Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
14
U kishining xushmuomalasi, ziyrakligi Jahonga ma’qul tushib, jilmaydi. Qizning 
tabassumidan o‘z taklifiga rozi bo‘lganligini anglagan chol o‘g‘illaridan biriga darrov 
borib, o‘sha uyurning oldidan to‘sib chiqishni buyurdi. Bola yugurganicha ketdi. Ota esa 
dasturxon tayyorlashga kirishdi, bitta qovun keltirib, Jahonning oldiga qo‘ydi: 
— Mana bu tilni yoradigan Buxoro qovunlaridan. Istagan vaqtlarida so‘yib beramiz. 
Katta amaldorlar uyida ham maqtovga arziydigan bunday qovun cholning chodiriga kelib 
qolganidan Jahon ajablandi. Buni sezgan chol: 
— Qizlarimdan biriga xushtor bo‘lib qolgan bir yigit menga olib kelgan tuhfalar orasida 
shu qovun ham bor ekan,— dedi. 
Xushtor so‘zini eshitgan Jahon o‘zining muhabbati dardini esladi-da, bir oh tortib cholga 
qaradi: — Bu qovunni atalgan kishisiga — qizingizga saqlab qo‘ying. 
Chol javob qaytarmoqchi bo‘lib turuvdi, uzoqdan kimningdir chaqirayotganini eshitdi. 
Qaytib chopib kelayotgan o‘g‘li: «Ular podadan birorta otni ham sotishmas ekan», — 
dedi. 
Kelayotgan yilqi podasining oyog‘idan chiqayotgan changga qaragan Jahon uning oldida 
egarlangan ot minib kelayotgan bir kishini, uning orqasida egar-jabduqsiz o‘nlab otlarni 
o‘ynatib kelayotgan chavandozlarni ko‘rdi. 
Ba’zi otlarni Turkiston sahrolarida yilqi va mol boqib tirikchilik o‘tkazadigan Gruziya 
dashtidan kelgan cho‘ponlar minib olgandi. Jahon oldinda kelayotgan otliq yigit askar 
kiyimida ekanini va qo‘lidagi nayzaga bayroq osilganini ko‘rdi, lekin u bayroqqa bitilgan 
ismga e’tibor bermadi. Agar o‘sha ismni o‘qisa bormi, butun a’zoyi badanini qaltiroq 
bosib ketgan bo‘lardi. Chol o‘sha otliq kishining yo‘lini to‘sib: «Bu otlardan bittasini bizga 
soting», — deb iltimos qildi. Otliq kishi takabburlik va qo‘pollik bilan: «Yo‘q, 
sotmaymiz», — dedi. 
— Bolam, hozir bitta ot so‘yish zarur bo‘lib qoldi, aytgan pulingni beramiz, — yolvordi 
chol. Ammo u kishi bu iltimosni rad qilgancha bosh chayqadi, lekin chol «nima uchun 
sotmaysiz» deb yana savol berdi. «Bu uyur pulga muhtoj kishilarniki emas», — deb 
javob berdi otliq. 
— Kim ular o‘zi, axir? 
— O‘qishni bilmaydiganga o‘xshaysiz, aks holda savol-javobga hojat qolmagan bo‘lardi, 
— dedi-da, otliq yigit bayroqni ko‘rsatdi. Bu so‘zni eshitgan Jahon yalt etib bayroqqa 
qaradi. Arab harfi bilan yozilgan «Afshin Haydar bin Korus» so‘zlarni o‘qidi-yu, rangi 
o‘chib, Hayzuronga qaradi. Dehqonning ham, Hayzuronning ham chehrasida bir xilda 
o‘zgarish paydo bo‘lgandi. Chol otliqdan: «To‘g‘ri aytdingiz, o‘qishni bilmayman, bu 
bayroq kimga tegishli?»— deb so‘radi. 
— Xalifa Mu’tasimning lashkarboshisi va Ushrusana mamlakati hukmdori amir Afshin 
Haydar bin Korusniki. 
Turkistonda bu nomni bilmaydigan birorta kishi yo‘q edi. Chunki Afshin Mu’tasimning 
xizmatiga kirmasidan oldin Ushrusana podshosi bo‘lgan. Chol hayron bo‘lib qoldi. U 
qo‘rqib ketganidan: «Eshitishimizga ko‘ra, Afshin Bag‘dodda turar emish», — dedi. 
— To‘g‘ri, — javob berdi yigit, — u Bag‘dodda yashaydi, lekin bir necha kun burun 
Ushrusanaga keldi va bizni askarlari uchun mol, qo‘y sotib olishga yubordi. 
— Hozir bu yilqilarni Ushrusanaga haydab boryapsizlarmi? 
— Afshin Ushrusanada edi, lekin u navro‘z bayramini o‘tkazish uchun Farg‘onaga kelishi 
kerak. Uning askarlari Toshkent atroflarida qo‘nishgan, mana bu yilqilar o‘shalarga 
tegishli, tushundingizmi? — dedi yigit va otiga qamchi bosib yo‘lga tushdi. Otboqarlar 
ham uning ketidan jo‘nashdi. 
Chol yana surishtirishga botinmadi. Jahonni ziyofat qila olmagani uchun xijolat tortdi. 
Unga uzr aytish uchun so‘z topolmasdi. 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish