Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
kirgandek bo‘ldi. Ammo falakning gardishi bir aylanib, «Mulla Tursunali, biz xato 
qilibmiz. Siz aybsiz ekansiz, ozodsiz», deyilsami, qanot chiqarib uyga uchardi. 
Uchardiyu... ikki-uch haftada yana nafs qurg‘ur Nafisasi sari yetaklab borarmidi... 
«Ey Odam farzandi! Men Allohdurman. Bandalarni o‘z qudratim bilan yaratdim, bas, 
kimlargadir yaxshilikni iroda qilib yaxshi xulqni berib qo‘yaman. Kimlargadir yomonlik 
bo‘lishni iroda qilsam, unga yomon xulqni beraman»,
17
 deyiluvi besabab emas. Ammo 
Odam bolasiga tug‘ilganidayoq yomon xulq berilmas, vallohi a’lam. Bu hol shaytonga 
maylini berganlargagina nasib etguvchi. Derlarkim, agar Odam bolasi uchun ish ulug‘ 
martaba, ish haqi esa arzimas darajada bo‘lsa, uning oliy janobi mehnatdir, aniqroq 
bayon etilsa bu mehnatni yaratguvchisi Tangridir. Agarchi U uchun ish ikkinchi yoki 
quyiroq darajada, ish haqi esa muhimroq yoki oliyroq martabada ekan, demak U ish 
haqining qulidir. Ish haqining xojasi esa shayton ekan, shaytonlarning ham eng tubani 
ekan. Yoshlik choqlaridayoq ana shu eng tuban shaytonga muhabbat qo‘ygan 
Tursunaliga yana qandayin xulq nasib etmog‘i mumkin edi? Zulmning har turidan totib 
ko‘rayotgan bandaga bu haqiqatni anglamog‘i uchun yana qancha muhlat kerak, yana 
qancha sinovlar darkor? 
«Xotinim menga vafo qilarmi yoki yo‘qmi?» degan xavotir bilan uyquga ketgan 
Tursunalini yana bir zulm o‘z quchog‘iga olmoqqa hozirlanar edi. 
«Sen-da musulmanin, men-da musilmanin...» degan gaplari bilan Tursunalining 
mehrini qozongan «mehribon» tushlik chog‘ida unga yaqinlashdi. Kulimsirab kelayotgan 
Murikni Tursunali o‘rnidan turib qarshi oldi. Zamonning hukmini qarangki, ilgarilari 
faqatgina o‘zidan ustunlar bilangina o‘rnidan turib salomlashadigan, yuqori 
lavozimdagilar telefon qilishadigan bo‘lishsa, ovozlarini eshitiboq o‘rnidan tura qulluq 
qilganicha gaplashadigan odam endi bir tuban o‘g‘ridan ehtiromini darig‘ tutmasa... 
Tursunalini yelkasidan quchgan Murik «Zemlyak, ahvollar nichuk? Orqamdan yur, 
muhim gap bor», deb pichirlab, atrofga alanglab olgach, butazor tomon boshladi. 
Tursunali ham beixtiyor ravishda alanglab qo‘yib, unga ergashdi. Qor bosgan butazorda 
yurish og‘ir edi. Shunday bo‘lsa ham Tursunali takaning izidan boruvchi nodon qo‘y 
singari ergashaverdi. «Gapingni shu yerda aytaver», demadi. «Tengiz eplay olmayotgan 
ishni balki shu qoyillatar, meni oshxonaga joylab qo‘yar», degan umidli o‘y bo‘yniga 
sirtmoq bo‘lib tushgan, sirtmoq uchini esa Murikning qo‘liga tutgan edi. 
Murik kutilmaganda to‘xtab, orqasiga o‘girildi. 
— Qalay, zemlyak, qizishib oldingmi? — dedi u tirjayib. 
— Ha... endi... — dedi Tursunali nima deyishni bilmay. 
— Sen zolotoy odamga o‘xshaysan, zemlyak, seni bik yaxshi ko‘rib qoldim. — Murik 
shunday deb otini erkalagan chavandoz kabi Tursunalining yuziga yengil shapatiladi. 
Bu qiliq Tursunaliga erish tuyulib tisarildi. 
— Zemlyak, sen zolotoy odam ekansan, — deb takrorladi Murik unga qattiq tikilib. — 
Sening yordaming kerak. Agar yordam qilmasang bir odam xor bo‘lib o‘lib ketishi 
mumkin. 
— Men... kimga.. qanday yordam qilishim mumkin?— deb ajablandi Tursunali. 
— Arzimas yordam... to‘rtta yoki beshtagina so‘z aytsang kifoya. 
— Qanaqa so‘z? 
— Qanday so‘z deysanmi? — Murik shunday deb uning yuziga yana yengil shapati 
urdi. Bu safar Tursunali orqasiga tisarilishga ulgurmadi. Shapatilagan panja uni 
kekirdagidan oldi. — Zemlyak, mening bir oshnamga pul kerak. Bo‘lmasa o‘ladi. 
                               
17
 Qudsiy hadisdan. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish