8-sinf adabiyot 3-chorak
1. Kim “U.Nosirni she’riyatimizga bo’ronday kirib kelib uncha muncha she’riy uslub va ijodni to’s-to’s qilib yubordi” deb ta’riflaydi?
A) T.To’la B) M.Shayxzoda C) S.Ahmad D) O.Sharafiddinov
2. . Qaysi qatorda U.Nosir dramalari berilgan?A) “Zafar”, “Dushman”, “So’nggi kun” B) “Yurak”, “Zafar”, “Atlas” C) “Yorqinoy”, “So’nggi kun”, “Zafar” D) “Yurak”, “Atlas”, “Yorqinoy”
3. Tragik asarlar boshqa sahna asarlaridan qaysi xususiyatiga ko’ra ajralib turadi?
A) fojialiligi bilan B) ziddiyatliligi bilan C) qahramonlar taqdirining fojealiligi bilan D) A, B
4. Ota kasbi temiryo’lchi bo’lgan adibni aniqlang. A) A.Qahhor B) H.Olimjon C) M.Shayxzoda D) A.Muxtor
5. S.Ahmadning ilk hikoyalar to’plami qanday nomlanadi?
A) “Tortiq” B) “Cho’l burguti” C) “Er yurak” D) “Farg’ona hikoyalari”
6. . Qaysi qatorda A.Muxtorning tarjimasi berilgan?
A) “Iblis” B) “Shoh Edip” C) “Ulug’ kun” D) “Bog’chasaroy fontani”
7. . “…1942- yili Mazdak yaqinidagi qurshovda qolib uch oy jang qilgandan keyin ochlikdan sulaygan o’q dorisiz qolgan 17-yarador bilan birga dushmabnga asir tushdi”. Ushbu parchada qaysi qahramon hayoti yoritilgan?
A) Azimjon B) Akbarali C) Ochil bobo D) Bektemir
8. . Kim S.Ahmadning qaysi asariga odamga quvvat beradigan umid, uning boshini toshdan qiladiga haqiqiy hayot manzarasidir deb yuksak baho beradi?
A) G’afur G’ulom “Ufq” B) A.Qahhor “Er yurak” C) Oybek “Yo’qotganlarim va topganlarim” D) A.Qahhor “Ufq”
9. . Najib Mahfuzning “Xan al-Xalili” asari romanning qaysi turiga mansub?
A) trilogiya B) dilogiya C) pentologiya D) tetrolgiya
10. L.Tolstoyning “Iqrornoma”, A.Savelaning “To’xtating samolyotni, tushib qolaman” kabi yirik asarlarni o’zbek tiliga kim tarjima qilgan?
A) Erkin Vohidov B) Ozod Sharafiddinov C) Abdulla Oripov D) G’afur G’ulom
11. T.Suloymonning onalar to’g’risida kuylangan, ularning mo’tabar va buyukligini alohida ta’kidlangan she’ri qaysi qato’rda to’g’ri berilgan?
A) “Armon” B) “Tavollo” C) “Vatan” D) “Gul bir yon chaman bir yon”
12. “Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar”, “Yurak” kabi she’riy to’plamlar muallifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) G’afur G’ulom B) U.Nosir C) A.Muxtor D) H.Olimjon
13.U.Nosirning badiiy tarjimalaridan bo’lgan “Ulug’ kun” dramasining muallifini aniqlang.
A) Tolstoy B) N.A.Dobzalyubov C) A.S.Pushkin D) V.I.Kirshon
14. Roman boshqa nasriy asarlardan qaysi xususiyatiga ko’ra farqlanadi?
A) o’zida ko’p personajlarning taqdirini aks ettirishi bilan B) katta hajmdagi voqea hodisalarni o’zida aks ettirgani bilan C) mavzu jihatdan yirikligi bilan D) A,B
15. T.Sulaymon qaysi she’rida «Maysadagi shudringlar – kimning ko‘z yoshlari» degan falsafiy ifoda yaratgan?
A) «Iltijo» B) «Tavallo» C) «Gul bir yon, chaman bir yon» D) «Armon»
16. Qaysi qatorda A.Muxtorning bolalarga bag‘ishlangan hikoyalar to‘plami nomi keltirilgan?
A) «Hayotga chaqiriq» B) «Chin yurakdan» C) «Sizga aytar so‘zim» D) «Quyosh belanchagi»
17. A.Muxtorning qissalarini aniqlang.
A) “Tug’ilish”, “Kumush tola” B) “Buxoroning jin ko’chalari”, “Amu” C) “Kumush tola”, “Buxoroning jin ko’chalari” D) “Kumush tola”, “Amu”
18.Bargdek uzilib ketsam, unutmas meni bog’im deya bong urgan adib kim?
19.S.Ahmad qaysi ustozlarining qanday xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan adib edi?
20…..Baxtiyor odam hammani o’ziga o’xshatadi.Hozir u shunday kayfitatda edi. Yor-birodarlari oldida yuzi yorug’ bo’ldi.”Ufq”romanidan keltirilgan parchada qaysi obraz tasvirlangan?
21.Jahon adabiyotida yaratilgan roman tetralogiyaga misollar keltiring
22.Sh. Xolmirzayev qalamiga mansub qanday romanlarni bilasiz?
23.Sh.Xomirzayevning qaysi asarida xotin-qizlarimizning fojiali hayoti tasvirlanadi?
24.”Qishloqda buzilmay qolgan yagona uy-Omon ovchining uyini xosiyatsiz ‘’deya topgan kim?
25.”Ot egasi”hikoyasi qahramoni Inodning 3boyligini sanab bering
Do'stlaringiz bilan baham: |