Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
Tursunali shunday bandalardan biri. U marhamat so‘rab Xudoga ko‘p yolboradi. 
Ammo iymon kalimasi bilan yumshamagan tildan uchgan bu yolborishlar qabul 
bo‘larmikin, vallohi a’lam?! Insonlarni salomatga, saodatga erishtiruvchi yagona narsa 
iymondir. Bani Odam har qanday yomonlikni faqat iymon bilangina yengajagini va har 
bir zafarga faqat iymon bilan erishajagini anglab yetmoq shu qadar mushkulmi? Dunyo 
to‘plashga yetgan aql bu haqiqatni tushunishga kelganda qosirlik qilarmi? Yoki buni 
fahm eta olmaslikka qalblarning muhrlangani sababmi ekan? 
Tursunali bir muttahamning aldov so‘zlariga mahliyo bo‘lib «Xudo menga marhamat 
qildi», deb o‘tiribdi. Nodon banda bilmaydiki, bu odamning ro‘para bo‘lgani — 
gunohlariga yarasha va’da qilingan ajrlarning davomidir. «Gunohim nima edi?» deb 
yanada battar yig‘latadigan daqiqalarning debochasidir. 
Tangrining marhamatiga erishmoq oson edi. Nafsni tiymoqqa kuch topsa, sabr eta 
olsa, kunni shukr bilan o‘tkazsa bas edi. Bu unga og‘ir tuyulib, yanada mashaqqatliroq, 
azob oroliga yetaklovchi yo‘lni tanladi. Hamonki shu orol nasib etgan ekan, o‘zi pishirgan 
oshni ichmoqdan o‘zga chorasi yo‘qdir! 
Tursunali Murikning shirin so‘zlariga mast bo‘lib o‘tirganida pastdagi karavotda 
yotuvchi «qo‘shni»si bexosdan «Ablah, maraz!» deb qichqirib yubordi. So‘ng qo‘lidagi 
maktubni pora-pora qilib yirtdi. Keyin esa duch kelgan narsani tortqilab, irg‘itaverdi. 
Bunga ham qanoat qilmay karavotni mahkam changallaganicha silkita boshladi. 
Atrofdagilar «hay-hay»lab ushlab qolishmaganida Tursunalining tepadan yerga qulashi 
aniq edi. 
Chorasiz odam joyiga o‘tirib yig‘lay boshladi. Dunyodagi eng ayanchli narsa balki 
erkakning yig‘lashidir. Qamoq lagerlarida esa tez-tez uchrab turgani uchunmi ayanchli 
tuyulmaydi. Kunduzlari butalar panasida, tunlari esa yostiqqa hasratlarini to‘kkan tarzda 
yig‘lash odatiy hol. Lekin bu chorasiz odam kabi ho‘ngrab, yelkalari silkinish darajasi 
yig‘lamoq kamyob hodisa. Shu sababli ham «Nima bo‘ldi, nega dodlayapsan?» deb 
so‘raguvchilar topildi. Chorasiz odam avvaliga qo‘l siltab qo‘yib javob bermadi. Dam 
o‘tmay ko‘z yoshi daryosi qurib, hasrat dengizi esa tosha boshlagach, dardini aytdi: 
— Xotinim mendan ajralishibdi. Ablah, iflos! Axir men uni sevardim. Men uni deb 
o‘tiribman bu yerda. Odamni men bosmaganman. Rulda uning padarla’nati ukasi edi. 
Mashinamni yashirincha olib chiqqan ekan, hayvon! Xotinim «yolg‘iz ukamni qutqarib 
qoling», deb yalinsa, men laqma bo‘ynimga olib o‘tiribman. 
— Ukasi yolg‘izmidi? 
Chorasiz odamning talvasasini ensasi qotgan tarzda kuzatayotgan Qo‘tos shunday deb 
unga yaqinlashdi. 
— Ha, bittagina ukasi bor edi. 
— Eri-chi? Eri nechta edi? 
— Tushunmadim, o‘rtoq, bu nima deganingiz? 
Ukasi bitta, ammo eri bitta emas ekan, demoqchiman. 
— Unday demang, biz bir-birimizni sevar edik. 
— Burningni art! He, mishiqi! — Qo‘tos shunday deb hech bir kutilmaganda tarsaki 
tortib yubordi. Zarbning zo‘ridan chorasiz odam yonboshlab qoldi. Tarsakidan 
qanoatlanmagan Qo‘tos unga qarab tupurdi. 
Sen ham erkakman, deb yuribsanmi? Bir-birini sevar emish! Bilib qo‘y, «sevgilim!» 
deb quchoqlaganida xayolida sen emas, ketvorgan o‘ynashi turadi. Hezalak! Xotinlarni 
senga o‘xshagan hezalaklar buzadi. Eplash qo‘llaringdan kelmasa nima qilasanlar 
uylanib?! Shu hollaringga yana ko‘ngillaring begonalarni ham tusaydi. Sen ham 
borarmiding begonaga? — Yuzini silab o‘tirgan chorasiz odam indamadi. — Borarding. 
Begona bilan o‘pishayotganingda xotinchang ham begona bilan ayshini surardi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish