www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
ko‘zdan ayrildi, ishga ham yaramay qoldi. Shundan keyin otangning uyida qolib ketdi.
Bu yog‘ini o‘zing ham bilasan.
Zirg‘om ulg‘aygach, ot minishni, kamon otishni o‘rgandi. Unda zo‘r qobiliyat paydo bo‘la
boshladi. Shundan keyin otang — janobi hokim uni o‘zlariga sodiq mahram qilib oldilar.
Uni juda yaxshi ko‘rar, iste’dodiga qoyil qolar edilar.
Bir necha yil burun xalifa Mu’tasim bu tomonlardan turklar, farg‘onaliklar,
ushrusanliklardan askarlikka odam so‘ragan vaqtda Zirg‘om ham ixtiyoriy ravishda
yozilib, Bag‘dodga ketdi.
Sen yashirib yurgan oralaringizdagi muhabbatni o‘sha vaqtdayoq sezgan edim. Ammo
uning qanday qilib sendan ko‘ngil uzib, Bag‘dodga ketganidan hayron edim. U bechora
nasl-nasab va martabada oralaringizda osmon bilan yercha farq borligini o‘ylab, «Men
qaerda-yu Jahonga erishish qaerda», deb umid uzgan bo‘lsa kerak-da.
Hayzuronning so‘zlariga diqqat bilan quloq solib o‘tirarkan, Jahon: «Odamning odamligi
shunday paytlarda ma’lum bo‘lishini bilgani uchun u Mu’tasimning xizmatiga borishga
bel bog‘lagan. Siz aytgandek, «Men qaerda-yu, Jahonga erishish qaerda» deb
umidsizlangandir bechora. Ammo men uni o‘zimdan allaqancha afzal ko‘raman. Kishi
yer-suvi, uy-joyi va mol-mulki bilan emas, balki fazilatiga qarab, el-yurt o‘rtasidagi
obro‘siga qarab baholanadi. Siz o‘zingiz ham, boshqalar ham uning ajoyib xislatlarini
maqtab gapirib yurasizlar-ku, axir. Uning askarlik xizmatida sharaf topishiga men
aminman. Turli joylardan keltirilgan qullarni xalifa sotib olib tarbiyalagani va askarlikka
olgani, keyinchalik ular o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, qo‘mondonlik vazifalarigacha
ko‘tarilganini ko‘p eshitganmiz. Shunday ekan, Zirg‘omning fazlu fazilatlari ma’lum-ku!
Uning qobiliyati o‘zingizga ham, menga ham ayon-ku!»— dedi.
Jahon bu gaplarni qattiq ishonch bilan, tilini biyron qilib so‘zlarkan, yuragida muhabbat
alangasi avj olayotganday bo‘lardi. Jahonning gaplarini eshitgan Hayzuron uning
Zirg‘omga chindan ham ko‘ngil berganligiga yana ham qattiqroq ishonch hosil qildi.
Jahonni bu ra’yidan qaytarishga so‘z topolmay, dedi:
— Zirg‘omning Mu’tasim askarlari orasida yuqori martabaga erishuviga hech bir shubha
yo‘q, albatta. Lekin bosh qo‘mondonlikka erishgani bilan ham kishi Farg‘ona malagiga
munosib bo‘la qolmaydi. Senga amirlar sovchi qo‘yib turishibdi.
Hayzuron Jahonning ko‘ngli uchun yoki uni maqtash uchun emas, balki bor gapni aytgan
edi. Jahonni javob qaytarish niyatidan chalg‘itish uchun Hayzuron gapni atayin boshqa
yoqqa burib: «Qizim, men juda charchadim», — dedi-da, yon tomonga qaradi, har gal
Jahon kelib, ov qilib ketdigan vodiylar yaqinidagi bir tepalikka ko‘zi tushdi. O‘sha
tepalikka ishora qilib: «Shu yerga borib ozgina dam olsak, nima deysan? Keyin otga
minish qochmas. Sen yoshsan, safar mashaqqatlari menga og‘irlik qiladi», — dedi.
«Juda yaxshi bo‘ladi», — uning taklifini ma’qulladi Jahon. Har ikkovlari otdan tushib,
tepa tomon yo‘l olishdi. Otboqar orqadan yetib kelib, ikkala otni bir chekkaga yetaklab,
ustidagi namat yopqichni oldi-da, tepalikdagi yassi bir tosh ustiga to‘shab berdi. Jahon
bilan Hayzuron uning ustiga o‘tirib olgach, otboqar otlarini o‘tlatgani ketdi. Ikki
xizmatkorga qarab Jahon: «Vodiyga kirib, ovdan daarak olib chiqinglar», deb jo‘natib
yubordi.
_______________
* Melodiy 826 yilga to‘g‘ri keladi.
* M a j u s i y l a r — otashparastlar. Islom dini kirib kelgunga qadar O‘rta Osiyo xalqlari majusiy dinida bo‘lganlar.
* M a r z b o n yo k i m a r z u b o n — katta yer egasi, u shahar hokimi hisoblanardi.
* B o b a k — Arablarga qarshi Ozarbayjondagi mashhur xurramiylar qo‘zg‘olonining yo‘lboshchisi, 837 yili o‘ldirilgan.
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |