Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
13
Jahon otdan tushgisi kelmay, dehqonga minnatdorchilik bildirdi. Keyin u «qani, qariyani 
gapga solib ko‘ring-chi», degandek Hayzuronga qaradi. Hayzuron: 
— Sayidam, otdan tushing, bir oz dam olib, keyin yana yo‘lga chiqarmiz, — dedi. Jahon 
Hayzuronning taklifini noiloj qabul qildi. Firuz boshqa otlarni ko‘rsa, kishnab, bularning 
gapiga xalaqit bermasin, deb ikkala otning yuganidan ushlab nariroqqa olib ketdi. 
Jahon bilan Hayzuron piyoda yura boshlashgach, chol soddalik va muloyimlik bilan 
ularga: 
— Bizning kulbai vayronamizga malikam muborak qadamlarini bir tegizib, tabarruk qilib 
ketsalar yaxshi bo‘lardi, — deb ularni o‘z chodiriga taklif qildi. Jahon uyala-uyala 
chodirga kirdi-da, o‘zi va hamrohi uchun to‘shalgan po‘stakka o‘tirdi. 
Hayzuron so‘z boshlamasdanoq cholning o‘g‘li sopol kosada suyuq ovqat olib keldi. 
Ovqat biya sutidan tayyorlanganini sezgan Jahon: «Hozir ovqatga ishtaham yo‘q, 
ko‘nglim hech narsa tusamayapti», — deb uzr aytdi. Mo‘ysafid bolaga qarab: 
«Bo‘lmasa bir kosa qimiz olib kel», — dedi. Kelgan mehmonlarga sharob o‘rnida talqon, 
go‘ja yoki hozirgi vaqtda limonad va choy berish odat bo‘lganidek, ko‘chmanchilar biya 
sutini achitib qimiz qilib qo‘yar va mehmonlarga tutar edilar. Chol qimizni ko‘rsatib: 
«Buni ichish uchun kishi och bo‘lishi shart emas, suvdek bir ichimlik, issiqning hovrini 
ko‘taradi, charchoqni ketkazadi», — dedi. Jahon buni ham rad qilishni o‘ziga ep ko‘rmay, 
kosani qo‘liga oldi. Shu fursatdan foydalanib, Hayzuron cholga qaradi: 
— Bugun bizdan boshqa mehmonlar bu yerdan o‘tgani yo‘qmi? 
— Yo‘q, sizlarning poyqadamingiz yetganidan behad xursandman. Qaysi shamol 
Jahonoyni bu tomonlarga uchirdiki, xarob kulbamiz obod bo‘ldi. Boshqa mehmonlar 
kelmaganda ham, Jahonning bir o‘zi ming mehmonga arzigulik. 
Hayzuron: «Safar qiladigan musofirlar hamma vaqt ham shu yerdan o‘tib turishadimi?» 
— deb so‘radi. 
— Ha, albatta, — dedi chol, — Ushrusana, Qo‘qon yoki Buxorodan kunchiqar tomonga 
yuradigan kishi daryodan o‘tgach, albatta yo‘li shu yoqqa tushadi. Farg‘onagami, boshqa 
shaharlargami shu yerdan boradi. Ko‘pincha, Hindiston, Tibet yoki Xitoydan Rum 
mamlakatiga ketayotgan yoki u yerlardan qaytib kelayotgan savdogarlar ham bu yerdan 
o‘tadi. 
Hayzuron Jahonga qarab fors tilida: «Zirg‘omning yo‘li ham shu yerdan o‘tadigan bo‘lsa 
uni shu yerda kutib turganimiz ma’qul, u yoqqa borib ovora bo‘lib yurgandan ko‘ra, shu 
yaxshi emasmi? Biz bir yo‘ldan yursak, u boshqa yo‘ldan kelib, o‘tib ketib qolsa, bir-
birimizga duch kelmay qolamiz», — dedi. 
U yerdagi dehqonlar chig‘atoy tili, ya’ni qadimiy turk tilida so‘zlashganlari uchun 
Hayzuronning gapiga tushunishmadi. Jahon bu gapga javob bermadi. Lekin chehrasidan 
uning taklifiga rozi bo‘lganday edi. Hayzuron: 
— Bo‘lmasa, mayli, otaxonimiz biror taom tayyorlay qolsin, xo‘p deya qol, — dedi. 
— Avval o‘zimiz yo‘q deb qo‘yib, endi qay yuz bilan so‘raymiz. 
— Malol kelmaydigan qilib o‘zim so‘rayman, — dedida, Hayzuron cholga qarab chig‘atoy 
tilida: «So‘yish uchun sotadigan bironta otlaring yo‘qmi?» — dedi. 
— Yo‘q, sayidam, biz otlarni faqat suti uchun boqamiz. Ularni nochor bo‘lib, sutdan 
qolgandagina so‘yamiz, — dedi chol. 
— Mabodo biror toycha so‘yish lozim bo‘lib qolsa, nima qilasizlar? 
— Shu yerdan o‘tadigan yilqilar podasini poylab turamiz-da, tanlaganimizni sotib olamiz
— dedi chol, keyin kunchiqar tomonni ko‘rsatib: — Men anchadan beri shu tarafga qarab 
turibman, olisdan quyuq chang ko‘tarilyapti, ehtimol bu yoqqa kelayotganlarning 
podasidir. Ular kelishi bilan bir-ikkita ot sotib olib, darrov so‘yamiz. Malikamiz andak 
tahammul qilsalar, semiz bir ot so‘yib ziyofat qilardik. 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish