elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi qurilmalarga ega bo‘lgan iste'molchilar ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga o‘rnatilgan tartibda yetkazib berishlari mumkinligi belgilab qo‘yildi. “Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalarini qurishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joriy yilning iyul-avgust oylarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining veb-saytida umumiy muhokamaga qo‘yilgan edi.Yuqorida tilga olingan hukumat qarori bilan ko‘zda tutilgan biogaz qurilmalarini qurishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish iqtisodiyot agrosanoat kompleksini energiyadan samarali foydalanadigan va kam uglerodli rivojlanish modelini joriy qilinishini, chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarining barqaror energiya ta'minotini ta'minlaydi, ularning chiqindilarini utilizatsiya qilish masalasini, tuproqning oksidlanishini, yer osti va yuzadagi suvlarning ifloslanishi, metan - issiqxona gazlarini chiqishi muammolarini hal qiladi.Qabul qilingan qarorni amalga oshirish qishloq joylarda yashash darajasining oshishiga imkon beradi va xo‘jaliklarning nafaqat barqaror energiya ta'minoti, balki ularning serdaromadligini oshirish va energiyaning tiklanadigan manbalari bozorini kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish masalasining hal qilinishini ta'minlaydi.Respublikamizda, xususan chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talabning oshib borishi bilan ularning barqaror energiya ta'minoti masalasi muhim bo‘lib bormoqda. Bu masalani qisman energiyadan samarali foydalanadigan va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, jumladan qayta tiklanadigan manbalardan avtonom tarzda energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish orqali yechish mumkin.Xalqaro tajribani va chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilish natijasida, eng ilg‘or texnologiyalardan biri sifatida biogaz ishlab chiqarish texnologiyasi tan olingan.Organik chiqindilardan olinadigan biogaz o‘z tarkibida 50 foizdan 70 foizgacha bo‘lgan miqdorda metan - yonuvchi gazni jamlaydi, u ovqat tayyorlash, elektr va issiqlik energiyasini (issiq suv va isitish) ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Biogaz ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan chiqindilar yuqori sifatli o‘g‘itlar hisoblanadi, ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish mumkin.Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda 6 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ularda 650 mingdan ortiq qoramol va 21 million boshdan ortiq parrandalar yiliga 6 million tonnadan ortiq organik chiqindilar hosil qiladilar.Bir qator fermer xo‘jaliklarida biologik chiqindilarni qayta ishlaydigan va biogaz hamda bioo‘g‘it ishlab chiqaradigan biogaz qurilmalari foydalanilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan biogaz xo‘jaliularning ichki ehtiyojlari uchun foydalanilmoqda.
7. Metanogenezning: birinchi bosqichida, hujayradan tashqaridagi gidrolitik fermentlarni ta’siri hisobidan, bijg’uvchi massaning deyarli barchasi (lignindan tashqari) qisman parchalanadi. Metanli bijg’ishni bu bosqichida unchalik ko’p bo’lmagan miqdorda kislorod ishtirok etishiga ham ruxsat etiladi.
Ikkinchi bosqichda, fermentasiya fazasida past molekulali shakarlar, asosan monomerlar va boshqa organik birikmalar (polimer substratlarni fermentativ gidrolizidan hosil bo’lgan moddalar), n-butanolga, propanolga, etanolga, aseton va boshqa birikmalarga aylanadilar. Bu bosqichda kislorod jarayonni bo’g’ib qoyadi, demak uning ishtiroki butunlay mumkin emas.
Uchinchi bosqich, asetogen faza hisoblanadi va unda shu paytga kelib rivojlangan mikroflora – sirka, chumoli va sut kislotalarini hosil qiladi. Bu jarayon kislorodsiz faza bo’lib, unda faqat obligat (shart bo’lmagan) anaeroblar ta’sir ko’rsatadilar.
Oxirgi bosqich, metanogen fazada, metan hosil bo’ladi. Metanli bijg’ish texnologiya nuqtai nazaridan ikki fazaga bo’linadi: metanli biosenozning yetilishi va fermentasiya.Oxirgi bosqichda azot saqlovchi organik birikmalar ham jadal o’zgaradilar. Bijg’iydigan muhitni ishqorlanishi bilan (pH8,0) oltingugurtni qaytaruvchianaerob bakteriyalarning ta’siri hisobidan uchuvchan organik birikmalar: chumoli, sirka, propion, moy, sut, yantar (qahrabo) kislotlari va shuningdek, spirtlar va gazlar hosil bo’ladilar. Bu birikmalar anaerob metanogen organizmlar uchun substrat bo’lib xizmat qiladi
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:
Asosiy adabiyotlar:
1. Majidov T.SH., Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari. Toshkent - 2014. -177 s.
2. Allaev K.R., Energetika mira i Uzbekistana.T «Fan va texnalogiya» 2009. -464 s.
3. Allaev K.R., Energetika mira i Uzbekistana. Analiticheskiy obzor. -T.: Izdatel`stvo
«Moliya»., 2007. -388 s.
4. Xoshimov F.A., Taslimov A.D., Raxmonov I.U., Elektr ta'minoti tizimida energiya nazorati va hisobi. T 2014
Internet saytlari:
Sayt: www.wikipedia.org
Sayt: www.aim.uz
Sayt: www.referat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |