Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
Senlarning hayoting mana shunaqa axlat. Xotining seni qo‘ygan bo‘lsa nima bo‘pti? Bu 
yerda o‘lib ketmasang, chiqib, boshqasini topasan. Yuzta er ko‘rib to‘ymagan shilta bir 
ishvasi bilan ko‘zingga qizdek ko‘rinadiyu, tamom, unga uylanasan. Bir-birlaringni sevib 
yuraverasanlar. — Qo‘tos shunday deb chorasiz odamning oyog‘iga tepdi-da, 
so‘kinganicha nari ketdi. Soliqni vaqtida to‘lamagan mahbusning masalasini hal qilishga 
kirgan Qo‘tos ishni pishitib, chiqib ketgunicha birov lom-mim demadi. 
Bu yerdagi bema’niliklarga, bekordan bekorga so‘kishlaru urishlarga ko‘nikib qolgan 
Tursunali chorasiz odamning kaltaklangani boisini tushunmadi. Har qanday sharoitda 
ham o‘zini chetga olish tinch hayotini ta’minlayajagini anglab yetgan Tursunali yana 
joyiga chiqib yonboshladi. Chorasiz odam esa yig‘lamasirab, o‘zicha bir nimalar deb 
o‘tiraverdi. Unga dardkash topilmadi. Olam-olam dardni yelkalarida ortmoqlab yurgan 
odamlarga begona dardning hojati bor ekanmi? Shular kabi Tursunali ham o‘z dardining 
asiri edi. Hozirgi voqea sabab bo‘lib, ko‘z oldiga xotini keldi. Shu paytga qadar «xotinim 
men bilan ajralishi mumkin», degan fikr xayoliga kelmagan edi. Odatda er xotinni 
qo‘yguvchi edi. Xotin «javobimni bering», deb so‘raguvchi, er janoblari esa hushlariga 
kelsa taloq xatini berguvchi edilar. Ajib zamonning ajib qonunlarini qarangki, endi xotin 
erni qo‘yadigan bo‘libdi. Yana «qamoqdagi erimni qo‘ydim», desa qonun ham «xo‘p» 
deyaverar ekan. Tursunali shunisiga besh ketmadi. Hozir kaftlarini bolish qilib shiftga 
tikilib yotar ekan, «Bitta ahmoqning gapiga kirib Matluba ham ajralishsa-ya?!» degan 
fikr xayoliga urilib dahshatdan sapchib ketayozdi. Davrini surib yurgan kezlarida xotini 
«javobimni bering» deb qolsa, ko‘p ham tarang qilmagan bo‘lardi. Matluba ba’zan nolib 
qolsa «Chidasang shu, chidamasang to‘rt tomoning Toshkent» deb ajralishga sha’ma 
qilardi. Hozir esa «ajralish» degan so‘z uni dahshatga soldi. «Yo‘q, ajrashadigan bo‘lsa 
o‘ynash bilan tutganida tashlab ketardi. U meni yaxshi ko‘radi», deb o‘ziga o‘zi tasalli 
berdi. «Yaxshi ko‘rardi...» — «Biz bir-birimizni sevardik...» — «Bilib qo‘y, «sevgilim!» 
deb quchoqlaganingda xayolida sen emas, ketvorgan o‘ynashi turadi!...» — «Begona 
bilan o‘pishayotganingda xotinchang ham begona bilan ayshini suradi...» 
Bu gaplarni eslab Tursunalining yuragi uvishdi. Shu paytga qadar xotini begona erkak 
bilan don olishmog‘i mumkinligini o‘ylab ham ko‘rmagan edi. «U ham tirik jon, unda ham 
nafs bor. Shayton uni ham vasvasaga soladi», degan fikrdan uzoq edi. «O‘ynash bilan 
nafsni qondirish erkakka yarashadi. Xotin o‘z eriga sadoqatli bo‘lmog‘i shart!» — 
Tursunalining bu sohadagi falsafasi shundan iborat. U o‘zining buzuqligini xiyonat deb 
hisoblamagan, agar birov unga «bu qilig‘ing oila deb atalmish oppoq, pokiza dasturxon 
ustida balchiqqa botgan oyoqlar bilan yurishdir», desa zaharli jilmayib «Bu yigit uchun 
ayb emas, yigit kishiga qirqta xotin oz», deb qo‘ygan bo‘lardi. Agar o‘sha odam «Bir 
juvonga qirq erkak oz», desami, «Jinni ekansan!» deb so‘kib berishi aniq edi. 
«Begona bilan o‘ynashayotganingda xotinchang ham...» 
«Yo‘q, — dedi Tursunali o‘ziga o‘zi, — Matluba bunaqa haromdan hazar qiladi...» 
«Harommi bu ish? Sen o‘zing nima uchun hazar qilmading?» 
Kimdir shunday deb qulog‘i ostida pichirlaganday bo‘ldi. 
G‘oyibdan berilgan bu savolga javob qaytara olmadi. Chunki haromdan nima uchun 
hazar qilmaganini o‘zi ham bilmas edi. Shaharga tushgan kezlari maishat qilgan 
damlarida ko‘z suzib turuvchi ofatijonlar ustidan pul sochgan onlarida bularning fohisha 
ekanini, kechagina yoki bir soatgina muqaddam boshqa bir erkak ko‘nglini ovlaganini, 
ertaga yoki bir necha soatdan so‘ng bu ahvol takrorlanayajagini, unga «jonginam» deb 
cho‘chchayayotgan lablar o‘nlab yoki yuzlab erkakka ishva qilgani va qilajagini o‘ylamas 
edi. Nafsni qondirishdan o‘zga narsani bilmasdi. To zahmga chalinguniga qadar pala-
partish yurdi. So‘ng tanlaydigan bo‘ldi. Tanlagani qursin! Pul evaziga o‘zini sotuvchi 
ayolning yaxshi-yomoni, tozasiyu iflosi bo‘larkanmi?! Oq it bilan qora itning farqi 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish