Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
oxirlay deganida paydo bo‘ldi. Barakka qaytar mahallarida Tursunali uning yengidan asta 
tortib, past ovozda: 
— Tengizni tez ko‘rishim kerak, — dedi. 
— Olib boraymi? — dedi Nuriddin. 
— Yo‘q, bexit joyda ko‘rishim kerak. Anov yangi kelgan odam ishkal chiqaryapti. 
Nuriddin «yangi» deganingiz kim?» deb so‘ramadi, chunki u gap kim haqida 
borayotganini darrov anglab yetdi. Nuriddin «qanday ishkal chiqaryapti?» deb ham 
so‘ramadi, chunki Tengiz ogohlantirgandayoq shu odamning bir baloni boshlashini 
fahmlagan edi. Lekin aynan Tursunali atrofida o‘ralashayotgani unga yangilik bo‘lsa-da, 
ortiqcha savolga hojat sezmadi. Kechki ovqat paytida Tengiz ko‘rinmadi. Shu sababli 
Qo‘tosning yonidan o‘tayotib «Knyazga zarur gapim bor», deb qo‘ydi. Qo‘tos unga 
qaramagan holda «tushundim» deganday bosh irg‘adi. O‘sha kech «politbyuro»ning 
yig‘ini belgilangan edi. Shu bois Tengiz Nuriddinni yo‘qlatmadi. Pachoqburun uni 
ertasiga, nonushtadan so‘ng chaqirdi. 
Qor bo‘ralab yog‘ayotganiga qaramay Tengiz odatini kanda qilmagan — gulxan 
yaqinidagi o‘rnini egallagan edi. Boshiga, yelkalariga qo‘ngan qorga qaraganda u jo-yida 
ko‘pdan beri o‘tirar edi. 
Tengiz Nuriddinning salomiga alik olib, unga qo‘l uzatdi. «Kel, Hamzat, o‘tir», deb 
ro‘parasidagi to‘nkani ko‘rsatdi. 
— Nima bo‘ldi? 
— Yangi odam Tursunali akaga ilakishib qolibdi. Bir ishkal chiqarmoqchiga 
o‘xshayotganmish. 
— Ha... ilinibdi-da.. — Tengiz shunday deb jilmaydi. — Uzumni yig‘ishtiradigan payt 
kelibdi... Shu qorda ham uzum yig‘ishtiriladimi, deb hayron bo‘lyapsanmi? Bizda hikmat 
bor: bir o‘rgimchak qarasaki, uzumzorda kapalaklar ko‘p emish. Darrov to‘rini to‘qib, 
ovga kirishibdi. Uzum pishgan payt ekan. Bog‘bon uzum uzishni boshlabdi-yu
o‘rgimchakni to‘rlariga qo‘shib pachoqlab tashlabdi. O‘rgimchakda nafs bor edi-yu, aql 
yo‘q edi, tadbir yo‘q edi. Cho‘michvoy o‘sha o‘rgimchakka o‘xshagan ahmaq. Tursunali 
akang esa kapalakka o‘xshagan ahmaq. 
— Cho‘michvoy?.. — Nuriddin kulimsiradi. — Laqabi qiziq ekan. Kim o‘zi u? 
— Kim bo‘lardi, bizga o‘xshagan bir qul-da... Gapim yoqmadi, a? Xo‘p, senga 
o‘xshamagan, menga, hamtovoqlarimga o‘xshagan bir qul. Sen esa ozod odamsan. 
Piching qilayotganim yo‘q. Chindan ham hursan. Shuning uchun seni yaxshi ko‘raman, 
senga havasim keladi. Sen Epiktet degan odamni eshitganmisan? Uni ko‘pchilik 
bilmaydi. Dunyoda shunaqa faylasuf o‘tgan. Lenin- gradda o‘qib yurganimda uning kitobi 
qo‘limga tushib, esimni teskari qilib yuborgan edi. Bitta fikrini aytib beraymi? — Tengiz 
shunday deb iyagini sila- di — go‘yo kalavanig uchini topib olmoqchiday o‘ylandi-da, 
siniq ovozda davom qildi: — «Derlarki, Inson uchun eng ulug‘ dunyoviy ne’mat — uning 
ozod va hurligidir. Agar ozodlik ne’mat ekan, ozod insonning baxtsiz bo‘lmog‘i mumkin 
emasdir. Agar sen baxtsiz insonga duch kelsang, qayg‘u-hasratda yonayotganiga guvoh 
bo‘lsang bilki, u OZOD EMASdir. U shubhasiz, kim yoki nima tomonidan ezilgandir. Agar 
ozodlik ne’mat ekan, ozod inson ablah bo‘la olmaydi. Agar sen bir odamning boshqalar 
oldida past ketayotganini, laganbardorlik qilayotganini ko‘rsang bilki, u ozod emasdir. U 
bir quldir. U bo‘ynini qullik sirtmog‘iga tutib, buning evaziga bir tovoq ovqat yoki biron 
mansab, yoki shunga o‘xshash biron nima undirmoq istaydi. Kim ozroq manfaatga 
erishibdi, demak, ozroq xushomad qilibdi. Zo‘rroq xushomad bilan esa kattaroq boylikka 
erishadi. 
Ozod odam hech bir to‘siqsiz egalik qilish mumkin bo‘lgan narsaga egadir. Hech bir 
to‘siqsiz nimaga egalik qilishi mumkin? Faqat O‘Z-O‘ZIGA! Agar sen odamning o‘z-o‘ziga 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish