2-amaliy mashg`ulot yuzasidan mashqlar



Download 113,06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi113,06 Kb.
#308630
Bog'liq
2 t



2-amaliy mashg`ulot yuzasidan mashqlar 

   1-mashq. Matnni o‘qing. Undagi gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turini 

aniqlang, farqini ayting.  

   Bobom  bir  kuni  katta  ko‘k  eshagimizni  yetaklab  chiqib:          –  Qani,  orqamga 

mingash-chi, – deb qoldilar.     – Qayoqqa boramiz? – deb so‘rayman sevinib.     – 

Qashqar qishloqdan o‘rik ko‘chati olib kelamiz.     – O‘rik ko‘chati o‘zimizda bor-

ku?     – U boshqasi,  o‘g‘lim.      – Qanaqasi?     –  Bas  endi, jim ket.      – Yo‘q, 

oldin  qanaqaligini  ayting,  keyin  jim  ketaman.  Bo‘lmasa  eshakning  junidan 

tortaman.          –  Qoy,  bolam,  junidan  torta  ko‘rma,  yana  yiqitsa,  ishimiz  bitmay 

qoladi... Qashqarda qoraqandak degan o‘rik bor, faqat o‘sha yerda o‘sadi u. Quruq, 

suvsiz  yerni  xohlaydi,  shekilli.  Mevasi  hay-hay,  biram  shirin  bo‘ladiki, 

tog‘alaringnikiga  borganda  yegansan-ku.          –  Yeganim  yo‘q,  –  deyman.          – 

Yegansan,  cho‘ntagingni  to‘ldirib  berishardi-ku!         –  Bobojon,  nega  qoraqandak 

deyishadi?          –    Quriganda  shirasi  ko‘p  bo‘lgani  sabab  rangi  qorayib  qoladi-da.  

Shu  yo‘sin  Qashqarga  borib  bir  quchoq  mayda  ko‘chat  olib  qaytdik.    (X. 

To‘xtaboyev)    

    

2-mashq.    Matnni  o‘qing.  Moslashuv  yo‘li  bilan  birikkan  so‘z  birikmalarini 



ko‘chiring.  Hokim  va  tobe  so‘zning  qaysi  so‘z  turkumi  bilan  ifodalanganini 

izohlang.  

  Yozning  issiq  kunlari,  quyosh  tikka  ko‘tarilgan.  Bepoyon,  ko‘m-ko‘k  dala 

ko‘ksida yonayotgan quyosh shu’lasi laxcha cho‘g‘ bo‘lib, go‘zalar ustida tovlanib 

ko‘rinadi.  Murod  bilan  ikkimiz  mayda-chuydani  ko‘tarib,  katta  yo‘lning  shimol 

tomonidagi  yolg‘izoyoq  yo‘ldan  jo‘nadik.          Ertalabki  shirchoyni  bobom  bilan 

birga ichdik. O‘rtog‘imni hovli orqasidagi bog‘ga  olib chiqdim. Bir tarafi gulzor, 

ikkinchi  tomoni  turli  meva  daraxtlari  bilan  to‘lgan  so‘lim  bog‘dan  sira  chiqib 

ketgimiz  kelmas  edi.  Oq  olma,  ko‘ksulton  rosa  pishgan  ekan,  yeb  turgan  edik, 

birdan  allaqanday  hayvonning  qichqirgani  eshitildi.  Murod  taajjublanib  atrofiga 

qaradi.  Shu  chog‘  bobomning  bo‘rsig‘i  esimga  tushdi.            –  Nimaning  ovozi?  – 

dedi o‘rtog‘im.     – Bobomning bo‘rsig‘i-ku!        – Rostdanmi? Qayerda? – dedi 

hayron bo‘lib Murod.     – Yur, ko‘rsataman, – dedim-da, do‘stimni boshlab bog‘ 

etagidagi qafasda turgan bo‘rsiq oldiga olib bordim. (G‘ayratiy) 

 



3-mashq. O‘qing. Matndagi  gaplarni tuzilish jihatdan (sodda va qo‘shma gap) 

tahlil qiling. Sodda gaplarni ko‘chirib yozing. Sodda gapning qo‘shma gapdan 

farqini ayting.  

  

    Urush vaqti edi. Biz Turkiston tizma tog‘ining etagida, shahardan yigirma besh 



chaqirim naridagi kichkina qishloqda turar edik. Harbiy xizmatdagi akamning 

xotini qish kunlarida qattiq betob bo‘lib qoldi-yu, shahardan oyimni chaqirib 

keling, deb iltimos qildi.     U vaqtlarda mashina juda kam, ot-ulov xo‘jalik ishi 

bilan band edi. Men piyoda yo‘lga chiqdim. Yog‘ib turgan qor pardasi ostida uch-

to‘rt g‘amgin chordevorlar ko‘rindi. Ulardan narida qurib qolgan bir hovuz ham 

bor. Shunga yetsam, yo‘lning yarmi qoladi.      Atrof biyday dala. Bir vaqt yo‘lning 

chap tomonida qandaydir sharpa sezganday bo‘ldim. Durustroq qarasam, mendan 

yuz qadamcha narida ikkita kulrang jonivor turibdi. Men avval ularni it deb 

o‘yladim. Shu atrofda yoyilib yurgan qo‘y qo‘rasi bordir deb, yon-verimga 

alangladim. Lekin ko‘z ilg‘aydigan joyda bironta qo‘y yoki poda ko‘rinmas edi. 

Biri cho‘nqayib olgan, ikkinchisi tikka turgan va meni sergaklanib kuzatayotgan 

haligi kulrang jonivorlar it emas edi. Men ularning bo‘ri ekanligini tushundim-u, 

etim junjikib ketdi. Bir lahza o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Keyin sal hushimni 

yig‘ishtirib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zo‘zidan yurib ketyapti. To‘xtashga ham, 

jadallashga ham, avzoyimni o‘zgartirishga ham jur’at yo‘q. To‘g‘riga qarab 

avvalgiday yurib ketyapman-u, butun vujudim bilan bo‘rilar tomonga quloq 

solaman. Menga qarab kelishsa, shitiri eshitiladi-ku, deyman.     Kishining 

qo‘rqqanini sezsa, jur’atsiz kuchuk ham hujum qiladi, men buni yaxshi bilardim. 

Shuning uchun yuragim vahimadan uvushib ketayotgan bo‘lsa ham, boyagiday 

shoshilmay, bo‘rilarni ko‘rmaganday bir maromda yurib borardim. (P. Qodirov) 



 

Mashqlarni to`liq bajaring va javobini uzating. 

Download 113,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish