Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
— Knyaz, ayt, oyoqlarimni yechishsin. 
— E, yo‘q, sen professionalsan, Murik, bu esa bir laqma. Erkak bo‘lib bugun qo‘liga 
pichoq olyapti. Bizni qiziq tomoshadan mahrum qilma, Murikjan, — Tengiz shunday deb 
bir arqonning uchini o‘zi qo‘lga oldi. — Qani, Cho‘mich, burgutmisan yo itpashshamisan, 
boshla! 
Murik Tengizga qarab oldi-da, so‘ng gangib turgan Tursunali tomon qadam tashladi. 
Avvaliga arqonni bo‘sh qo‘yib berdilar. Murik uch qadam yurgach, kutilmaganda sapchib, 
Tursunaliga tashlandi. Yaxshiki u mo‘ljalni sal noaniq oldi — o‘ljasiga ozgina yetmadi. 
Ammo pichoqning uchi Tursunalinig iyagini tilishga ulgurdi. 
— Hoy, it! Nimaga qarab turibsan, ur! — deb baqirdi Koshak Tursunalini turtib. 
O‘ljasiga yetolmay yuztuban yiqilgan Murik Tursunali tomondan hamla kutib, tezgina 
o‘rnidan turdi. Tursunali esa pichoq urish o‘rniga tisarilmoqchi bo‘ldi. Ammo orqasida 
turgan Koshak unga yo‘l bermadi. 
Shu paytgacha tomoshabin kabi chetda turgan Qo‘tos Tursunaliga yaqinlashdi: 
— O‘lging kelmayotgan bo‘lsa tashlan. Bu yerda ikkovingdan biring o‘lishing shart. 
Qo‘rqma. Odam o‘ldirish sen o‘ylaganday og‘ir ish emas. Dahshat ham emas. Sen eng 
yaxshi ko‘rgan odamingni ko‘z oldingga keltir, sen o‘sha yaxshi ko‘rganing uchun 
yashashing kerak. 
Eng yaxshi ko‘rgan odami... Kim bo‘lishi mumkin? Xotinimi? Bolalarimi, yo... 
Nafisasimi?.. Hozir ularni o‘ylaydigan ahvolda emas edi u. Hozir o‘z jonini saqlab 
qolishnigina o‘ylardi. Bu bejiz emas, chunki eng yaxshi ko‘rgan odami — O‘ZI edi. 
Murik esa Tengizning gapiga inonib, jonini saqlab qolish uchun astoydil hamla qilar 
edi. Oyog‘i bog‘lanmagan bo‘lganida dastlabki daqiqadayoq Tursunali naq enasini ko‘rishi 
aniq edi. 
Gangib, dovdirashi chekingani bilan qo‘rquv hali Tursunalini tark etmagan edi. Bir 
necha soatdan beri o‘zini o‘ldirish fikrida yurgan odam endi o‘limdan qo‘rqayotgan edi. U 
qorong‘u lahaddagi guvalaga bosh qo‘yib yotishdan (ajab! Bu yerda o‘lsa lahad ham, 
guvala ham nasib etmaydi unga), so‘ng bo‘lajak hisob-ki- tobdan, keyin esa naqd qilib 
qo‘yilgan qabr azoblaridan, so‘ng qiyomat kunidagi ayanchli taqdiridan emas, bu 
aldamchi dunyo hayotini tashlab ketishdangina qo‘rqardi. 
Murik navbatdagi hamlasida yiqila turib Tur-sunalining paxtaligini tilib yuborishga 
ulgurdi. Shundan so‘ng Tengiz arqonini tashlab, Tursunaliga yaqinlashdi. 
— O‘lging kelmayaptimi? — dedi past ovoz bilan. — Yashashni xohlaysanmi? To‘g‘ri 
qilasan. Kel, savdoni pishirib qo‘ya qolaylik: tarozining bir pallasiga joning, ikkinchisida 
yashirib kelgan boyliging turibdi. Qaysi birini tanlaysan? Faqat boyligim yo‘q, deb 
ming‘irlama. Bu eski ashulang jonimga tegdi. Men balki ahmaqdurman. Ammo Gobelyan 
ahmaq emas. Bir narsaning isini olmasa, shunchalik ovora bo‘lmaydi. Men seni qiynagim 
kelmayapti. Agar xohlasang oyog‘ing-dan osib qo‘yishim mumkin. Murikjan esa 
tovoningdan bo‘g‘zinggacha tilib bir rohatlanadi. Agar xohlasa teringni shilib, tuz sepib 
qo‘yishi ham mumkin. 
Bu gap Murikning kechagi po‘pisasini eslatib, rostdan ham terisi shilinib tuz 
sepilganday badani qaqshab ketdi. 
— Xo‘sh, qaysi biri ma’qul senga? Boylikni sen mehnat qilib topmagansan. Senga 
baribir buyurmaydi. Hatto bizga ham buyurmasligi mumkin. Boylik o‘zi shunaqa bo‘ladi. 
Birovga vafo qilmaydi. Boylik nima, bilasanmi? Nozaninga aylangan bir ajdaho. Qip-
yalang‘och nozanin ko‘rinishida qo‘yningga kiradi. Vujuding rohatlanadi. Keyin esa asliga 
— ajdaho holiga kirib o‘t purkaydi, hammayog‘ingni kuydiradi. Sen, ahmaq esa 
yashirganingni hali ham nozanin deb o‘ylayapsan. Senda kalla yo‘q, u allaqachon 
ajdahoga aylanib bo‘lgan. Bu yerdan tirik qaytganingda ham seni nozanin quchog‘iga 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish