Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

OSMON UZOQ 
Bu odamning gaplari Tursunaliga moydek yoqdi. 
«Men qamalaverib pishib ketganman. Senda musulmanin, menda musulmanin. Bir-
birimizni suyab yurmasak, bu haromilar bizni yebda yuborishadi. Zemlyak, yaxshi 
odamligingni qora ko‘zlaring aytib turibdi. Uncha-muncha odamga so‘zimni o‘tkaza 
olaman, qamoqlarning tuprog‘ini bekorga yalamaganman. Sen menga suyanaver...» 
Bunaqa yoqimli gaplarni o‘ziga yaqin olib yurgan Nuriddindan ham eshitmagan edi. 
«Ko‘zlari sovuq bo‘lsa ham Xudo ko‘ngliga yaxshilik solibdi. Xudo mening rahmimni 
yeganga o‘xshaydi», deb o‘yladi u. Qamoqxonalar tuprog‘ini yalayverib to‘yib ketgan bu 
«mehribon»ning ko‘ngli nima uchun iyib ketganini u yana uch-to‘rt kundan keyin biladi. 
Hozir esa... Xudoga shukur qiladi. «Xudo tavbamni qabul etdi», deb ko‘ngli taskin 
topadi. U qo‘llariga kishan solingandan boshlab Xudoni tildan qo‘ymaydi. Dam tavba
dam munojot qiladi. «Gunohim bo‘lsa kechir», deydi. Ha, aynan shu so‘zlar uchadi 
tilidan. «Yo yaratgan Egam, men gunohkor bandangman, bilib-bilmay qilgan 
gunohlarimni kechir», demaydi. «Gunohim bo‘lsa kechir», deydi. Harom-xarish yurib, 
yeb-ichganlarini gunoh emas, odatiy yashash tarzi deb biladi. Zino qilayotgan paytda 
Xudoni eslamagan edi. Qo‘llariga kishan tushishi bilan yodga oldi. «Shayton 
vasvasalaridan qutqar» deb so‘ramagan edi, «qamoqdan qutqarib ol» deb nolalar qildi. 
Birovlarning haqqini yeganida bu dunyoning hisob-kitobli ekanini unutgan edi, qamoq 
zindonida xotirladi. «Nafs balolaridan qutqar» deb so‘ramagan edi, «zindon azoblaridan 
qutqar», deb faryodlar qildi. Yemoqning qusmog‘i borligini bilmaganday yurdi, tepki 
zarbidan qayt qilganida bu haqiqatni anglaganday bo‘ldi. «Nafsimni o‘ldir», deb 
so‘ramagan edi, «o‘zimni o‘ldirma», deb tavallolar qildi. 
Bandaning holi shu: go‘yo u yoki bu ishning gunoh ekanini bilmaganday yuraveradi. 
Boshi devorga urilib, zarba tufayli ko‘zlaridan uchqunlar sachraganida Tangrini eslaydi. 
So‘ng «gunohlarim bo‘lsa kechir», deydi. Shunday degani ham katta gap. Ba’zan «E 
Xudoyim, qaysi gunohlarim uchun meni bunchalik qiynaysan?» deb zorlanib ham 
qo‘yadi. «Haromdan saqlansam edim, nafsimni tiya olsam edim, bunchalar xorlikka 
yo‘liqmas edim», deb o‘zini ayblamaydi. Bil’aks, «Falonchi mendan ko‘proq yegan edi
begona to‘shaklarni mendan ko‘ra ko‘proq gullatgan edi. U yallo qilib yuribdi, men esam 
bunda horman», deb Xudoni adolatsizlikda ayblab ham qo‘yadi. Har bir odam o‘z 
amalining asiri ekaniga esa fahmi yetmaydi. 
Dunyo bamisli birdaniga ko‘karib tezda qurigan dalaga o‘xshashini, ehtiyotsizlik qilinsa 
bu manzara kishini aldab qo‘yajagini, aldangach esa, bir kuni hayoti sarg‘ayib so‘la 
boshlagach, ma’yus va g‘amgin bo‘lajagini anglamaydi. Dunyoni fohishaning quchog‘iday 
totli deb o‘ylaydi. Dunyoning botqoq yuzasini qoplagan o‘tloqqa o‘xshashini, o‘ylamay 
tashlangan har bir qadam bot-qoqqa botirajagi mumkinligini fahm etmaydi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish