Qur’onda oyat nozil etilmagan



Download 114,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.04.2022
Hajmi114,57 Kb.
#562123
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yusuf - Vikipediya



Yusuf
Yusuf — Qur’onda zikr qilingan paygʻambarlardan biri. Qur’oni karimdagi 12-sura, yaʼni „Yusuf“
surasida Yusuf va Yaʼqub alayhissalomlar haqida soʻz boradi. Yusuf alayhissalom qissasi Qur’oni
Karimdagi eng goʻzal qissalardan biridir. „Yusuf“ surasidan boshqa oʻrinda bu paygʻambar haqida
Qur’onda oyat nozil etilmagan.
Yusuf alayhissalom Yaʼqub alayhissalomning, Yaʼqub alayhissalom Is’hoq alayhissalomning,
Is’hoq alayhissalom Ibrohim alayhissalomning farzandidir. Yaʼni Yusuf ibn Yaʼqub ibn Is’hoq ibn
Ibrohim.
Yusuf alayhissalomga Alloh tomonidan goʻzal husn va paygʻambarlik moʻjizalaridan boʻlmish
tushlarni toʻgʻri taʼbir qilish qobilyati berilgan edi. Quyida Yusuf alayhissalom haqidagi qissani
bayon etamiz.
Vaqtiki, Yusuf otasiga: „Ey, otajon, men tushimda oʻn bitta yulduz, oy va quyoshni menga sajda
qilayotganini koʻrdim“, — dedi. Yaʼqub alayhissalom unga: „ Tushingizni akalaringizga aytmang,
sizga yomonlik qilib qoʻyishmasin. Albatta shayton insonga ochiq dushmandir. Shunday qilib,
Alloh sizni tanlab oladi, tushlar taʼbirini oʻrgatadi va otalaringiz Ibrohim va Is’hoqqa batamom
qilib berganidek, sizga paygʻambarlikni ato etadi. Albatta, Alloh bilguvchi va hikmatli zotdir“, -
dedi.
Yaʼqub alayhissalomning oʻn ikkita farzandi bor edi. Yusuf ularning oʻn birinchisi edi. Yusufni
qolgan farzandlaridan koʻra koʻproq yaxshi koʻrardi va hech yonidan ketkazmasdi. Shuning uchun
Yusufning akalari uni yomon koʻrishardi. Yusufning Binyamin ismli tugʻishgan ukasi bor edi. Akalari
Binyaminni ham yomon koʻrishardi, lekin Yusufni yomon koʻrganchalik emas.
Oʻshanda akalari aytishdi: „Yusuf va uning ukasi otamizga bizdan koʻra mahbubroq. Vaholanki, biz
koʻpchilikmiz. Albatta, otamiz ochiq-oydin zalolatdadir“. Ulardan biri: „Yusufni oʻldiringlar. Keyin


otangizning yuzi sizlarga buriladi. Keyin tavba qilib olasizlar“, — dedi. Ulardan boshqasi: „Yusufni
oʻldirmanglar. Biror ish qilmoqchi boʻlsangiz uni quduqqa tashlanglar. Keyin baʼzi yoʻlovchilar olib
ketadi“, — dedi. Yusufning akalari bu ishga qasd qilishdi va otalarini oldiga borib aytishdi: „Ey,
otajon, nega siz bizga Yusufni ishonmaysiz. Vaholanki, biz unga yomonlikni ravo koʻrmasmiz.
Ertaga uni biz bilan yuboring, yeb-ichib, oʻynab keladi. Albatta, biz uni muhofaza qiluvchidirmiz“.
Shunda Yaʼqub alayhissalom: „Uning oldimdan ketishi meni xafa qiladi. Sizlar boradigan yerda
boʻrilar bor. Undan gʻofil qolgan paytingizda uni boʻri yeb ketishidan qoʻrqaman“, — dedi. Ular:
„Agar biz koʻpchilik boʻla turib uni boʻri yeb ketsa, u holda biz ziyonkorlardan ekanmiz-da“, —
deyishdi.
Qoʻyarga-qoʻymas otalarini rozi qilishdi. Ertasi kuni Yusufni birga olib ketishdi. Yusufni yomon
koʻrganliklaridan yoʻlda urib-soʻkib borishdi. Soʻng bir quduqqa uni tashlab yuborishdi. Shunda
Alloh taolo Yusufga: „Sen, albatta ularga bu qilmishlarining xabarini berasan. Oʻshanda ular seni
sezmaslar ham“, — deya vahiy qildi. Akalari esa Yusufning koʻylagini yolgʻon qonga belashdi.
Kechqurun esa yolgʻondan yigʻlagan hollarida otalarining oldiga kelib: „Ey, otajon, biz Yusufni
narsalarimiz oldida qoldirib quvlashib ketsak, uni boʻri yeb qoʻyibdi. Agar rostgoʻy boʻlsak ham
siz bizga ishonmassiz“, — dedilar. Va Yusufning qonga belangan koʻylagini koʻrsatdilar. Yaʼqub
alayhissalom: „Yoʻq! Havoi nafsingiz sizga bir ishni chiroyli koʻrsatdi. Endi meni ishim chiroyli sabr
qilish. Siz vasf qilayotgan narsada yordam soʻraladigan zot yolgʻiz Allohning Oʻzi“, — dedi. Yaʼni
Yaʼqub alayhissalom ularning yolgʻon gapiryotganini sezdi. Yusufni boʻri yemagani unga ayon
boʻldi. Ammo, uning yoʻqolgani uchun koʻz yosh toʻkdi.
Yusuf alayhissalom tashlangan quduq yaqinidan bir karvon oʻta boshladi. Shunda karvondagilar
quduqqa suvchilarni yubordilar. Bir suvchi chelagini tashladi. Qaytib tortganidan soʻng
hayratlanib: „Suyunchi beringlar! Bu bola-ku!“, — dedi. Soʻngra ular Yusufni tijorat moli sifatida
yashirib qoʻydilar. Yusufning hur insonligi, nasli oshkor boʻlib qolsa, boshlariga nimalar kelishini
yaxshi bilardilar. Va uni tezroq sotishga kirishdilar. Keyin uni misrlik amaldorga arzon bahoga,
sanoqli dirhamlarga sotib yubordilar.
Yusufni sotib olgan amaldor xotiniga: „Uni yaxshilab joylashtir, shoyad bizga manfaat bersa yoki
bola qilib olsak“, — dedi. Bu paytda Yusufning yoshi oʻn ikkida edi. Mana shunday qilib, Yusuf
misrlik amaldorning qoʻlida xuddi oʻz oʻgʻlidek katta boʻladi. Voyaga yetgan vaqtida Alloh taolo
unga hukmni va ilmni ato etdi. Albatta, u goʻzal amal qiluvchi bandalardan edi.
Soʻzimizning avvalida aytdik, Yusuf alayhissalom goʻzal husn egasi edi. Shuning uchun ham uni
oʻz qaramogʻiga olgan ayol chidolmadi. Xuddi eriga tayyorlangandek tayyorlanib, eshiklarni
berkitdi va Yusufga: „Yonimga kel“, — dedi. Shunda Yusuf alayhissalom: „Alloh saqlasin! Axir u
joyimni yaxshilab bergan xoʻjam-ku! Albatta zolimlar najot topmaslar“, — dedi. Yusuf
alayhissalom, bunday harom ish qilishdan Alloh saqlasin, demoqda. Keyin u yaxshilikni


unutadigan odam ham emas. Xoʻjasini unga qilgan yaxshiliklarini koʻrib turib, unga xiyonat
qilishdan tiyildi, fahshga aralishib, zolimlardan boʻlib qolishni xohlamadi.
Keyin haligi ayol unga intildi, shunda Yusuf alayhissalom Allohning burhon-hujjatini koʻrdi. Alloh
taolo Yusuf alayhissalomdan fahshni ana shunday qilib tiyib qoʻydi. Albatta Yusuf alayhissalom
muxlis bandalardandir.
Shu oʻrinda baʼzi manbalarda notoʻgʻri fikrlar ham bor ekan. „Yusuf ham u ayol bilan boʻlishni
xohladi, ammo Robbisining hujjatini koʻriganidan keyin, qaytdi“, degan jumlalar mutlaqo xatodir.
Yusuf alayhissalom bu ish haqida umuman oʻylamagandi ham. Alloh esa uning fahshga aralashib
qolmasligi uchun hujjat nozil qilgan edi.
Keyin Yusuf alayhissalom eshik tomon chopdi. Uning ortidan u ayol ham yugurdi. Soʻng u ayol
Yusufning koʻylagini orqasidan yirtdi. Shunda eshik oldida u xotinning eriga duch kelishdi. Shunda
ayol makr qilishni boshladi va eriga: „Sening ahlingga yomonlik xohlaganning jazosi qamalmoq
yoki alamli azobdir“ - dedi. Yaʼni Yusuf alayhissalomni ayblay boshladi. Yusuf esa: „Uning oʻzi
mening nafsimni xohladi“, — dedi.
Shunda u xotinning ahlidan bir kishi guvohlik berdi. Manbalarga koʻra, bu boshqa xonada yotgan
bir chaqaloq boʻladi. U chaqaloq Allohning qudrati bilan soʻzladi: „Agar Yusufning koʻylagi old
tomondan yirtilgan boʻlsa, xotin rost aytibdi, u yolgʻonchidir. Agar uning koʻylagi orqa tomondan
yirtilgan boʻlsa, Yusuf rost aytibdi. Xotin yolgʻonchidir“. Haligi xotinning eri Yusufning koʻylagi
orqa tomondan yirtilganini koʻrib: „Bu siz ayollarning makringiz. Albatta, sizlarning makrlaringiz
buyuk makr boʻldi. Ey, Yusuf, sen bu ishni unut. Sen, xotin, gunohingga istigʻfor ayt. Albatta, sen
xato qilguvchilardan boʻlding“, — dedi.
Bu gap shaharga tarqadi. Shahar ayollari: „Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi. Unga
juda muhabbat qoʻyib qolgan ekan-da! Biz u ayolni, albatta, ochiq-oydin adashuvda deb
bilamiz“, — deyishdi.(Bu yerdagi Aziz — haligi ayolning eri. Oʻsha paytlarda sanoat ishlari bilan
shugʻullangan kishilarni „Aziz“ deb atashgan.) Ayolning qulogʻiga shahardagi gap-soʻzlar yetib
bordi. Keyin ularni odam yuborib bir joyga chaqirtirdi. Ularga suyanib oʻtiradigan joy tayyorladi. Va
har birlarining qoʻllariga pichoq berdi. Soʻng Yusufga: „Ularning oldiga chiq!“, — dedi. U ayollar
Yusuf alayhissalomni koʻrgan paytlarida lol qoldilar, es-hushlarini yoʻqotganlaridan qoʻllarini
qiymaladilar. Ammo ogʻriqni his etmadilar. Shunda ular: „Yo pok Parvardigoro! Bu bashar emas!
Bu karamli farishtaning oʻzi-ku!“, — deyishdi. Soʻng Yusufga intilishdi, hammalari uning nafsini
xohladi.
Shu holatda Azizning ayoli oʻzini ulardan gʻolib sezdi va: „Siz meni malomat qilgan edingiz. Ha,
men undan nafsini xohladim, biroq u oʻzini saqladi. Agar mening amrimni bajarmasa, albatta,
qamalur va xor boʻlguvchilardan boʻlur“, — dedi.


Yusuf alayhissalom shunda: „Ey, Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan koʻra menga qamoq
mahbubroqdir. Bu ayollarning makrini mendan nari qilmasang, johillardan boʻlib qolaman“, — dedi.
Bas, Alloh uning duosini ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi. Albatta, Allohning Oʻzi
eshitguvchi va bilguvchi zotdir.
Boʻlib oʻtgan voqealardan soʻng, Aziz va uning atrofidagilarga, xotinning ahliga Yusufning beayb
ekanligi alomatlari zohir boʻlib, koʻzlari bilan koʻrganlaridan keyin, uni bir muddat qamashlari ayon
boʻldi. Yusuf alayhissalomning boshiga yangi sinov keldi. U kishi qamoqqa tushdi.
Yusuf alayhissalomning qamoqda ikki sherigi bor edi. Ular Yusuf alayhissalomni ilmli va solih kishi
ekanligini koʻrishdi va ulardan biri: „Men tushimda sharob tayyorlab yuribman“, — dedi. Ikkinchisi:
„Men boshimda non koʻtarib yuribman, qush undan yemoqda“, — dedi. Soʻng: „Bizga buni taʼbirini
xabar qil, shubhasiz, biz seni yaxshi amal qilguvchilardan deb bilmoqdamiz“, — deb aytishdi.
Yusuf alayhissalom soʻzlay boshladi: „Men sizlarga rizq boʻladigan taom kelguniga qadar
sizlarga tushingizni taʼbir qilib beraman. Bu ish menga Robbim taʼlim bergan narsalardandir.
Chunki men Allohga iymon keltirmaydigan va oxiratga kofir boʻlgan qavmning millati-dinini tark
etganman. Va otalarim Ibrohim, Is’hoq va Yaʼqubning diniga ergashdim. Biz uchun biror narsani
Allohga sherik qilish mumkin emas edi. Bu bizga va odamlarga Alloh bergan fazl edi. Lekin
odamlarning koʻplari shukr qilmaslar“, — dedi. Yaʼni Yusuf alayhissalom tushlarni taʼbir qilishdan
oldin sheriklariga kufr millatini tark etib, iymon millatiga ergashishga daʼvat etmoqda. Soʻng:
„Hamzindon doʻstlarim, turli-tuman Robblar yaxshimi yoki yolgʻiz Qahhor Alloh yaxshimi? Sizlar
Undan oʻzga, oʻzingiz va bobolaringiz nomlab olgan ismlarga, Alloh ularga biron hujjat nozil
qilmagan narsalarga ibodat qilmoqdasizlar. Hukm qilish faqat Allohning Oʻziga xosdir. U faqat
Oʻzigagina ibodat etishingizni amr etdi. Ana oʻsha toʻgʻri dindir. Lekin odamlarning koʻpi
bilmaslar“, — dedi. Har soʻzini daʼvatdan boshlash paygʻambarlarning aqidasidir. Xususan Yusuf
alayhissalom ham sheriklarini iymonga chorlamoqda. Soʻng tushlarni taʼbir qila boshladi: „Ey,
hamzindon doʻstlarim, sizlardan biringiz xoʻjasiga xamr soqiylik qilur. Boshqasi boʻlsa, osilur va
qushlar kelib uning boshidan yeydir. Siz bilmoqchi boʻlgan ish bitdi“, — dedi. Zindondagi
sheriklaridan biri soqiy boʻladi. Qamoqdan chiqqandan soʻng yana eski ishiga qaytishini va
ikkinchisi osilishini Yusuf alayhissalom aytib oʻtgan boʻldi.
Va u oʻzi ikkovlaridan najot topguvchi deb bilgan shaxsga: „Xoʻjang huzurida meni esga ol“, —
dedi. Yaʼni meni aybsiz qamoqda oʻtirganimni podshohingga yetkaz, degan maqsadda bu soʻzni
aytdi. Haqiqatdan, biri qamoqdan chiqdi, biri osildi. Haligi yigit yana podshohiga soqiylik qila
boshladi. Lekin Shayton undan Yusuf alayhissalomning iltimosini unuttirdi.
Manbalarga koʻra, shunda Yusuf alayhissalomning oldiga Jabroil alayhissalom kelib unga savol
berdi:
— Akalaringiz sizga zulm yetkazganda, sizni omonda saqlagan kim edi?


— Alloh, — dedi Yusuf alayhissalom.
— Sizni yaxshi joyga joylashtirib, ilm oʻrgatgan kim edi?
— Alloh, — dedi yana.
— Ayollar sizga makr qilganda, ulardan qutqargan kim edi?
— Alloh, — dedi uchinchi marta.
— Boʻlmasa, nega najotni boshqadan kutasiz?
Bu yerdan xulosa shuki, Allohdan oʻzgaga suyanib boʻlmasligidir. Yusuf alayhissalom bir marta
Allohdan oʻzgaga suyanib qoʻygandi, Alloh soqiy bolani esidan uning iltimosini chiqarib qoʻydi.
Albatta, Alloh yaxshi koʻrgan bandasidan bir xato oʻtsa, qaytib bu xatoni qilmasligi uchun darrov
uni jazolaydi. Shu sababli Yusuf alayhissalom zindonda yetti yil qolib ketdi.
Kunlardan bir kuni bu shaharning podshohi hadeb bir xil tush koʻraverganidan aʼyonlarini yigʻib,
ulardan tushini taʼbir qilishlarini soʻrab: „Men tushimda yettita semiz sigirni yettita oriq sigir
yeyotganini va yettita yashil boshoqni va shuncha qurugʻini koʻrmoqdaman. Ey, aʼyonlar, agar
tush taʼbirini qiladigan boʻlsangiz, menga tushimning fatvosini bering“, — dedi. Shunda aʼyonlari:
„Bu algʻov-dalgʻov tushdir. Biz bunday tushlarning taʼbirini biluvchi emasmiz“, — deyishdi.
Ancha muddat oʻtganidan soʻng, haligi qamoqdan ozod boʻlgan soqiy yigitning esiga Yusuf
alayhissalomning tushlar taʼbirini bilishi keldi va podshohga borib: „Bu tushning taʼbirini sizga men
beraman. Meni yuboring“, — dedi. U Yusuf alayhissalomning oldiga borish uchun podshohdan
ruxsat olgandan keyin, borib Yusufga dedi: „Yusuf, ey, rostgoʻy zot, bizga yettita semiz sigirni
yettita oriq sigir yeyotganini va yettita yashil boshoqni va shuncha qurugʻining taʼbirni ayt.
Shoyadki odamlarning oldiga qaytib borsam, ular ham bilsalar“. Yusuf bu tushni taʼbir qila
boshladi: „Ketma-ket yetti yil ziroat qilasizlar. Yigʻishtirib olgan hosilingizni boshogʻida qoldiring.
Magar ozgina yeydiganingizni qoldirmang. Soʻng undan keyin yettita shiddatli yil keladi, ular
oldindan tayyorlab qoʻyganingizni yeydilar. Magar ozgina saqlab qoʻyganingizgina qolur“. Yaʼni
yettita semiz sigir va shuncha yashil boshoqning taʼbiri shuki, yetti yil serhosil keladi. Hosil
toʻplanganda, hosil boshogʻida qoldirilsa, yaxshi saqlanadi, qurt-qumursqalar yemaydi. Faqat
oʻzlari uchun yetarlisinigina olishini Yusuf aytib oʻtmoqda. Eʼtibor bersak, Yusuf alayhissalom
tushni taʼbir qilishdan tashqari, qanday chora-tadbirlar koʻrish kerakligini aytdi. Yettita oriq sigir
va shuncha quruq boshoq esa, qahatchilik yillaridir. Bu qahatchilik yillarida, odamlar serhosil
kelgan yillardagi hosillardan foydalanishlari kerak boʻladi. Yusuf alayhissalom davom etib:
„Soʻngra undan keyin bir yil keladiki, unda odamlar serob qilinadilar va mevalarni siqadilar“, —
dedi. Bu podshohning koʻrgan tushidan tashqaridir. Bu Yusuf alayhissalomning paygʻambarlik
moʻjizalaridan edi.


Soqiy yigit podshohning oldiga borib boʻlgan voqeani aytdi. Podshoh Yusufni ilmli, solih kishi
ekanini anglab, dedi: „Uni menga keltiringlar“. Soʻng podshoh Yusuf alayhissalomga elchi yubordi.
Elchi uning oldiga borib, podshohning huzuriga chorlaganda Yusuf: „Xoʻjang huzuriga qaytib bor
va undan qoʻllarini kesgan ayollarning holi nima boʻlganini soʻra, albatta, Robbim ularning makrini
bilguvchidir“, — dedi. Yaʼni Yusuf alayhissalom qamoqdan oʻzini aybsizligini isbotlab chiqmoqchi
edi.
Elchi qaytib borib buni podshohiga aytdi. Soʻng podshoh haligi ayollarni toʻpladi va: „Yusufning
nafsini xohlagan paytingizda ahvolingiz qanday edi?“, — dedi. Ayollar: „Alloh saqlasin biz unda
yomonlik sezmadik“, — deyishdi. Azizning xotini: „Endi haqiqat zohir boʻldi. Men uning nafsini
xohladim. U sodiqlardandir. Bu men unga yoʻgʻida orqasidan xiyonat qilmaganimni, albatta, Alloh
xoinlarning makrini toʻgʻrilikka yoʻllamasligini bilishi uchundir. Va oʻz nafsimni oqlamayman.
Albatta, nafs, agar Robbim rahm qilmasa, yomonlikka koʻp undovchidir. Albatta, Robbim
magʻrifatli va bilguvchidir“, — dedi.
Podshohning Yusufga ixlosi oshib aytdi: „Uni menga keltiringlar. Uni oʻzimga xos kishilardan qilib
olaman“. Va uni olib kelishdi. Soʻng podshoh: „Albatta, sen bugungi kunda, huzurimizda makonatli
va ishonchli kishilardandirsan“. Yaʼni uni oʻziga xos odamlardan qilmoqchiligini bildirdi. Yusuf
alayhissalom: „Meni yerning xazinalari ustiga qoʻy. Albatta men muhofaza qiluvchi va
biluvchiman“, — dedi. Yaʼni Yusuf alayhissalom, men xazinani qanday muhofaza qilish — saqlash
va uni qanday tasarruf qilishni biluvchiman, dedi. Shundan soʻng Yusuf alayhissalom
mamlakatning xazinaboniga aylandi.
Yetti yil mamlakatda toʻkinchilik boʻldi. Keyin yetti yillik qahatchilik yillari keldi. Bir muddatdan
keyin qolgan davlatlarda oziq-ovqat tugab, odamlar qiyin ahvolda qoldilar. Ammo, Yusuf
alayhissalomning tadbiri tufayli Misrda toʻkin-sochinlik edi. Yusuf alayhissalomning oʻzga
yurtdan kelayotgan odamlarga maʼlum miqdor haqning evaziga oziq-ovqat tarqatyotganinining
xabarini eshitgan kishilar Misrga kela boshlashdi. Jumladan, Yusuf alayhissalomning akalari ham
bu joyga tashrif buyurishdi. Yusuf alayhissalomning oldilariga kirganlarida Yusuf ularni tanidi,
ammo, ular Yusufni tanishmadi. Shunda Yusuf alayhissalom kimsizlar, qayoqdan keldinglar,
hamma aka-ukalar shularmi, yoki josusmisizlar, degan soʻzlar bilan ularni savolga tutganda ular:
„Yoʻq, biz josus emasmiz. Uyda bir ukamiz qolgan, bir ukamiz vafot etgan“, — deyishdi.
Yusuf alayhissalom akalariga chiroyli, goʻzal muomala qildi. Ularga oziq-ovqat berganidan soʻng,
ularni joʻnatayotgan paytida: "Mening huzurimga bir iningizni olib keling. Koʻryapsizlarmi? Men
oʻlchovni toʻla qilmoqdaman. Men eng yaxshi mezbonman. Agar uni huzurimga olib kelmasangiz,
unda sizga mening dargohimda oʻlchab berish yoʻq va menga yaqin ham kelmanglar ", — dedi.
Ular ukalarini olib kelmasalar, Yusuf ularni josus deb gumon qilishini bildirdi. Ular: „Uni otamizdan
olib kelishga urinamiz. Biz bu ishni, albatta, qilurmiz“, — dedilar. Yusuf alayhissalom oʻz yigitlariga:


„Ularning sarmoyalarini yuklari ichiga solib qoʻyinglar. Shoyad ular ahllariga borganlarida bularni
tanib, qaytib kelsalar“, — dedi.
Ular otalari huzuriga qaytib borganlarida: „Ey, otamiz, bizga oʻlchab berish man etildi. Biz bilan
inimizni yubor, oʻlchab olamiz va, albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz“, — dedilar. Yaʼni vazirga
ukamiz bor deb qoʻygan edik, endi shu ukangizni olib kelmasanglar sizlarga oʻlchab berish yoʻq
dedi, deyishdi. Yaʼqub alayhissalom: „Uni sizlarga xuddi akasini ishonganimdek ishonib
topshiraymi? Allohning Oʻzi eng yaxshi muhofazachi va Uning oʻzi rahmlilarning eng
rahmlisidir“, — dedi. Yaʼqub alayhissalom Yusufni yoʻqotgandan keyin Binyaminni ham yoʻqotgisi
kelmasdi. Shuning uchun ularga qarshi turdi. Yaʼqubning oʻgʻillari yuklarini ochgan paytlarida
sarmoyaning oʻzlariga qaytarilganini bildilar va: „Ey, otamiz, yana bizga nima kerak? Mana,
sarmoyalarimiz oʻzimizga qaytarilibdi. Yana ahlimizga zod keltirurmiz, ukamizni muhofaza qilib, bir
tuya ziyoda yuk olamiz. Bu ozgina oʻlchovdir“, — deyishdi.
Keyingi yili yana taom qolmadi. Otalarini yana koʻndirishga tushdilar. Oxiri Yaʼqub alayhissalom
aytdiki: „Toki menga, albatta, huzurimga qayta keltirishingiz haqida Allohdan vasiyqa
bermaguningizcha, uni zinhor sizlar bilan yubormasman. Magar holakatga oʻralib qoʻlsangiz
boshqa gap“. Keyin oʻgʻillari unga vasiyqalarini berganda u: „Aytgan gaplarimizga Alloh vakildir“, —
dedi.
Ular ketayotganlarida Yaʼqub alayhissalom oʻgʻillariga nasihat qilib: „Ey, oʻgʻillarim bitta eshikdan
kirmanglar, turli eshiklardan kiringlar. Men sizlardan Allohning hech narsasini qaytara olmasman.
Hukm qilish faqat Allohning Oʻziga xosdir. Ungagina tavakkal qildim. Tavakkal qilguvchilar faqat
ungagina tavakkal qilsinlar“, — dedi. U zot, albatta, Allohning belgilagan taqdirini oʻzgartirib
boʻlmasligini yaxshi bilar edilar.
Oʻgʻillari koʻzlangan manzilga yetib borganlarida, otalarining nasihatiga amal qilib, hammalari bir
eshikdan emas, turli eshikdan kirdilar. Alloh taqdir qilgan narsa bir eshikdan kirsalar ham, turli
eshiklardan kirsalar ham, albatta, sodir boʻlar edi. Yaʼqub alayhissalom ham buni yaxshi bilardi.
Shunchaki, koʻngliga shu narsa kelganda, aytib qoʻydi xolos.
Akalari Yusufning oldiga kelganlarida, ularni bir juftdan xonalarga joylashtirdi. Binyaminni esa oʻzi
bilan qolishini aytdi. Akalarini joʻnatgandan keyin Binyaminni bagʻriga bosib: „Men seni akangman,
ular qilgan narsalardan xafa boʻlma“, — dedi. Yaʼni akalari Binyaminni ham urib-soʻkib kelishgan
boʻladi.
Qaytish payti yetganda, Yusuf alayhissalom xizmatchi yigitga buyurib, inising yukiga bir suv
idishni soldirib qoʻydi. Keyin ular joʻnab keta boshlashdi. Ketayotganlarida orqalaridan Yusuf
alayhissalom va bir nechta odam keldi. Ular orasidagi jarchi esa: „Ey, karvondagilar, sizlar
oʻgʻridirsizlar“, — deb jar soldi. Ular ortlariga qarab: „Nima yoʻqotdingiz“, — dedilar. Ular oʻzlarining
aybsiz ekanligiga ishonchlari komil edi. Ular: „Allohga qasamki, oʻzingiz bilasiz, biz yer yuzida


fasod tarqatuvchilardan emasmiz, biz oʻgʻrilar emasmiz“, — deyishdi. Yusuf va boshqalar: „Agar
yolgʻonchi boʻlib chiqsangiz, jazosi nima?“, — deb soʻrashdi. Ular: „Agar oralarimizdan kimningdir
yukidan topilsa, oʻsha sizlarga qul boʻladi“, — deyishdi.
Misrning qonunlari boʻyicha oʻgʻrilik qilgan odam yo urilardi yoki osib oʻldirilardi. Yusuf ukasiga
buni ravo koʻrmasdi. Shuning uchun Yaʼqub alayhissalomning shariati boʻyicha hukm qilish uchun
akalaridan soʻradi.
Yusuf alayhissalom inisining yukidan oldin akalarinining yuklarini taftish qildirdi. Soʻngra Biyaminni
yukini tekshirishganda, u idishni topishdi. Shunda akalari: „Agar bu oʻgʻirlagan boʻlsa, bundan oldin
uning akasi ham oʻgʻirlagan edi“, — deyishdi. Yusuf alayhissalom buni koʻngliga tugib qoʻydi,
ammo ularga oshkor qilmadi va: „Oʻzingiz yomonroq turumdasiz. Alloh siz vasf qilayotgan
narsani yaxshi bilguvchi zotdir“, — dedi.
Yusuf alayhissalom yoshligida uning ona tomondan bobosi mushrik boʻlib butga sigʻinganini
koʻrganda, oʻsha butni olib ketib, sindirgan boʻladi. Akalari shunga ishora qilib bu gaplarini aytgan
edilar.
Keyin akalari: „Ey, Aziz, buni katta yoshli chol otasi bor. Birimizni uning oʻrniga ol. Biz seni
yaxshilik qiluvchilardan ekanligingni koʻrmoqdamiz“, — deyishdi. Yusuf: „Narsamizni huzuridan
topgan odamdan boshqani olib qolishdan Alloh saqlasin. Aks holda, albatta, zolimlardan boʻlib
qolamiz“, — dedi va oʻzi bilan ukasini olib qoldi.
Ukalaridan umidini uzgandilar. Chetga chiqib xufyona maslahat qildilar. Yusufning eng katta akasi
boʻlib oʻtganlardan keyin mas’uliyatni his etdi va aytdi: "Otangiz sizdan Alloh nomi bilan vasiyqa
olganini va bundan oldin Yusuf haqida qilgan aybingizni bilmaysizlarmi? Men toki otam menga
izn bermaguncha yoki Alloh hukm chiqarmaguncha bu yerdan qimirlamasman. U hukm
chiqaruvchilarning eng yaxshisidir. Otangiz oldiga qaytinglar, bas unga: „Ey, otamiz, haqiqatda
oʻgʻling oʻgʻrilik qildi. Biz faqat oʻzimiz bilgan narsaga guvohlik berdik, xolos. Biz gʻaybni biluvchi
emas edik. Biz boʻlgan shahardan soʻra va biz uchragan karvondan soʻra, biz, albatta,
rostgoʻylardanmiz“, denglar", — dedi.
Qolganlari otasining oldiga borib boʻlgan voqeani aytdilar. Bularni eshitib Yaʼqub alayhissalom:
„Yoʻq, havoi nafsingiz sizga bir ishni yaxshi koʻrsatdi. Endi meni ishim chiroyli sabr qilish.
Shoyadki, Alloh ularning hammasini huzurimga jamlab keltirsa. Albatta, Uning Oʻzi bilguvchi va
hikmatli zotdir“, — dedi. Yaʼqub alayhissalom Yusufni yoʻqotganida ham shu gapni aytgandi. Bu
safar ham shuni takrorlab, hamma oʻgʻillarimni Alloh jamlab keltirsaydi, deb umid qildi. Va
oʻgʻillaridan yuz burib, dardini ichiga yutib, „Oh, Yusuf!“ deganicha koʻp yigʻladi. Koʻp
yigʻlaganligidan koʻzlari koʻr boʻldi. Bir qancha vaqt oʻtgandan keyin oʻgʻillari bundan xabardor
boʻlib, unga: „Allohga qasamki, toki madordan ketguningizcha, toki halok boʻluvchilardan
boʻlguningizcha Yusufni zikr qilaverasiz“, — dedilar. Yaʼqub alayhissalom: „Albatta, men dard-u


hasratimdan faqat Allohning Oʻziga shikoyat qilmoqdaman va Allohdan siz bilmagan narsani
bilaman. Ey, oʻgʻillarim boringlar, Yusufni va uning ukasini izlanglar, Allohning rahmatidan noumid
boʻlmanglar. Haqiqatda Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlargina noumid boʻlurlar“, — dedi.
Har borganlarida olib kelgan taomlari bir yilga yetardi. Keyingi yili oʻgʻir ahvolga tushdilar. Azizga
olib boradigan deyarli sarmoyalari yoʻq edi. Shunday boʻlsa ham bor yoʻqlarini toʻplab, Misrga
bordilar. Yusuf alayhissalomning oldiga kirganlarida: „Ey, Aziz, bizni va ahlimizmi zarar tutdi va
arzimagan sarmoya keltirdik. Bas, bizga oʻlchovni toʻliq qilib ber va sadaqa ham ber. Alloh,
albatta, sadaqa beruvchilarni mukofotlaydir“, — dedilar. Avval oʻzlari yomon koʻrib, oʻldirishni
niyat qilgan kishidan endi sadaqa soʻrash holiga yetdilar, ammo uni Yusuf ekanligini bilmasdilar.
Shu holda Yusuf alayhissalom: „Johillik paytingizda Yusufga va uning inisiga nima qilganlaringizni
bilasizlarmi?“, — dedi. Shunda akalari hayron boʻlib qoldilar. Koʻzlari Aziz siymosida Yusufni koʻrdi,
quloqlari uning ovozini eshitdi va: „E-e, hali sen, sen Yusufmisan?!“, — dedilar. Yusuf
alayhissalom: „Men Yusufman, — Binyaminni ularga ishora qilib, — mana bu inim. Alloh bizga
marhamat koʻrsatdi. Haqiqatda kim taqvo va sabr qilsa, Alloh, albatta, goʻzal ish qiluvchilarning
ajrini zoye qilmagay“, — dedi. Soʻng akalari: „Allohga qasamki, haqiqatda Alloh seni bizdan ustun
qildi. Biz esa xatokorlardan boʻldik“, — deyishdi. Yusuf alayhissalom ularning avvalgi qilmishlarini
kechirgandi. Shuning uchun u: „Bugungi kunda sizni ayblash yoʻq. Sizlarni Alloh magʻrifat qilgay. U
rahm qilguvchilarning eng rahmlirogʻidir“, — dedi. Akalari otasi haqida unga aytishgach, Yusuf:
„Mening mana bu koʻylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz. Soʻngra ahlingiz ila jam
boʻlib huzurimga kelinglar“, — dedi. Bir koʻylak bilan koʻzning tuzalishi, albatta, paygʻambarlarga
Alloh ato etgan moʻjizalardandir.
Akalari Misrdan karvon bilan yoʻlga chiqdilar. Yaʼqub alayhissalom va oilasi Kaʼnonda yashardi.
Misr bilan uning orasi sakkiz kunlik yoʻl edi. Ammo, karvon joyidan qoʻzgʻalishi bilan Yaʼqub
alayhissalomga Yusufning hidi sezildi va atrofidagilarga: „Meni aqldan ozgan demanglar-u,
albatta, men Yusufning hidini sezmoqdaman“, — dedi. Uning huzuridagilar bunga ishonmadi. Shu
sabab ular: „Allohga qasamki, sen hali ham eski adashuvingdasan“, — deyishdi.
Oʻgʻillari yetib kelib, koʻylakni uning yuziga tashlaganlarida, yana koʻzlari ochildi. Yaʼqub
alayhissalom: „Sizlarga men, Allohdan sizlar bilmaydigan narsani bilaman, demaganmidim?“, —
dedi. Oʻgʻillari: „Ey, otamiz, gunohlarimiz uchun istigʻfor ayt. Albatta biz xatokorlardan boʻlgan
ekanmiz“, — dedilar. U: „Sizlar uchun Robbimga istigʻfor aytaman. Albatta, Uning Oʻzi magʻrifat
qilguvchi va rahmli Zotdir“, — dedi.
Shundan soʻng hammalari Yaʼqub alayhissalom boshchiligida yurtlari Kaʼnondan Misrga qarab
yoʻlga tushdilar. Ularni Misrning chegarasida Yusuf alayhissalom kutyotgan edi. Ular Yusuf
alayhissalomning huzuriga kirgan chogʻlarida u oʻzini ota-onasining quchogʻiga otdi va: „Allohning
xohishi ila Misrga omonlikda kiringlar!“, — dedi. Soʻng Misrga kelib Yusufning saroyiga
kirganlarida u ota-onasini oʻz taxtiga chiqardi. Keyin ota-onasi va akalari Yusufga sajda qilgan


hollarida yiqildilar. Bu ibodat sajdasi emas, hurmat sajdasi edi. Shunda Yusuf alayhissalom
otasiga: „Ey, otajon, bu avval koʻrgan tushimning taʼbiridir. Robbim uni haqqa aylantirdi.
Darhaqiqat, U menga yaxshilik qildi. Meni qamoqdan chiqardi. Shayton men bilan akalarimning
orasini buzgandan soʻng, sizlarni biyobondan olib keldi. Albatta, Robbim nimani xohlasa,
oʻshanga latifdir. Albatta, Uning Oʻzi bilguvchi va hikmatli zotdir“, — dedi. Qissa boshidagi
Yusufning oʻn ikki yoshida koʻrgan tushi haqiqatga aylandi. Baʼzi manbalarda Yusufning oʻsha
tushi bilan bu voqeagacha 22 yil oʻtgan deyiladi, baʼzilarida 40 yil. Qaysi biri toʻgʻri ekanligini
Allohning Oʻzi biladi. Yusuf alayhissalom soʻzida davom etib Allohga duo qildi: „Ey, Robbim,
haqiqatda menga mulk berding va menga tushlarning taʼbirini oʻrgatding. Ey, osmonlar-u yerni
yaratgan zot! Sen dunyo-yu oxiratda mening valiyyimsan. Meni musulmon holimda jonimni olgin
va solihlar qatoriga qoʻshgin“.
Mana shu yerda Yusuf alayhissalomning qissasi oʻz nihoyasiga yetadi. „Yusuf“ surasi 111
oyatdan iborat. 101-oyatda Yusuf alayhissalomning qissasi yakunlanadi.
Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari
boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli
kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy
asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang 
"Yusuf va Zulayho"
).

Download 114,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish