Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
— Menda pul yo‘q, — dedi Tursunali uning qo‘liga yopishib. Shu onda Murik tizzasi 
bilan uning nozik yeriga tepib, bukchaytirib qo‘ydi. So‘ng ixranayotgan o‘ljasining o‘ziga 
kelishini kutib, sigaret tutat- di. — Zemlyak, bu yerda puling yo‘qligini bilaman. Ammo 
uyingda ancha puling qolgan. Berkitgan yeringni shu paytgacha o‘zingdan boshqa hech 
kim bilmas edi. Endi bu sirga ikkalamiz egalik qilamiz. Men o‘g‘il bolacha ish tutaman: 
hammasini olmayman, yarmisi o‘zingga qoladi. O‘zingni qiynamay qaerga yashirganingni 
ayt. Hozir bilmasdan tizzam tegib ketdi. Bilib tepsam, yomonroq bo‘ladi. Qani, ayta qol. 
— Nimani? 
Bu savol Murikka yoqmay, bir so‘kindi-da yana kekirdakdan oldi. Tizza zarbidan hali 
o‘ziga kelolma-yotgan Tursunali xirilladi, rangi oqara boshladi. Murik uning ahvolini 
sezib, kekirdagini qo‘yib yubordi-da, yuzini siladi: 
— Sen zolotoy odamsan, zemlyak. Bilib qo‘y, shu paytgacha hech kim mening bir 
gapimni ikki qilmagan. Men sening izingdan shu yergacha keldim. Ahmoq bo‘lib qaytib 
ketmayman. Sen esa... yo pullaringni qayga berkitganingni aytasan yoki bahorgacha 
shu yerda yotasan. Omadli odam bo‘lsang, bahorda suyaklaringni yig‘ishtirib olib 
ko‘mishar. Xudoning qarg‘ishiga uchragan bo‘lsang sen xunasaga shu ham nasib 
etmaydi. Qani, yechin. 
— Nega? 
— Negaligini keyin bilasan. 
Tursunali yalang‘och holda muzlab o‘lishni tasavvur qilib, dahshatdan titrab ketdi. 
— Aytaman, — dedi u jon talvasasidagi odamning ovozi bilan. 
— Zolotoy odamsan demadimmi?! Seni o‘ldirish hayf. Qani, ayt. 
— Qishloqda... 
— Faqat «molxona tagiga ko‘milgan», dema. U yer kavlab tashlangan. 
Bu gapni eshitib Tursunali hayratdan qotib qoldi. «Qayoqdan biladi?» deb o‘yladi. 
Qo‘liga kishan urilgan dastlabki kunlarda, dastlabki so‘roqlarda shunday deb aldagan, 
so‘ng buning evaziga rosa tepki yegan edi. O‘lim xavotirida turgan Tursunali hozir shuni 
esladi. Ammo «bu o‘shalarning sherigimi?» degan gumonga bormadi. Molxonani 
aytishga og‘iz juftlagan Tursunali uchun bu ogohlantirish durust bo‘ldi. 
Hojatxonada ham dema, u yerni titadigan ahmoq yo‘q. Bo‘l, ayt. Bilib qo‘y: 
aldasang, it ko‘rmagan azoblarda o‘lasan. Bu — bir. Urug‘ing bilan quriysan, bu — ikki. 
Tushundingmi? Bolalaring ham o‘zingga o‘xshab o‘ladi. O‘zing bittagina bola bo‘lgan 
ekansan. Sendan o‘sha bittasi ham qolmaydi. 
O‘lim talvasasi, ayni choqda najot umididagi Tursunalining ko‘z oldiga Tengiz keldi. 
«Nima qilib bo‘lsa ham o‘shanga yetib olsam bo‘ldi», degan xayolda yana bir marta 
aldashga qaror qildi. Bu holda ham nafs g‘olib chiqdi. O‘zining joni emas, hatto 
bolalarining joni emas, berkitilgan boyligini saqlab qolish ilinji ustun keldi. 
— Hozir aytaman, — dedi Tursunali unga najot nazari bilan boqib. 
— Aytasan, aytmay qayoqqa ham borarding. Sen bilan biz musulmaninmiz, zemlyak. 
Bir-birimizni suyab-qo‘llamasak, xor bo‘lib o‘lib ketamiz. Boylik yo‘q bo‘lib ketadigan 
narsa. Sen bu yerlardan chiqib borguningcha berkitgan pullaring chirib ado bo‘ladi. Erta-
indin Gorbach pulni almashtirsa bundan battar bo‘ladi. Sen zolotoy ekansan, zemlyak. 
To‘g‘ri yo‘lni tanlading: puling ham chirimaydi, o‘zing ham bu yerlarda chirib qolib 
ketmaysan. Uyingga soppa-sog‘ kirib borasan. Pul degani nima, bilasanmi? — Murik 
shunday deb Tursun-alining bilagidan ushladi-da, kaftiga sigaret kulini qoqdi. So‘ng 
puflab, bu kulni to‘zitdi. — Tushundingmi, zemlyak? Endi o‘zingga kelib olgandirsan, a? 
Bo‘la qol, tarang qilmay, ayt. 
«Buning orqasidan ergashib kelganimni Tengizning odamlari ko‘rmadimikin? 
Yordamga kelib qolishmasmikin?» degan ilinjdagi Tursunalining atrofga javdirashini 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish