Choyning zarari: olimlarning kutilmagan 4 xulosasi



Download 22,17 Kb.
Sana17.12.2019
Hajmi22,17 Kb.
#30687
Bog'liq
Choyning zarari

Choyning zarari: olimlarning kutilmagan 4 xulosasi

Choyning foydasiga hech kim shubha bildirmaydi: bu issiq ichimlikni ming yillar davomida iste’mol qilib kelayotgan osiyoliklar xato qilmaydi.

Foto: Flickr

Choy ajoyib tarzda chanqoqni bosadi va tetiklashtiradi, xolesterin miqdorini pasaytiradi va yurak-tomir tizimi ishini yaxshilaydi, qarishni sekinlashtiradi va hatto aqlliroq ham qiladi.

Lekin olimlar bu ichimlikning foydali xususiyatlari bilan birga zararli tomonlari ham borligini aniqladi.


  1. Issiq choy qon ketishini keltirib chiqarishi mumkin

Britaniyalik otolaringolog va plastik jarroh Genri Sharpning fikricha, kuydiradigan darajada qaynoq choy ichish odati burun-xalqum tomirlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Piyoladan chiqayotgan bug‘ ularni kengaytiradi va ko‘pincha burundan qon ketishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, issiq choy qizilo‘ngach saratonining rivojlanish xavfini oshirishi mumkinligi haqida taxminlar mavjud.

Bu ichimlik uchun eng muvofiq bo‘lgan harorat 50–60 °С hisoblanadi.


  1. Haddan tashqari achchiq choy tishlar va suyaklarga zarar yetkazadi

Yillar davomida haddan tashqari achchiq choy ichish natijasida tishlar zararlanishi va suyaklar mo‘rt bo‘lib qolishi mumkin. Bu – skelet flyuorozining belgilari hisoblanadi. Bu kasallik suyaklarda ftorning yig‘ilib qolishi oqibatida paydo bo‘ladi. Achchiq choy orqali ham organizmga ftor moddasi kelib tushadi.

Parhezshunoslar bir kunda 4—5 piyoladan ko‘p bo‘lmagan miqdorda choy ichishni tavsiya qiladi.



  1. Choyni ovqatdan keyin iste’mol qilish temir yetishmasligiga olib kelishi mumkin

2011-yilda Kaliforniya universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlar choy temir moddasining organizmga ovqat bilan birga kelib tushishiga va singishiga to‘sqinlik qilishini isbotladi.

Shuning uchun shifokorlar bu ichimlikni nonushta, tushlik yoki kechki ovqat mahali emas, balki ovqatlanishdan hech bo‘lmasa 20 daqiqadan keyin ichishni maslahat beradi.



  1. Choy uyqusizlikni keltirib chiqaradi

Bunga choy tarkibidagi kofein va xushbo‘y moddalar sababchidir. Kechqurun choyning tetiklashtiruvchi xususiyati uyqungizni qochirishi mumkin. Agar kechqurun choy ichishni xohlasangiz, yaxshisi o‘simliklardan qilingan damlamalardan ichganingiz ma’qul.

Kofe foydasi va zarari Ko‘pchiligimiz tong-la turib issiq qahva ichishga odatlanganmiz. Ba’zan ishlab charchasak ham darhol qahva damlab ichamiz va darrov tetiklashib, yana ishga sho‘ng‘ib ketamiz. Xo‘sh, bizni bir zumda tetiklashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan qahva haqida nimalarni bilamiz? Neyropsixologlar tetiklantiruvchi alkogolsiz ichimliklarning miyaga ta’sirini tekshirishganda, shakar solingan qahva foydali ekanligi ma’lum bo‘ldi. Magnit-rezonansli tomografiya (MRT) yordamida muntazam qahva ichuvchilarda miyaning operativ xotira va diqqat-e’tibor uchun mas’ul hududlarida neyronlar faollashganligi kuzatilgan. Olimlarning xulosasiga ko‘ra, kofein va glyukozaning birlashishi aqliy qobiliyatni yaxshilaydi, insonning tetiklanishi va katta hajmli ma’lumotlarni eslab qolishida yordamlashadi. Shakarsiz qahva esa bunday samara bermaydi, faqat tetiklashtiradi, xolos. Albatta, har kim ta’biga ko‘ra iste’mol qiladi. Kimgadir shakarli qahva ma’qul kelsa, kimdir achchiq qora qahva ichib rohatlanadi. Foydasi Qahva madorsizlikda, nafas qisishida, bosh og‘rig‘ida, qon bosimi pasayganida tomirlar faoliyatini yaxshilaydi. Nafas yo‘llari mushaklarini bo‘shashtiradi, astmada nafasi qisgan bemorning ahvolini yengillashtiradi. Yog‘lar parchalanishiga va “yaxshi” xolesterin ishlab chiqarilishiga yordamlashadi, qon tarkibidagi “yomon” xolesterin miqdorini pasaytiradi. Qahva tarkibidagi metilpiridin moddasi organizmning o‘smalarga qarshi kurashish qobiliyatini kuchaytiradi. Angina yoki faringitda qaynoq qahvadan voz keching – u shusiz ham yallig‘langan tomoq shilliq qavatini shiladi. Bo‘yin osteoxondrozi va bosh og‘rig‘ida bo‘shashtiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Is gazi bilan zaharlanganda ziddi zahar vazifasini bajaradi. Zarari Ko‘p miqdorda qahva ichish tomirlar siqilib qolishi (spazm)ga sabab bo‘ladi. Shu tufayli qon bosimi oshadigan kishilar qahvani faqat ertalab, shunda ham juda suyuq holatda va sut solib ichganlari ma’qul (sut kofeinning ta’sirini qirqadi). Aritmiya (tomirlar beqaror urishi)da qahva ichishdan ehtiyot bo‘lish kerak, chunki u yurak ishi maromini buzishi mumkin. Oshqozon suyuqligi ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Gastrit va oshqozon suyuqligi oshishi oqibatida yuzaga kelgan yarada qahvani umuman ichmaslik, juda bo‘lmaganda, faqat ovqatdan keyin va sut solib ichish lozim. O’t-tosh kasalligi bilan og‘riganlar ham qahvadan ehtiyot bo‘lishlari lozim. Qahva o‘t suyuqligi chiqarilishini kuchaytiradi va o‘t yo‘llari tiqilib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qalqonsimon bez faoliyatini susaytiradi. Gipo va gipertireoz kasalliklarida qahva ichish taqiqlanadi. Organizmdan temir va kaltsiyni yuvib chiqib ketadi. Ko‘p miqdorda qahva ichish suyaklar zichligini pasaytiradi, oqibatda osteoporoz yuzaga keladi. Glaukoma kasalligida qahva ichish qat’iyan taqiqlanadi (bu kasallikda ko‘zdagi qiltomirlarning ishi yomonlashadi). Haqiqiy “qahvaxo‘rlik” oxir-oqibatda asabiylikni, uyqusizlikni yuzaga keltiradi. Fakt Qahvada uyquni keltiruvchi xlorogen kislota aniqlangan. Shu tufayli ham 15 foiz odamlar qahva ichganda dastlab uyqu bosib yurishadi, keyin tetiklanishadi. Darvoqe Kofein alkaloidi asab va yurak-tomirlar tizimiga darhol ta’sir qilib, ta’siri 2 soatga cho‘ziladi. Mutaxassis fikri Eng avvalo shuni ta’kidlash kerakki, qahva miyaga xuddi alkogoldek ta’sir qiladi. Kam miqdorda ichilganda, qahva miyadagi qon aylanishini yaxshilab, kayfiyatni ko‘taradi, ko‘p ichilganda esa madorsizlik, yurakning tez urishi, tajanglikni yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, ruhiy kasalliklarda va turli fe’l-atvorli kishilarga turlicha ta’sir qiladi. Aytaylik, flegmatiklarga u tetiklanish uchun yordamlashsa, xoleriklarning tajovuzkorligini oshiradi. Shu bois qahva ichish borasida me’yorni unutmaslikni tavsiya qilamiz. Bizqa telegramda obuna bo'ling
Download 22,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish