www.ziyouz.com kutubxonasi
171
Olloh Taborak va Taolo «Mulk» surasining ikkinchi oyatida marhamat qilib aytadiki:
«Bismillahir Rohmanir Rohim. Allaziy xolaqol mavta val hayata liyabluvakum ayyukum
ahsanu amalan. Va huval azizul g‘ofur.» (s.a.) (Ma’nosi: Ey Odam farzandlari! U o‘limni
va hayotni sizlarning qaysi birlaringiz amalda yaxshiroq ekanliklaringizni sinash uchun
yaratgandir. U barchadan g‘olibdir va gunohlarni kechuvchidir.) Qarang, insonni sinash
uchun o‘lim va hayot yaratilgan ekan. Ajab, nima uchun bu oyati karimada avval
«o‘lim», so‘ngra esa «hayot» kalimasi kelyapti? Ba’zi ulamolarning aytishlaricha, buning
hikmati odamlarni yaxshi amallarga chorlash ekan. Boshqa ulamolar esa, «Tafsiri
hilol»da ta’kid etilganidek, buning hikmatini «o‘lim» kalimasining mazmuni «hayot»
kalimasining ma’nosidan teranroq, qamrovliroq ekanida, deb biladilar. Ya’ni, hayot — bu
o‘tkinchi dunyoning qisqa davri, o‘lim esa boqiy dunyodagi abadiy hayotning
boshlanishini bildirar ekan. Demakki, o‘lim — foniy dunyo intihosi va boqiy dunyo
ibtidosidir. Shunga ko‘ra, o‘limni eslagan odam doimo unga tayyorgarlik ko‘rishi va foniy
dunyoni tark etgach, sharmanda bo‘lmaslik uchun o‘zini yaxshi ishlarga safarbar qilmog‘i
lozim ekan. Ammo, biz — ojiz, notavon, gunohkor bandalar bunga hamisha ham amal
qilavermaymiz.
Bu dunyoni tashlab ketganlar gapira olsalar edi, biz bu gaplarni eshita olsak edik,
g‘aflatdagi yumuq ko‘zlarimiz moshdek ochilarmi edi...
Biz «gapirmaydilar», deymiz, aslida ular gapiradilar, ammo biz eshitmaymiz,
eshitsakmi edik, qalblarimiz poralanib ketarmi edi... ularning afsuslari, chekkan
nolalaridan quloqlarimiz qomatga kelarmi edi...
Suyukli payg‘ambarimiz Muhammad, sallallohu alayhi vasallam, shunday marhamat
qilgan ekanlar: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga — Ollohga qasamki, sizlar mening
so‘zlarimni ulardan (ya’ni o‘liklardan) yaxshiroq anglaguvchi zmassizlar, faqat ular javob
qila olmaydilar xolos...»
Bu muborak oyatu hadislarning ma’nosiga yetmog‘imizni Olloh barchalarimizga nasib
etsin.
Necha kunlaringizni, tunlaringizni, soatlaringizni ayamay biz bilan hamsuhbat
bo‘lganingiz uchun sizlardan benihoya minnatdormiz. Olloh barchalaringizning
xonadonlaringizga qut-barakot berib, kullu ofatlardan asrasin.
Barchalarimizga ruh pokligi nasib etsin! Omiyn ya Robbil-olamiyn!
1998 yil.
www.ziyouz.com
2007
@Badiiykitoblar
Do'stlaringiz bilan baham: |