Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
ko‘rgan Murik zaharli tarzda tirjaydi. U mamnun edi. Murik turli joylarda, turli holatlarda, 
turli boylardan pul undirgan, lekin bunaqangi vaziyat, bunaqangi odamga birinchi duch 
kelishi edi. Shu paytgacha hech kim birgina tepki zarbidan bunday hiqillab qolmagan 
edi. Kievga «gastrol»ga borganida Abramovich degan ziqnani to‘rt kechayu to‘rt kunduz 
temir quvurga kishanlab, och qoldirib, tepkilaganda ham aytmagan, to‘rt kecha-kunduz 
najot kutib yashagan. Beshinchi kuni o‘lib ketishiga ko‘zi yetgach, aytgan edi. Bu 
odamga esa birgina tepki kifoya qildi. «Bulardan qaysi biri aqlliroq? — deb o‘yladi Murik, 
so‘ng o‘z qarichi bilan hukm qildi: — Shunisi aqlli. Qiynalib jon bergandan ko‘ra, boylikni 
osongina berib qo‘ya qolgani durust...» 
Murik «Pul qo‘lning kiri, pul chiriydi, pulni Gorbach almashtiradi...» deb o‘ljasining 
ko‘ngliga g‘ashlik solganday edi. Agar berkitilgan boylik qog‘oz puldan iborat bo‘lganida 
Tursunali bu qadar talvasaga tushmasmi edi. «O‘g‘ilbolacha ish qilaman, yarmini 
olaman», deydi. Tillayu javohir, duru gavharni ko‘rganda kim yarmiga qanoat qilar 
ekan? Tursunalini ayblash balki noo‘rindir: boylikni peshona teri bilan topmagan bo‘lsa-
da, tillayu javohirning jilosi yurak tomirlariga ko‘z ilg‘amas nurlar bilan ulangan edi. 
— Endi haddingdan oshma, — dedi Murik unga tarsaki tushirib. — Zolotoy odam 
yaxshi gapning chegarasini bilishi kerak. 
— Yerto‘lada... to‘sinlarning beliga qo‘yilgan yettita ustun bor. O‘rtadagi ustunning 
tagida... — Tursunali shunday deb yutinib qo‘ydi-da, qassob qarshisidagi qo‘zichoq 
holatida Murikka mo‘ltillab qaradi. «Qassob» esa «hozir so‘yayinmi yoki yana picha 
semirishini kutayinmi?» degan kabi unga tikildi. So‘ng bir qarorga kelib, cho‘ntagidan 
buklama pichoq chiqardi-da, tugmasini bosdi. «Aytdimu qutuldim, jonim foydaga qoldi», 
deb ko‘ngliga xotirjamlik oralayotgan Tursun-ali pichoqni ko‘rib, qo‘rqib ketdi. 
— Yechin, — deb buyurdi Murik, sovuq ohangda. 
— Aytdim-ku! — dedi Tursunali jon holatda. 
— Shu gapingga ishonadigan ahmoqqa o‘xshaymanmi men? 
— Rost aytdim, gapim rost, axir!— Tursunali yig‘lamsiradi. — Nega ishonmaysiz? 
Ustunning tagida chuqurcha bor. Chuqurchada ikki qavat yog‘och qopqoq bor. 
— Sen tirik odamning terisini qanday shilishganini ko‘rganmisan? — Tursunali bu 
savolga javoban javdiraganicha bosh chayqadi. — Ko‘rmagansan, — dedi Murik pichoqni 
bukib, cho‘ntagiga solgach. — Agar aldasang — ko‘rasan. Uch-to‘rt kun ichida ko‘rasan. 
Te-ringni shilib, bi-ir rohatlanaman. Ungacha birovga churq etmaysan. Og‘iz ochishing 
bilan kuragingning tagida shu pichoqni ko‘rasan. Bo‘ldi endi, bor. 
Tursunali qutulgani rostligiga bir ishonib, bir ishonmay iziga qayta boshladi. Uch-to‘rt 
qadam bosgach, orqadan Murikning ovozi keldi: 
— Zemlyak, ishtoning ho‘l bo‘lganga o‘xshaydi, almashtirib ol, yana shamollab 
qolmagin. Sen menga tiriklayin keraksan, — u shunday deb hiringlab kuldi. Tursunali 
orqasiga qaramadi. 
U Murikni aldamagan edi. Chindan ham yerto‘ladagi ustun ostida sandiqcha bor edi. 
Ammo bu sandiqcha bo‘sh edi. Aniqroq aytilsa, bu sandiqcha bir necha haftagina asqotdi 
— boyliklarni bag‘rida yashirdi. Lekin Tursunalining ko‘ngli to‘lmay, to‘plaganlarini bosh-
qa joyga ko‘chirdi. Hozir yerto‘lani aytishga aytdi-yu, «buning odamlari uyga borar, 
sandiqchani topib ochar, so‘ng aldanganlarini bilib xotinimni siquvga olishar, bolalarimni 
qiynashar», deb o‘ylamadi. Uning uchun hozir eng muhimi — o‘z jonini qutqarish edi. 
Niyati amalga oshib, Xudoga shukr qilgan tarzda jo-yiga qaytdi. Mahbuslar ovqatlanib 
bo‘lishib, ishga tarqalishayotgan edi. Tursunali javdiragan nigohi bilan Nuriddinni qidirdi. 
Tushlikdan avval uni Pachoqburun chaqirib ketgan edi, hali ham qaytmabdi. 
Tursunalining qo‘llari ishda, ko‘zlari esa Nuriddinning yo‘lida bo‘ldi. Murik ikki marta 
unga yaqinlashib «Horma, zemlyak, charchamayapsanmi?» deb ketdi. Nuriddin ish 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish