Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
6
Akam Somonni benuqson demayman, lekin nima qilayki, akam-da. Keling, qo‘ying, 
o‘sha haqda gaplashmaylik. 
Bu qiz o‘z akasining shunchalik bema’niligini, niyati buzuqligini sezgani holda yana 
undan yaxshilik kutib yurishidan ajablangan Hayzuron ko‘zlarini yerga tikkancha bir oz 
xayolga cho‘mdi, keyin bu bahsni to‘xtatib, avvalgi hangomani davom ettira boshladi: 
— Xo‘sh, xayolingni parishon qilgan, ko‘nglingni band etgan gapni hali ham aytib 
bermaysanmi? 
Murabbiyasi oldida o‘zini ojiz sezgani Jahonga qattiq ta’sir qildi. Uning nafsoniyati g‘olib 
keldi: 
— Oyijon, meni ojiza degan fikringizdan qayting, shunday deb o‘ylasangiz, yanglishasiz. 
Parishonligim sababini bilsangiz, qani o‘zingiz aytib bering-chi. 
Hayzuron gapni qisqa qilib qo‘ya qoldi: 
— Parishonligingga sabab — Zirg‘om. 
Zirg‘om nomini eshitgan zamon Jahonning yuragi qinidan chiqayozdi, yuzlariga qon 
yugurdi, ko‘zlari chaqnadi. Buni ko‘rgan Hayzuron: «Qizginam, endi bo‘yningga ola qol, 
Zirg‘omni sevishingni ko‘zlaring aytib turibdi», — dedi. 
Zirg‘omni sevishimga Hayzuron qanday qararkin. Ma’qullarmikan-yo‘qmikin, deb Jahon 
uning ra’yini bilmoqchi bo‘lib, indamay turardi. 
Hayzuron o‘z fikrini bayon qildi: 
— Zirg‘om o‘ktam yigit, shijoatli, botir yigit. Farg‘ona va Fors mamlakatlarida benazir 
yigit. 
— Xo‘p, uning botir va o‘ktam yigitligini bilar ekansiz, uning to‘g‘risida yana nimalar 
bilasiz? — so‘radi Jahon. 
Hayzuron dilidagi gapni aytmoqchi bo‘ldi-yu, lekin Jahonni o‘ylab, bir lahza jim qoldi. 
Oldingi gaplardan ancha dadillangan Jahon sekingina qayta so‘radi: 
— Oyi, hech narsani andisha qilmay, fikringizni ochiq aytavering. 
— Zirg‘omning nasl-nasabini hisobga olinmaganda, undan munosib yigit yo‘q. Uning 
nasl-nasabini, otasi kimligini Farg‘onada hech kim, hatto uning o‘zi ham bilmaydi. 
Jahon kamonini o‘ynagancha Hayzuronga qaradi: 
— Zirg‘om to‘g‘risida odamlar nima deyishadi? 
— Zirg‘om shijoatda, saxovat, husnda, olihimmatlik va sipolikda sara yigit, deb 
maqtashadi-yu, lekin nasabiga kelganda biror gap aytolmay, bir-birlariga qarashadi, — 
so‘z boshladi Hayzuron, — onasi uni qo‘lda ko‘tarib Farg‘onaga kelgan vaqti mening 
yodimda. O‘shanda u kelishgangina juvon edi. Farg‘onaliklardan bir nechtasi unga sovchi 
bo‘ldi, kishi qo‘ydi, lekin u «yo‘q, er qilmayman, bolamni katta qilaman» deb unamadi, 
kambag‘al bo‘lishiga qaramay, bolasini yaxshi parvarish qildi. Keyin janobi hokim — 
sening otang undan xabar topib, o‘z huzurlariga chaqirtirdilar. Uning boshidan nimalar 
kechganini surishtirganlarida, avvaliga aytmadi-yu, keyin aytgan gaplari mana bunday 
bo‘ldi: «Men yosh qizcha ekanman, turklar sahroda onamning bag‘ridan tortib olib, 
Iroqqa keltirib sotishgan ekan. Keyin bir iroqlik qulfurush uyida tarbiyalanib, katta 
bo‘ldim. Taqdir ekan, oxiri borib o‘sha yerlik bir kishining qo‘liga tushdim. U meni 
qullikdan qutqardi-yu, o‘ziga xotin qilib oldi. Qornimdagi bola tug‘ilmasdan u kishi vafot 
etdi. Bola tug‘ilgach, hamma narsadan voz kechib, bor-yo‘g‘imni shuning tarbiyasiga 
bag‘ishladim». 
Otang janobi hokim uning gaplaridan qanoatlanmadilar shekilli, sinab ko‘rish uchun 
«Saroy a’yonlaridan bittasiga seni uzatsam, nima deysan» deganlarida, u e’tiroz bildirdi. 
Shunda ham u kishining shubhalari tarqamadi. Keyin uni o‘z saroylari yoniga 
joylashtirib, butun ro‘zg‘or-tirikchiligini but qilib berdilar. U yaxshi chevar edi. Saroydagi 
boshqa xizmatkorlar qatori ishlab yurib, ko‘zi dardga chalindi. Shu kasal bahona bo‘lib, 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish